Investitsiya siyosati va muhiti


Davlatning tashqi investitsiya siyosati


Download 32.29 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi32.29 Kb.
#1818163
1   2   3
Bog'liq
INVESTITSIYA SIYOSATI VA MUHITI

Davlatning tashqi investitsiya siyosati – bu tashqi investitsion oqimlarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari tizimidir. Ushbu siyosatning maqsadi investitsiya jarayonlariga maksimal darajada qulaylik yaratuvchi shart-sharoitlar tizimi shaklidagi qulay investitsiya muhitini shakllantirishdan iborat bo‘lib, uni amalga oshirish iqtisodiy salohiyat, ijtimoiy, tashkiliy-huquqiy va moliyaviy omillarga bog‘liqdir.
Strategik maqsadi – investitsiya jarayonlariga maksimal darajada qulaylik yaratuvchi shart-sharoitlar tizimi shaklidagi qulay investitsiya muhitini shakllantirish.
Asosiy taktik maqsadlar – milliy va xorijiy investorlar uchun bir xil imkoniyatlar hamda milliy va xorijiy kapital qo‘yilmalar uchun qulay jozibadorlik.
Asosiy omillari:
  1. Iqtisodiy salohiyat – ishlab chiqarishni joylashtirishning resurs, tabiiy-iqlim va hududiy imkoniyatlari.


  2. Bozor muhiti – raqobatning rivojlanganlik darajasi, bozor infratuzilmasi, investitsion faollik ichki bozor sig‘imkorligi, tovar eksporti va xorijiy kapitalning mavjudligi.


  3. Ijtimoiy omillar – aholi turmush darajasi va ish haqi, aholining xorijiy investorlarga munosabati.


  4. Tashkiliy – huquqiy omillar – hukumatning xorijiy investorlarga munosabati, qonunlarga rioya qilish, huquqni himoya qiluvchi organlarning samaradorligi, ishlab chiqarish omillari harakati uchun shart-sharoitlar.


  5. Moliyaviy omillar – budjet daromadi va budjetdan tashqari fondlar mablag‘lari bilan ta’minlanganlik moliya resurslari va xorijiy


valutada kreditlar olish imkoniyati, bank foiz stavkasi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi jamg‘armalar miqdori.


Investitsiya siyosati – investitsiya faoliyatini jonlantirish, iqtisodiyotni yuksaltirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ijtimoiy muammolarni hal qilish maqsadida iqtisodiy subyektlar uchun qulay xo‘jalik yuritish sharoitlarini yaratishga qaratilgan maqsadli tadbirlar majmuidir.
Investitsiya siyosati davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasidagi aniq maqsadga qaratilgan faoliyatning eng muhim doimiy vositalaridan biri hisoblanadi. Bunday siyosat davlatning butun siyosiy sohasining asosiy o‘zagini tashkil etadi yoki boshqacha aytganda, bu butun davlat siyosiy faoliyatining negizidir. Mamlakat ishlab chiqarish salohiyatining oshishi, iqtisodiy o‘sish sur’atlari, moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hajmi va sifatining oshishi, jamiki infratuzilmaning rivojlanishi ko‘p jihatdan investitsiyalarga va investitsiya siyosatiga bog‘liq bo‘ladi. Investitsiya siyosati davlatning jamiyatda moddiy ne’matlarni takror ishlab chiqarishni tashkil etishga investitsiya vositalarini safarbar qilishga doir funksiyasidir. Davlat siyosatining ushbu sohasi tashkiliy-huquqiy jihatdan olganda, uning tegishli organlarining bunday siyosatning maqsadlari va vazifalarini belgilash, uni amalga oshirish uchun mablag‘larni qidirib topish borasidagi faoliyatidan iborat bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishda oqilona investitsiya siyosatini ishlab chiqish yetakchi o‘rin tutadi. Investitsiya siyosatini samarali amalga oshirish uchun qulay investitsiya muhitini yaratishga xizmat qiladigan qator institutlarni tashkil etish lozim. Jahon iqtisodiyotida samarali amal qiluvchi model bozor tizimiga tayanadi va milliy iqtisodiyotning afzalliklaridan to‘liq foydalanadi. O‘zbekistonda investorlar uchun ko‘p jihatdan beqiyos, o‘ta qulay investitsion muhit, imtiyoz va preferensiyalar tizimi yaratilgan, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi yildan yilga ortib borayotgani ham buning yorqin dalilidir.
Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqa- rishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarning o‘rni beqiyosdir. Bunda
ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va shu asosda mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo‘lgan.
Jahon iqtisodiyoti amaliyotida investitsiya siyosatining uchta modelini ajratish mumkin.
Birinchi modelni shartli ravishda «amerika», ikkinchisini «yapon» va uchinchisini «tayvan» modeli deb atash mumkin. Keltirilayotgan tasnif bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar tajribasini tizimlashtirishga urinishdir. Muhimi, bu modellarning barchasi samarali bo‘lib, ushbu ilg‘or tajribadan o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida munosib investitsiya siyosati strategiyasini ishlab chiqish uchun chuqur o‘rganish zarur.
Birinchi modelda asosiy e’tibor xususiy investorlar uchun belgilanadigan soliq imtiyozlariga qaratiladi. Ikkinchi modelda xususiy loyihalarning davlat tomonidan moliyalashtirilishi markaziy o‘rinni egallaydi. Uchinchi model esa davlat muvofiqlashtirish kamchiliklarini bartaraf etish, xususiy investorlar qarorlarini muvofiqlashtirish mexanizmlarini yaratish bo‘yicha zarur infratuzilmani yaratadi va inson kapitaliga sarflangan qo‘yilmalarni rag‘batlantiradi. Yuqorida qayd etilgan investitsiya siyosati modellari keng qo‘lamli dastaklarni o‘z ichiga oladi.
Amerika modelida davlatning investitsiya siyosatida asosiy o‘rinni soliq dastaklari egallaydi. Bundan tashqari, bozor dastaklari yordamida narxlar va foiz stavkalarini barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan izchil liberal makroiqtisodiy siyosat amalga oshiriladi. Ushbu tizim doirasida banklarga ikkinchi darajali o‘rin ajratilgan. Investitsiya resurslarining samarali taqsimlanishini nazorat qilishning asosiy mexanizmi – bu fond birjasidir. Aynan rivojlangan qimmatbaho qog‘ozlar bozori ushbu modelni muvaffaqiyatli amalga oshirishning zarur sharti hisoblanadi. Davlat muvofiqlashtirish muammosini iqtisodiyotning holati va rivojlanish prognozlari to‘g‘risida sifatli iqtisodiy axborotni to‘plash, tahlil qilish va tarqatish orqali hal etishga harakat qiladi. Davlat zaruriyatga qarab infratuzilmani rivojlantirishga investitsiyalar yo‘naltiradi. Ushbu investitsiyalar faqat favqulodda holatlardagina
umumiqtisodiy strategiyaning elementlariga aylanadi. Model zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda investitsiyaviy resurslarning samarali taqsimlanishini ta’minlaydi.
Yapon modeli davlat va xususiy investorlar o‘rtasidagi faol hamkorlik asosida quriladi. Davlat bank sohasini nazorat qiladi va aholi jamg‘armalarini mustaqil jalb etadi. Ushbu mablag‘larni korporatsiyalarga hamkorlik va o‘z zimmasiga olingan majburiyatlarni bajarish evaziga imtiyozli shartlarda beradi. Infratuzilmaga sarflanadigan investitsiyalar muayyan xususiy firmalarning ehtiyojlari bilan bevosita muvofiqlashtirib amalga oshiriladi.
Davlat tomonidan tashkil etiladigan maslahat kengashlari muvofiqlashtirish rolini o‘z zimmasiga oladi. Ushbu modelni amalga oshirishning zarur sharti – kuchli xususiy sektor va samarali apparatga ega bo‘lgan davlatdir. Ushbu modelning afzalligi katta hajmdagi mablag‘larni samarali investitsiyalarga safarbar etish imkoniyatiga egaligi bilan belgilanadi. Kamchiligi esa investitsiyalarni rejalashtirish jarayonining siyosiylashtirilishi va asosiy pul-kredit indikatorlarining kutilmagan holda o‘zgarishi, shu jumladan, siyosiy doiralarning korrupsiyalanishi bilan izohlanadi.
Tayvan modeli esa yapon va amerikacha modellarning qator dastaklarini o‘zida birlashtiradi. Ushbu modelning farqli jihati investitsion qarorlarni muvofiqlashtirishning xususiy mexanizmlarning davlat tomonidan yaratilishidan iborat. Model eksportga ishlaydigan xususiy firmalarning bozor va investitsion loyihalar salohiyatini juda yaxshi bilishiga asoslangan. Ushbu xususiy firmalar atrofida ta’minotchilar tarmog‘i shakllanib, ular o‘z rejalarini «bosh» kompaniya bilan muvofiqlashtirib turadilar. Davlatning asosiy vazifasi ushbu guruhlarni faol qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, loyihaviy- konsultativ byurolar, texnik xizmat ko‘rsatish agentliklari va ilmiy laboratoriyalar orqali barcha tarmoq ishtirokchilarining yangi yuqori texnologiyalardan foydalanishi hamda ularning yangi mahsulot va investitsiyaviy rejalarni ishlab chiqishda teng huquqli ishtirok etishini ta’minlashdan iborat. Ushbu model muvaffaqqiyatining asosiy bo‘g‘ini va garovi eksport ishtirokchilarining «test»idan o‘tishdan iborat. Ushbu testdan muvaffaqiyatli o‘tish esa imtiyozli kreditlar olish uchun keng yo‘l ochadi. Shu bilan birga, investitsiyaviy siyosatning ushbu
turi Umumjahon savdo tashkilotining qoidalari nuqtayi nazaridan tobora zaiflashib bormoqda.
Shunday qilib, iqtisodiy o‘sishda oqilona investitsiya siyosatini ishlab chiqish yetakchi o‘rin tutadi. Investitsiya siyosatini samarali amalga oshirish uchun qulay investitsiya muhitini yaratishga xizmat qiladigan qator institutlarni tashkil etish lozim. Jahon iqtisodiyotida samarali amal qiluvchi model bozor tizimiga tayanadi va milliy iqtisodiyotning afzalliklaridan to‘liq foydalanadi.

    1. Download 32.29 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling