Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish
Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturiga asosan viloyatda 2012 yilning yanvar-mart oylarida jami xizmatlar hajmining o‘sish sur’atlari 106,5 foizni tashkil qildi.
Natijada, yalpi hududiy mahsulot xajmidagi sohaning ulushi 56,5 foizga etdi. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasinin rivojlantirish bo‘yicha joriy yilning yanvar-mart oylarida jami 98 ta (prognoz 70 ta) xizmat ko‘rsatish shahobchalari tashkil qilindi.
Natijada, sohada 2715 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilib, belgilangan reja ko‘rsatkichi 103,5%ga bajarildi.
Chakana savdo aylanmasi joriy yilning yanvar-mart oylarida 346,7 mlrd.so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,4 foizga o‘sishiga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |