Investitsiya faoliyatiga doir o’zbekiston respublikasining qonunlari


Download 50.06 Kb.
bet1/5
Sana08.01.2022
Hajmi50.06 Kb.
#244925
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 reja


  1. INVESTITSIYA FAOLIYATIGA DOIR O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNLARI

«Aloqabank» ATB mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatishda eng yaxshi banklardan biriga aylanishga intiladi,bank biznesini baraqaror ravishda
rivojlantiradi, mijozlar, sheriklar va barcha manfaatdor shaxslar bilan birgalikda o'z oilasi va butun mamlakat foydasiga takomillashib borishga intiladi. Bank mijozlarga hisob kassa xizmati ko`rsatish sophasida faol ish olib borib mijozlar ba`zasining kengayishiga, bankda hisob raqamiga ega bo`lgan korxonalar va kompaniyalarga bank maxsulotlarining keng va sifatli ro`yxatini taklif etishga jiddiy e`tabor beradi. «Aloqabank» ATB jismoniy shaxslarga dunyoning istalgan nuqtasiga pul mablag'ini xorijiy valyutada o’tkazishga imkon beradi. Bankning depozit yacheykalari saqlanadigan ombor yacheyka ichida saqlanayotgan narsalarning to'laligicha daxlsizligini ta’minlovchi, dunyo talab va standartlariga to'laligicha javob beradigan zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan. Bank yacheykalarining ijaraga olinganligi to'g'risidagi ma’lumotlar boshqa mijozlar va boshqa shaxslardan sir tutilishini ta’minlaydi hamda immatlikni yacheykaga joylashtirishda joylashtirilayotgan ro'yxati tuzilmaydi bilan ishlarni o‘zini dunyo talab va standartlariga to'laligicha javob beradigan zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan. Bank yacheykalarining ijaraga olinganligi to'g'risidagi ma’lumotlar boshqa mijozlar va boshqa shaxslardan sir tutilishini ta’minlaydi hamda qimmatlikni yacheykaga joylashtirishda joylashtirilayotgan buyumlarning ro'yxati tuzilmaydi. Mijoz qimmatliklar bilan ishlarni o‘zi mustaqil tarzda amalga oshiradi. (bank tizimi dinamikasi ilovada)

O'zbckiston Rcspublikasining 2014-yil 29-dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahririda investitsiyalaming mazmuni “Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy nc’matlar hamda ularga bo’lgan huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka bo'lgan huquqlar, shuningdek, reinvestitsiyalar” sifatida ta’riflanadi.

Bizga ma’lumki, investitsiyalarga xos bo'lgan eng muhim belgi, eng avvalo, foyda olishga qaratilganganligidir. Investitsiyalar tabiatan va mohiyatan foyda keltirish uchun salohiyatli hisoblanadi.

Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiyalar quyidagicha xarakterlanadi:

birlamchi kapitalni ko'paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik obyektlariga joylashtirish;

investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar.

Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga, turar-joylarga va moddiy zaxiralarining o‘sishiga qilinadigan xarajatlardan tashkil topadigan yalpi xarajatlarning bir qismi hisoblanadi.

Investitsiyalar hajmiga kutilayotgan daromad normasi ham ta’sir ko‘rsatadi, chunki ko'rilayotgan foyda investitsiyalashga undaydi. Kutilayotgan

foyda normasi qanchalik yuqori bo‘lsa, investitsiyalash hajmi shunchalik yuqori bo'ladi, va aksincha.

Investitsiyalar hajmiga kredit foizi stavkasi katta ta’sir ko‘rsatadi, chunki investitsiyalash jarayonida qarzga olingan mablag‘laridan ham foydalaniladi. Agar kutilayotgan sof foyda normasi o‘rtacha kredit foizi stavkasidan yuqori bo'lsa, bu qo'yilmalar investor uchun daromadlidir. Shuning uchun 0‘rtacha foiz stavkasining 0‘sishi investitsiyalash jarayonining susayishiga olib keladi.

Investitsiyalar hajmiga kutilayotgan inflyatsiya sur’atlari ham o‘z ta'sirini o'tkazadi. Bu ko'rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, investorning kelajakdagi foydasi shunchalik qadrsizlanadi va investitsiyalarni rag‘batlantiruvchi omillar qisqarib boradi.

Investitsiyalarning jalb etilishi ko‘p jihatdan investitsiya bozorini har tomonlama o‘rganish, uni bashorat qilish bilan uzviy bog'liq. Investitsiya bozori investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish uchun zamin yaratib beradi. Investitsiya bozori ishlab chiqarish fondlarining aktiv qismi va investitsiya xizmatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Uning asosiy unsurlariga talab, taklif, raqobat va baho kiradi. Bu unsurlar doimo o’zgarib turadi, ushbu o‘zgarishlar iqtisodiyotdagi va bozor ichidagi omillar ta'sirida yuz beradi. Har bir investor uchun investitsiyaga bo'lgan talabni o'rganish, investitsiya bozorini tahlil etib, buning zaminida o'zining investitsiya dasturini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb ctadi.

Umuman olganda, investitsiyalarni amalga oshirish investitsiya jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda investitsiya resurslari hosil qilinishi natijasiga tayanadi va yuz beradi. O'z navbatida, u investitsiyalashdan ko'zlangan maqsadga bevosita bog'lanadi. Zero, ko'zlangan maqsadga erishish ishtiyoqi investorni kapital to'plab, so'ng uni shu maqsad yo'lida safarbar etishga undaydi. Zotan. maqsad muayyan natijaga qaratilar ekan, natija ham o'z navbatida, muayyan maqsadlarni keltirib chiqaradi va tegishlicha, investitsiya jarayonini aks ettiruvchi ketma-ketlikni hosil qiladi.

Rivojlangan mamlakatlarda investitsiyalaming uch turi mavjudligi ko'rsatib o'tilgan:



-moliyaviy investitsiyalar - ichki moliyaviy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklarga qo'yilgan omonatlar, depozit sertifikatlari, aksiyalar, veksellar, zayomlar va boshqa turdagi qimmatli qog'ozlar hamda ularga tenglashtiriladigan boyliklar;

-moddiy investitsiyalar - asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining asosiy hamda aylanma kapital ko'rinishidagi turlari;

-aqliy (intellektual) investitsiyalar - insonning turli aqliy mulklaridan, ya’ni mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi shaklidagi investitsiyalar (nou-xau, kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari).

Mamlakatimizda qabul qilingan investitsiyalar to'g'risida me’yoriy hujjatlarni tahlil qilish va investitsiyalarning alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda investitsiyalarni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:



birinchidan, qo'yilish obyektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.


Download 50.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling