Transport va aloqa sohasida
2012 yilning yanvar-mart oylarida iqtisodiyot tarmoqlarida transport orqali 6,6 million tonna yuk tashildi yoki ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 102,8 foizni tashkil qilgan. Yuk aylanmasi 146,2 million tonna - kilometrni yoki o‘tgan yilga nisbatan 100,6 foizni tashkil qildi.
2012 yilning yanvar-mart oylarida 75,9 million yo‘lovchi tashildi yoki bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 106,1 foizga teng bo‘ldi.
2012 yilning yanvar-mart oylarida avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish va saqlab turishga ketgan harajatlar 784 mln.so‘mga teng bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |