Bugungi kunda xalqaro savdo kon`yunkturasi quyidagilar bilan tavsiflanadi: - xalqaro savdoda tayyor mahsulotlar ulushining ortib borishi (70 foiz) va xom ashyo resurslari hissasining kamayib borishi;
- savdo hajmlari aksariyat qismining (70-75 foiz) sanoat jihatdan yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hissasiga to`g’ri kelishi;
- eksport tarkibining kuchli diversifikatsiyasi va tayyor mahsulot eksport qiluvchi mamlakatlar tarkibining kengayib borishi hamda Osiyo mamlakatlari bilan bo`ladidigan xalqaro savdo hajmlarining yuqori o`sish sur`atlari;
- taklif va talab tizimiga fan-texnika taraqqiyotining kuchli ta`siri natijasida eksport tovar tarkibida yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushining tezkor sur`atlar bilan ortib borishi;
- xizmatlar savdosi hajmi va turlarining tezkor o`sishi;
- xalqaro savdoda mintaqaviy tashkilotlar, uyushmalarga a`zo davlatlar o`rtasida amalga oshiriladigan tashqi savdo hajmlarining ortib borishi.
Uslubiy jihatdan xalqaro savdoni baholash asosan quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi: Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlik darajasi ya`ni mamlakatlarning ixtisoslashuvi va ular o`rtasida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar o`z iqtisodiyotini rivojlantirish,iqtisodiy muammolarni hal qilish borasida tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bu holatlarni etiborga olishi shart. Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi va unga bog’liq ravishda xalqaro moliya-valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi. Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim ob`ektiv sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, bu tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o`rtasida notekis taqsimlanganligi. Eng katta hududga ega bo`lgan yoki rivojlangan davlatlar ham barcha resurslar bilan o`zini to`liq ta`minlay olmaydi. Ular o`zlarida ortiqcha bo`lgan resurslarni eksport qilishga va mamlakatda taqchil bo`lgan resurslarni import qilishga majburlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |