Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va shakllari
Download 114.38 Kb.
|
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va shakllari
Venchur kapitali xususiy biznesga investitsiyaga kiritishning muqobil manbasi sifatida XX asrning 50-yillarida AQSHning Silikon vodiysida vujudga kelgan. Ushbu biznesning asoschilari Tom
Perkins34, Yudjin Kleyner, Frank Kofild, Bruk Bayers va boshqalar hisoblanadi. Aynan venchur kapitali g‘arb mamlakatlarida innovatsion loyihalarni investitsiyalash jarayonidagi, ichki manbalar chegaralangan vaziyatda va boshqa tashqi manbalar qo‘llash imkoniyati yo‘qligida moliyalashtirishning eng samarali vositasi bo‘lib xizmat qildi. Venchurli moliyalashtirish atamalari inglizcha «venture» so‘zidan olingan bo‘lib «yuqori riskli yangi korxona, faoliyat turi» ma’nosini anglatadi. Venchurli korxona deb kichik 3–5ta yuqori malakali mutaxassislardan (olimlar, kashfiyotchilar va menejerlardan) iborat ilmiy-izlanish korxonasi tushuniladi. Jumladan, venchur asosida moliyalashning mohiyati uning funksional yo‘nalishi bilan belgilanib, ustav sarmoyasidagi ulash yoki aksiyalarning qandaydir paketi evaziga ma’lum miqdordagi pul mablag‘larini berish yo‘li bilan muayyan biznesga ko‘maklashishdan iborat. Venchur asosida moliyalash jarayonini quyidagicha tarzda ifodalash mumkin: venchur fondi (VF) investitsiyalash obyekti hisoblangan kompaniya aksiyadorlik sarmoyasining bir qismini xarid qiladi. Bunda yuridik shaxs – fondning boshqaruvchi kompaniyasi bir yoki bir necha sarmoyadorlarning moliyaviy mablag‘laridan foydalanadi. Ushbu mablag‘lardan foydalangan holda obyekt- kompaniya rivojlanib, bu bilan o‘z qiymatini oshiradi. Bir muncha vaqt o‘tgach boshqaruvchi kompaniya o‘zi xarid qilgan aksiyalarni pul mablag‘lariga ayirboshlashning teskari jarayonini amalga oshirib, ushbu investitsiya bitimidan o‘z foydasini qayd etadi. Jumladan, «Venchurli moliyalashtirish – bu moliyalashtirishning shunday turiki, bunda venchur kapitali egalari va kompaniya egalari yuqori riskli (xatarli) va yuqori daromadli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladilar. Bu holatda loyihaning xatari tashqi holat (boshqaruvning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, bozor infratuzilma- sining rivojlanmaganligi kabilar) bilan emas, balki yangi texnologi- yaning rejalashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqara olish qobiliyati va bozorda bu mahsulotni tan olinishi bilan bog‘liq bo‘ladi»35. 34 Thomas Perkins. Mine's Bigger: The Extraordinary Tale of the World's Greatest Sailboat and the Silicon Valley Tycoon Who Built It. – by Newsweek's David A. Kaplan, 2007 35 Uzoqov A., Nosirov E., Saidov R., Sultanov M. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va ularning monitoringi. O‘quv qo‘llanma. – T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2006., 173 bet. Venchurli moliyalashtirishning asosiy quyidagi ikki bosqichini ajratish mumkin: dastlabki bosqichni moliyalashtirish – ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish; kechki bosqichni (later stage) moliyalashtirish – ishlab chiqarish tashkil etilgan va uni kengaytirish salohiyati mavjud bo‘lgan holda venchur kapitalini kiritish. Shuningdek, venchurli moliyalashtirishning quyidagi turlari mavjud: qutqaruv moliyalashtirish – bankrotlik ostonasida turgan korxonalarni moliyalashtirish, sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish; o‘rindosh moliyalashtirish – tashqi moliyalashtirish manbalarini bir qismini korxonaning ichki (aksiyadorlik) kapitali bilan almashtirmoq; korxonani qimmatli qog‘ozlar bozoriga chiqishi bilan bog‘liq operatsiyalarni moliyalashtirish va boshqalar. Shu o‘rinda venchur fondlarini tashkil etish investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning eng zamonaviy va samarali manbalaridan hisoblanadi. Jumladan, venchur fondi – jamlangan pul mablag‘larini faqat yuqori xavfli venchur loyihalariga investitsiya qilish uchun mo‘ljallangan, boshqaruv kompaniyasi boshqaruvidagi investitsiya kompaniyasidir. Venchur fondi faoliyatning quyidagi asosiy turlarini amalga oshiradi: yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini keyinchalik innovatsion faoliyatga investitsiya qo‘yishdan foyda ko‘rish maqsadida jamlash; yangidan tashkil etilgan va mavjud tashkilotlarning ustav fondida ulushli ishtirok etish yo‘li bilan, shuningdek, ushbu tashkilotlarga garov bilan ta’minlanmagan qarzlar berish yo‘li bilan innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni moliyalashtirish; bo‘sh turgan pul mablag‘larini ichki bozorda yuqori likvidli moliyaviy vositalarga joylashtirish; fond aksiyadori (ishtirokchisi) bo‘lgan tashkilotlarni boshqarishda ishtirok etish36. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning yuqorida keltirilgan manbalari va shakllari iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, 36 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi “Investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 414-son qarori. yangi ish o‘rinlarini yaratish va pirovardida aholi turmush darajasini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 114.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling