Investitsiya faoliyatiga doir o’zbekiston respublikasining qonunlari
Download 50.06 Kb.
|
1 reja
Real investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) - pul mablag'larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat.
Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog'liq bo'lib, ko'pchilik hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga oshiriladi. Nomoddiy investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga oshirilib, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlarini amalga oshirish, yangi mahsulotlarning namunalarini yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi. Moliyaviy investitsiyalar kapitalni, to'lov va moliyaviy majburiyatlarning barcha turlarini o'zida mujassamlashtiruvchi, moliyaviy aktivlarga joylashtirilishini anglatadi. Ushbu moliyaviy vositalarning eng muhimlari qimmatli qog'ozlardir: ulushli (aksiyalar) va qarz (obligatsiyalar). Real investitsiyalardan farqli o'laroq, moliyaviy investitsiyalarni ko'proq portfel investitsiyalar deb atashadi, chunki bu holda investoming asosiy maqsadi moliyaviy aktivlarning mukammal yig'masini (investitsiyalar portfelini) shakllantirish va qimmatbaho qog'ozlar bilan amalga oshiriladigan turli operatsiyalarni boshqarish hisoblanadi; ikkinchidan, investitsiyada qatnashish xarakteriga ko'ra to'g'ridan to‘g‘ri va portfel investitsiyalarga bo'linadi. To‘g‘ridan to'g'ri investitsiyalar investoming o‘z moliyaviy mablag'lag'larini joylashtirish obyektini tanlash imkoniyatini beradi. Portfel investitsiyalar tijorat banklari, investitsion kompaniyalar, fondlar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Moliyaviy vositachilar to'plangan mablag'lami samarali. daromad keltiradigan qilib joylashtiradilar. Portfel investitsiyalar boshqa emitentlarning anderrayting yordamida qimmatli qog'ozlarga joylashtirish shaklida namoyon bo'ladi; uchinchidan, investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha bo'lgan muddatga kiritiladigan investitsiyalar), o'rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo'lgan muddatga kiritiladigan investitsiyalar) va uzoq muddatli (besh yildan oshiq muddatga kiritiladigan investitsiyalar) bo'ladi; to'rtinchidan, mulk shakllaridan kelib chiqib investitsiyalar xususiy, davlat, qo'shma va xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarining va fuqarolarning mablag'larini tadbirkorlik faoliyati obyektlariga qo'yilishini anglatadi. Davlat investitsiyalari - bu davlat tomonidan milliy daromadning davlat budjeti mablag‘lari ko'rinishida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi uchun sarflayotgan mabalag‘laridir. Investitsiya munosabatlari shu darajada murakkab va ko‘p qirraliki, ko‘pincha, davlatlar o’rtasidagi munosabatlar xususiy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar bilan uzviy bogiangan bo'ladi. Bunday aloqa investor huquq va talablami davlatga topshirganda yaqqol ko‘rinadi. Xorijiy investitsiyalar ham davlat yoki xususiy investitsiyalar shaklida bo'lishi mumkin. Birinchi shaklda, davlat investitsiyalari ishtirok etib, bunda bir davlat boshqa davlatga kreditlar yoki boshqacha shakldagi qarzlar berishi mumkin. Bunday munosabatlarga xalqaro huquq normalari qoilaniladi. Ikkinchi shaklda esa bir mamlakat xususiy firmalari, kompaniyalari yoki fuqarolari boshqa mamlakatning tegishli sub'ektlariga beradigan investitsiyalar tushuniladi; beshinchidan, hududiy joylashtirilish bo'yicha investitsiyalar ichki va tashqi investitsiyalarga bo'linadi; oltinchidan, investitsiyalar tavakkalchilik darajasi bo’yicha yuqori tavakkalli va past tavakkalli investitsiyalarga ajratiladi. Moliya sohasida tavakkalchilik deganda investitsiyalarga mutloq yohud nisbiy miqdordagi foyda kutilganidan ancha kam. boshqacha aytganda. “tavakkalchilik” atamasi kutilmagan natija olish imkoniyatini anglatadi. Hozirgi kunga kelib investitsiyalaming bu turlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlariga jalb qilinmoqda. Bundan tashqari investitsiyalash jarayoni ijtimoiy-madaniy sohalarda ham amalga oshirilmoqda, ya'ni fan, madaniyat, ta’lim, sog'liqni saqlash, sport va ekologiya sohalariga investitsiya mablag'lari ajratilmoqda. Mamlakatimizda qurilayotgan ta’lim, sport, madaniyat va sog'liqni saqlash maskanlari. ulami zamonaviy texnika jihozlari bilan ta’minlash ishlari bunga misol bo’ladi. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunida (8-modda) investitsiya faoliyati obyektlariga quyidagicha ta’rif berilgan: “Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlari investitsiya faoliyati obyektlaridir”. Investitsiyaning obyekti deyilganda, mablag'Iarni, ya’ni qonun doirasidagi barcha boyliklarni safarbar etayotgan obyektlar tushuniladi. Ular yangi korxonalar yoki ainalda faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar, qimmatli qog'ozlar, bank depozitlari, intellektual mulk va boshqalar bo'lishi mumkin. Qonun va qonuniyatlarda ta’qiqlangan ekologik hamda boshqa me’yorlarga, sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan, yaratilishi va ishlatilishi mumkin bo'lmagan vositalar uchun invetitsiyalarni yo'naltirish man etiladi va bu ishlar investitsiyalarni sarflash obyekti bo'la olmaydi. Fuqarolar, huquqiy shaxslar va davlatni qonuniy manfatlariga putur yetkazadigan ishlar uchun ham investitsiyalar sarflash man etiladi. Investitsiyalarni jalb etish va sarflash sohalariga asoslanib investitsiya faoliyati obyektlarining turkumini tuzish mumkin.
Download 50.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling