Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi
Download 276.61 Kb.
|
Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoat Umumiy holat
- Xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish
- Nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha
Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi 2012 yilning yanvar-dekabr oylarida 657,4 mlrd.so‘mlik kapital mablag‘lari o‘zlashtirilib, o‘sish sur’ati 2011 yilga nisbatan 106,3 % ni tashkil qildi. 2012 yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarish sohasiga 274,9 mlrd.so‘mlik, shundan sanoat sohasiga 83,7 mlrd.so‘m, qishloq xo‘jaligi sohasiga 30,0 mlrd.so‘m, transport sohasiga 86,1 mlrd.so‘m, aloqa sohasiga 4,6 mlrd.so‘m, qurilish sohasiga 32,1 mlrd.so‘m, savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga 34,4 mlrd.so‘m va boshqa sohalarga 4,0 mlrd.so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi. Sanoat Umumiy holat Iqtisodiyotning muhim sohalari tarkibidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 111,4 %, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish 112,5 %, ga teng bo‘ldi. Sanoat majmuasi faoliyatining tahlili. 2012 yilning yanvar-dekabr oylarida sanoat mahsulotlari (ish-xizmatlar) ishlab chiqarish hajmi harakatdagi narxlarda 796,6 mlrd.so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,4 foizga teng bo‘ldi. Hisobot davrida nodavlat sektorda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining ulushi 95,2 foizni tashkil qildi. 2012 yilning yanvar-dekabr oylarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilning shu davriga nisbatan elektroenergetika sanoatida 153,3 foizga, yoqilg‘i sanoatida 107,7 foizga, ximiya va neft ximiyasi sanoatida 80,1 foizga, oynasozlik sanoatida 26,7 foizga, engil sanoat 3,1 foizga, oziq-ovqat sanoatida 10,3 foizga, un-krupa va kombikorma sanoatida 11,5 foizga o‘sdi. Umumiy sanoat mahsulotlari hajmida engil sanoat ulushi 40,8 foizni, oziq-ovqat sanoati, un, yorma, makaron va omuxta em ishlab chiqarish sanoati 41,4 foizni, elektroenergetika 4,9 foizni, yoqilgi sanoati 3,1 foizni, mashinasozlik va metallga ishlov berish sanoati 4,0 foizni, qurilish materiallari sanoati 3,6 foizni tashkil qiladi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘sgan bir paytda 22 ta asosiy sanoat korxonalaridan 6 tasida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,9 mlrd.so‘mlik mahsulot kam ishlab chiqarilgan. Xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish 2012 yilning yanvar-dekabr oylarida amaldagi narxlarda 445,9 mlrd.so‘mlik halq iste’mol mollari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,5 foizga teng bo‘lgan. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida halq iste’mol mollari ishlab chiqarish 56 foizni tashkil qiladi. Halq iste’mol mollari umumiy hajmida oziq-ovqat mahsulotlari salmog‘i 73,4 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 26,6 foizni tashkil qiladi. Nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 23 ta loyiha amalga oshirilib, 28,9 mln.AQSh dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan va 323 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilgan. Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturiga asosan viloyatda 2012 yilning yanvar-dekabr oylarida jami xizmatlar hajmining o‘sish sur’atlari 116,8 foizni tashkil qildi. Natijada, yalpi hududiy mahsulot hajmidagi sohaning ulushi 43,1 foizga etdi. Bunga asosan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 133,9 foizga, kompyuterli programmalashtirish xizmatlari 115,0 foizga, moliya xizmatlari 113,9 foizga, transport xizmatlari 114,8 foizga, qurilish xizmatlari 137,9 foizga, texnologik uskunalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlari 129,3 foizga, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlari 108,8 foizga, turistik xizmatlar (mexmonxona xizmatlari bilan birga) 116,3 foizga, savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari 116,2 foizga, maishiy xizmatlar 115,0 foizga, ta’lim xizmatlari 101,7 foizga, sog‘liqni saqlash xizmatlari 138,4 foizga va boshqa xizmatlar 109,8 foizga teng bo‘ldi. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasinin rivojlantirish bo‘yicha joriy yilning yanvar-dekabr oylarida jami 694 ta (reja 674 ta) xizmat ko‘rsatish shahobchalari tashkil qilindi. Shundan 7 ta axoliga xizmat ko‘rsatish markazi, 205 ta chakana savdo, 38 ta umumiy ovqatlanish, 28 ta “Guzar” savdo kompleksi 4 ta mexmonxona, 49 ta kiyim tikish shoxobchalari, 44 ta poyafzal ta’mirlash ustaxonalari, 69 ta sartaroshxona, 13 ta suratxona, 31 ta maishiy texnikalarni ta’mirlash ustaxonalari, 54 ta boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va 152 ta boshqa xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil qilindi. Natijada, sohada 12401 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilib, belgilangan reja ko‘rsatkichi 100,4%ga bajarildi. Download 276.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling