Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va shakllari


xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z moliyaviy mablag‘lari


Download 114.38 Kb.
bet2/7
Sana28.01.2023
Hajmi114.38 Kb.
#1135125
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va shakllari

xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z moliyaviy mablag‘lari, ya’ni foyda, amortizatsiya ajratmalari, tabiiy ofat (yong‘in, suv toshqini va boshqalar) oqibatlari natijasidagi yo‘qotishlarni qoplab berish ko‘rinishidagi sug‘urta tashkilotlariga to‘lanadigan mablag‘lar, boshqa aktiv turlari (asosiy vositalar, yer uchastkalari va boshqalar) va jalb qilingan mablag‘lar, masalan, aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yuqori organi hisoblangan xolding va aksiyadorlik kompaniyalar, sanoat-moliya guruhlarining beg‘araz mablag‘lar va boshqa badallar;

  • beg‘araz va imtiyozli tartibda budjet hisobidan ajratiladigan maqsadli mablag‘lar (respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari va boshqalar), davlat maqsadli jamg‘armalari, budjetdan tashqari jamg‘armalar, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi;

    1. chet el investitsiyalari – qo‘shma korxonalar ustav kapitalini shakllantirishda moliyaviy va boshqa shakllarda ishtirok etuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘lari, shuningdek, amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan moliyaviy muassasalar va xalqaro tashkilotlarning turli xil mulkchilik shakli va jismoniy shaxslarning to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy mablag‘lari;

    2. qarz mablag‘laridavlat va tijorat banklari, xorijiy investorlar (masalan, Jahon banki, Yevropa taraqqiyot va rivojlanish banki, xalqaro jamg‘armalar, agentliklar va yirik sug‘urta kompaniyalari)

    tomonidan qaytarish sharti bilan taqdim etiladigan kreditlar, veksellar va boshqalar.

    1. noan’anaviy moliyalashtirish, ya’ni sindikatli kreditlash, venchurli moliyalashtirish, seleng va boshqa usullari.

    Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari bo‘yicha tarkibi tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, moliyalashtirish manbalari bo‘yicha beqaror tebranish dinamikasiga ega bo‘lmoqda (11.1-rasm).



    Download 114.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling