Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va shakllari
Download 114.38 Kb.
|
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish
- Qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish
- Budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish.
- Loyihalarni moliyalashtirish shakli
Izoh: (+) – ko‘rsatilgan manbaning ushbu tashkiliy shaklda foydalanilganini bildiradi; (-) – ko‘rsatilgan manbaning ushbu tashkiliy shaklda qo‘llab bo‘lmasligini bildiradi. Shu o‘rinda, investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning eng ko‘p tarqalgan va zamonaviy shakllariga to‘xtalib o‘tamiz. Budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish. Budjet hisobidan moliyalashtirish manbalari odatda respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlaridan shakllanadi. Davlat investitsiya larini oluvchilar davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat tashkilotlari va yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin. Moliyalashtirish qarorlar qabul qilish darajasidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Respublika darajasida davlat mulki hisoblangan obyektlar va davlat dasturlari, hududlar darajasida esa muayyan hudud mulki hisoblangan obyektlar, hududiy loyihalar va dasturlar moliyalashtiriladi. Budjet hisobidan moliyalashtirish bir qator tamoyillarga amal qilgan holda amalga oshiriladi33. Xususan: minimal xarajatlar bilan maksimal iqtisodiy va ijtimoiy samara olish. Ya’ni budjet mablag‘lari faqat eng yuqori natijani ta’minlaydigan loyihalar uchun ajratilishi lozim; budjet mablag‘lari ishlatilishining maqsadli xususiyati. Bu shuni anglatadiki, muayyan obyektni moliyalashtirish tegishli yil uchun budjet tasdiqlangandan keyin amalga oshiriladi va shu asosda oldin belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha mablag‘lar sarflanishi nazorat qilinadi. Loyihalarni moliyalashtirish shakli O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini moliyalashtirish amaliyotida yaqindan boshlab qo‘llanil- moqda. Vaholanki, rivojlangan davlatlarda ushbu moliyalashtirish shaklidan uzoq yillardan buyon foydalanib kelinmoqda. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning ushbu shaklini qarz majburiyatlariga xizmat qiluvchi loyihalarni moliyalashtirish manbayi sifatida tavsiflash mumkin. Bunda moliyalashtiruvchi subyektlar amalga oshirilayotgan loyiha uchun investorlar tomonidan kiritilayotgan ssudalar, zaymlar yoki boshqa turdagi mablag‘larni qoplashni ta’minlay olishi nuqtayi nazaridan investitsiya obyektini 33 Сергеев И.В., Веретенникова И.И. Организация и финансирования инвестиций: учеб.пособие. – М.: Финансы и статистика, 2001. -стр.77. baholaydi. Loyihalarni moliyalashtirish davlat subsidiyalari yoki korporativ manbalarning moliyaviy qo‘yilmalariga bevosita bog‘liq emas. Download 114.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling