Investitsiya faoliyatiga doir o’zbekiston respublikasining qonunlari


Download 50.06 Kb.
bet4/5
Sana08.01.2022
Hajmi50.06 Kb.
#244925
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 reja

Portfel investitsiyalar - bu kapitalni xorijiy korxonlar qimmatli qog'ozlariga (korxona ustav kapitalining 10% dan kam qismini) kiritish shaklida olib chiqib ketish bo'lib, investorlarga ular faoliyatini bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi.

  • Jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi jarayonida portfel investitsiyalar ulushining ortishi tabiiy holdir. Bu ikki holat bilan izohlandi:

    • jahonda moliya bozorlarining jadal rivojlanishi;

    • portfel investitsiyalarning yuqori likvidligi bilan bog'liq afzallikdir.

    To'g'ridan to'g'ri va portfel investitsiyalarni boshqa mamlakatga chiqib ketishida, albatta, maqsad birinchi o'rinda turadi.

    Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati quyidagilar bilan xususiyatlanadi:



    birinchidan, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalami joriy etib, eksportga mo'ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;

    ikkinchidan, import o'rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish

    uchinchidan, kichik biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini jadalashtirish orqali o'sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi;

    to 'rtinchidan, korxonalaming eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;

    beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalami barpo etishga ko‘maklashadi, davlat byudjetiga soliq tushumining kelib tushishi ko'payadi.

    Umuman olganda, xorijiy investitsiyalar qabul qiluvchi mamlakatda mehnat unumdorligining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda esa tadqiqotlar xorijiy investitsiyalar, mahalliy firmalarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, mahalliy firmalar yirik kapital qo‘yilmalarsiz ham mehnat unumdorligini oshirishga erishishlari mumkin, buning samarasi esa uzoq istiqbolda ko‘rinadi.

    Xorijiy investorlar tomonidan bo‘sh turgan mablag'larni bir davlat hududidan boshqa bir davlat hududiga foyda olish maqsadida yo‘naltirishdir. Xorijiy investitsiyalar iqtisodiyotni jadal sur’atlarda rivojlanishida katta rol

    Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalaming investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, awalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning o'rni beqiyosdir. Bunda ilg'or texnologiyalami tatbiq etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo'lgan. 0‘zbekistonda birinchi prezidentimiz I.Karimov rahbarligida vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta’minlash maqsadida chet el investitsiyalarini jalb etishga strategik ustuvor vazifa sifatida qaralib, mazkur masala davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo'nalishi etib belgilangan. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko'rsatayotgan korxonalami jadal modernizasiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to'qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog'i hamda boshqa yo'nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e’tibor berilmoqda. Eng muhimi, xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, har tomonlama imtiyozli investitsiya muhiti yaratilgan. Bular vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda chet el investitsiyasini jalb etishning tegishli tashkiliy-huquqiy institutsional tuzulmalari va infratuzulmani yaratish hamda mavjud shart-sharoitlami izchil rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganini yaqqol tasdiqlaydi. Ayniqsa, bunda qonuniy kafolatlami yaratish alohida ahamiyat kasb etdi. Mamlakatimizda ushbu sohani huquqiy tartibga soluvchi "Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi qonun hamda bir qator boshqa qonun hujjatlari qabul qilindi. Ushbu qonunlami qabul qilish, ularga zamon talablariga mos ravishda o‘zgartish va qo'shimehalar kiritib borishning sababi bitta - qayerda imtiyoz va sharoit yaratilgan bo’lsa, qonuniy kafolat beriladigan bo’lsa, shu yoqqa investitsiya keladi. “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi Qonun yigirma ikkita moddadan iborat bo’lib, uning o’ninchi moddasida chet ellik investorlarning huquqlari alohida belgilab qo'yilgan.



    • Chet ellik investorlar xalqaro huquq tamoyillari va O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:

    • investitsiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yo'nalishlarini mustaqil belgilash;

    • investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;

    • o‘zining investitsiyalariga va investitsiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish;

    • O'zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyati natijasida olingan o'ziga qarashli ixtirolar, foydali modeller va sanoat namunalarini chet ellarda va O'zbekiston Respublikasida patentlashtirish to'g'risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish;

    • investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni mustaqil va erkin tasarruf etish;

    • O'zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablag'lari jalb etish;

    • o'z hisob varag'idagi milliy valyuta mablag'laridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish;

    • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer uchastkalariga doir huquqlami sotib olish;

    • o'z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya qilingan taqdirda mutanosib ravishda tovon olish;

    • davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining g'ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda qarorlari natijasida yetkazilgan zararlami undirish.

    • Chet ellik investor O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.

    • O'zbekistonda xorijiy investitsiyalami jalb qilish va tartibga solishda O'zbekiston Respublikasining qonunlari hamda boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar uning huquqiy asosi bo'lib xizmat qiladi.

    O'zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalami jalb etish sohasidagi asosiy me'yoriy-huquqiy hujjatlar quyidagilardir:

    • O'zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g'risida”gi qonunining yangi tahriri, 29.10.2014;

    • O'zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi Qonuni, 30.04.1998;

    • O'zbekiston Respublikasining “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va himoya choralari to‘g‘risida”gi qonuni, 30.04.1998;

    • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “To'g'ridan to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmoni, 10.04.2012.

    O'zbekiston Respublikasining "Chet el investitsiyalari to'g'risida", "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ulami himoya qilish choralari to'grisida", "Investitsiya faoliyati to'g'risida"gi qonunlari xorijiy investitsiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy barqarorlik chet el investitsiyasi uchun har tomonlama qulay sharoit yaratmoqda. Davlatimiz rahbarining oqilona siyosati natijasida qabul qilinayotgan imtiyozli muhitni yaratuvchi qonunlar chet ellik investorlarda tobora katta qiziqish uyg'otmoqda.

    Ma’lumki, chet el investorlari mamlakatimiz hududida o'z ishlab chiqarish faoliyatini qoidaga ko'ra xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish yo'li bilan amalga oshiradilar. O'z ehtiyojlari uchun yurtimiz hududiga zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar, ularga butlovchi buyumlar, shuningdek, xomashyo va materiallar olib kirayotgan xorijiy investorlar uchun amaldagi qonun hujjatlarida muayyan imtiyozlar nazarda tutilgan. Jumladan, "Boj tarifi to‘g'risida"gi qonunning 33-moddasi va "Chet el investitsiyalari to‘g'risida"gi qonunning 12-moddasiga muvofiq, xorijiy investorlar tomonidan o'z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O'zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulkka bojxona boji solinmas edi. Yangi qonun asosida - chet ellik investorlar uchun yanada qulay muhit yaratish maqsadida yuqorida qayd etilgan har ikki qonunga o'zgartishlar kiritildi. Endilikda nafaqat chet ellik investorlar, ayni chog'da, ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o'ttiz uch foiz bo'lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ham o'z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O'zbekiston Respublikasiga olib kiradigan mol-mulk bo'yicha boj undirilishidan ozod qilindilar. Yangi qonunda ko'zda tutilgan imtiyozlar ana shu xayrli maqsadlarga erishishimizda muhim rag'batlantiruvchi omil bo'lib xizmat qiladi. Ushbu qonun xalqimiz farovonligini oshirishda ham ulkan ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'ladi. Xususan, aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o'rinlari ochish, eng zamonaviy texnologiya va jihozlami keltirish hisobiga ish unumi va samaradorligi oshishi muqarrar. O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatiga doir huquqiy hujjatlar tizimida xorijiy investitsiyalar masalasiga bevosita taalluqli bo'lgan qonunlar muhim o'rin tutadi. Vaqt o'tishi bilan iqtisodiy o'sishning jadal borishini ta’minlash, respublika iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlaming ilg'or texnologiyalarini jalb qilish va, umuman, jahon andozalariga erishish uchun xorijiy investitsiyalar sohasidagi mavjud qonunchilik bazasini qayta ko'rib chiqish zarurati ob'ektiv ravishda paydo bo'ldi. Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etish strategiyasi bo'lajak chet ellik investorlaming manfaatlarini hamda milliy iqtisodiyotga zarar keltirmagan holda ulami qondirish imkoniyatlarini o'rganishga asoslanadi. Buning uchun, bir tomondan, iqtisodiyotni tarkiban qayta qurishga qaratilgan bir qator aniq loyihalami amalga oshirish zarur bo'ladi; ikkinchi tomondan, ichki investitsiya resurslari cheklangan bir sharoitda xorijiy investitsiyalaming ahamiyati juda yuqori baholanadi. Investitsiya muhitini yanada yaxshilash shartlaridan biri bank tizimini takomillashtirish, moliya bozorida raqobatni vujudga keltirish, naqd puldagi va naqd bo'lmagan puldagi operatsiyalami amalga oshirishni yaxshilash, shuningdek, xorijiy investorlami axborot bilan ta'minlashni yaxshilashdan iboratdir.

    O'zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlaming boshlanish davridan chet el investitsiyalarini jalb qilishga tuzilmaviy qayta qurishning hamda umumjahon iqtisodiy hamjamiyatiga kirib borishini tezlashtiruvchi omil sifatida asosiy ustuvorlik berildi. Hozirda respublikada xorijiy investitsiyalami jalb qilish bo'yicha huquqiy baza yaratildi, investitsiyalami jalb qilish va xorijiy investorlarga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilma barpo qilindi va bu jarayon takomillashib bormoqda. Bu borada “Valyutani tartibga solish” to'g'risidagi qonun qabul qilindi. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining vazifalari qayta ko'rib chiqildi va uning milliy valyutani konvertasiyasi hamda import kontraktlarini ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan vazifalari bekor qilindi. Jumladan, 2003-yil 15-oktyabrdan milliy valyuta joriy xalqaro operatsiyalar bo'yicha erkin konvertasiyasining ochilishi mamlakatdagi investitsiya iqlimini yaxshilashga va xorijiy investitsiyalar oqimining ko'payishiga katta imkoniyatlar yaratdi. 1998-yil 30-aprelda Oliy Majlis tomonidan yangi hujjat — "Chet el investitsiyalari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi qonuni va "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ulami himoya qilish chora-tadbirlari to‘g'risida"gi qonun qabul qilindi.

    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-aprelda qabul qilingan "To'g'ridan to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalami jalb etishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 4434- farmoni mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruktsiya qilish, respublikaning ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo'lgan mintaqalarida yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga to'g'ridan to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalami keng jalb etish, shuningdek, xorijiy investorlar uchun ishonchli huquqiy himoya va kafolatlarni ta’minlashga qaratilgan.

    Investitsiya lovihalari samaradorligini baholashning mazniun- mohiyati

    Har qanday investor yoki xo'jalik yurituvchi subyektlar uchun investitsion qarorlar qabul qilish juda qiyin vazifa hisoblanib, bunda asosiy me’zon investoming boyligini ko'paytirish, korxonaning qiymatlarini oshirish me’zonlariga qaratiladi. Uning omillari - korxona daromadlari o'sishi, moliyaviy risk yoki ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi, korxona ishlari samaradorligi darajasini oshirish hisoblanadi.

    Investitsiya loyihalari bo'yicha bunday natijalarga erishish uchun, har qanday loyihaning samaradorligini baholash zarur bo'ladi. Shunday qilib, ivestitsiya loyihalarining samaradorligini aniqlash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki loyihaning samaradorligini baholash darajasidan qo'yilgan kapitalning qaytib kelish muddati, korxonaning rivojlanish sur’ati hamda boshqa ijtimoiy- iqtisodiy muommalami hal qilish imkonini beradi.

    Chet el mamlakatlarining tajribasini, shu bilan birga, YUNIDO (United Nations Industrial Development Organization) tavsiyalarini hisobga olgan holda investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash ikki me'zon asosida, ya’ni moliyaviy va iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi.

    Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashning bu ikkala me’zoni ham bir-birini to'ldirib turadi.

    Moliyaviy baholash investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonidagi likvidligini tahlil qilishda ishlatiladi. Boshqacha aytganda, moliyaviy baholash vazifasi, loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun, uning jami moliyaviy majburiyatlarini bajarishga korxonaning yetarli moliyaviy resurslari bo'lishini belgilashdir.




    Download 50.06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling