Investitsiya hisobi
Aksiyalarning nominal va sotib olish bahosi. Aksiyalarni sotib olish xarajatlarini moliyalashtirish
Download 82.27 Kb.
|
investitsiyalar hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilariga quyidagilar kiradi
Aksiyalarning nominal va sotib olish bahosi. Aksiyalarni sotib olish xarajatlarini moliyalashtirishBuxgalteriya hisobining 12-«Moliyaviy investitsiyalami hisobga olish» milliy andozasining 15-moddasiga ko‘ra uzoq muddatli moliyaviy qo ‘yilmalar (investitsiyalar) quyidagi baholarda hisobga olinadi: — xarid qiymati bo‘yicha; -- qayta baholash hisobga olgan qiymat bo'yicha; — xarid qiymati va bozor qiymatining um um iy investitsiyalar usuli bo‘yicha aniqlangan eng kam bahosi bo‘yicha. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash uchun qayta baholashning amalga oshirish davriyligini, shu jumladan , uzoq muddatli investitsiyalar toifalarini aniqlash zarur. Ma’lumki, moliyaviy investitsiyalar tarkibida aksiyalar asosiy o‘rinni egallaydi. Qimmatli qog‘ozlar muomalasida uning nominal va sotib olish tushunchalari mavjud. Aksiyalarning nominal qiymati deganda ularga yozib qo ‘yilgan qiymat tushuniladi, sotib olish bahosi esa ulaming birlamchi va ikkilamchi bozorlarida belgilanadi.Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilariga quyidagilar kiradi:Qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilariga quyidagilar kiradi:1. Fond birjasi. 2. Qimmatli qog‘ozlarnin g birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi (buyurtma qabul qilish punktlari va boshqalar). 3. Qimmatli qog‘ozlaming mulkdori yoki qimmatli qog'ozlarga bo‘lgan mulkiy huquq egasi. «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi Qonunning 3- moddasiga binoan fond birjasi — bu ochiq va oshkora birja savdolarini oldindan belgilangan vaqtda hamda belgilangan joyda o‘rnatilgan qoidalar asosida tashkil etish hamda o‘tkazish orqali faqat qimmatli qog‘ozlar savdosi uchun sharoitlar yaratuvchi yuridik shaxsdir. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi savdolarda aksiyalar savdosi asosiy o‘rinni egallaydi. Qimmatli qog‘ozlar bozorining dastlabki va ikkilamchi bozori mavjud. Dastlabki bozor ularning dastlabki chiqarilishidagi sotilishi. Qimmatli qog‘ozlar, shu jumladan, aksiyalar mo‘ljallangan daromad keltirmagan taqdirda yoki aynan kelajakda sotish uchun olingan bo‘lsa, ikkilamchi bozor asosida sotiladi.Qimmatli qog‘ozlar xarid qilishning haqiqiy xarajatlariga: — shartnoma asosida uni sotuvchiga to’lov summasi; — qimmatli qog‘ozni sotib olish bo ‘yicha maxsus tashkilot va shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar (axborot va maslahat) uchun to’lov ; — ayrim vositachi tashkilotlarga to’lov ; — ulami hisobga olgunga qadar ba’zi qarzga olingan mablag’lar bo‘yicha foiz to’lovlari; — ularning sotib olinishi bilan bog’liq boshqa xarajatlar kiradi. Ushbu xarajatlar qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish qiymatini tashkil etadi. Qimmatli qog‘ozlar sotib olish xarajatlari o ‘z mab- lag’lari, qarzga olingan mablag’lar va boshqa (ta ’sis hujjatlari asosida) mablag’lar hisobiga moliyalashtiriladi. Download 82.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling