Investitsiya va investitsion faoliyat statistikasi


Download 5.99 Kb.
Sana25.10.2023
Hajmi5.99 Kb.
#1721192
Bog'liq
INVESTITSIYA VA INVESTITSION FAOLIYAT STATISTIKASI

INVESTITSIYA VA INVESTITSION FAOLIYAT STATISTIKASI

Investitsiya loyihasini tayyorlash va amalga oshirish quyidagilarni o`z ichiga oladi:

  • investitsiyaviy g’oya(fikr)ni shakllantirish;
  • g’oyaning dastlabki asoslanishi;
  • loyihada ko`zda tutilgan texnik qarorning tahlili;
  • sertifikat talablarining bajarilishini tekshirish;
  • investitsiya loyihasi bo`yicha davlat boshqaruv idoralari bilan kelishuv yuzaga keltirish;
  • axborot memorandumini tayyorlash.

Korxonalarda investitsiyalashning asosiy manbalari va yo`nalishlari

  • Investitsiyalardan (kapital qo`yilmalardan) foydalanishning asosiy yo`nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
  • yangi qurilish;
  • korxonani kengaytirish va qayta tiklash;
  • ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish;
  • harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.
  • yangi qurilishga yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida quriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir.
  • Faoliyat yuritayotgan korxonani kengaytirish qo`shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo`shimcha, yordamchi va xizmat ko`rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi sexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan korxona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi.

Investitsiyalarning har xil turlari uchun turlicha baholash usullaridan foydalanish lozim, bu esa axborot ta`minotining turli darajada bo’lishiga bog’liq. Dastlabki real investitsiyalarni baholashda xususiy qarorlar, odatda, jo’n usullar bilan qabul qilinadi. Xususiy qarorlarni qabul qilishda investitsiya resurslari qiymatini baholashning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:

  • Investitsiyalarning har xil turlari uchun turlicha baholash usullaridan foydalanish lozim, bu esa axborot ta`minotining turli darajada bo’lishiga bog’liq. Dastlabki real investitsiyalarni baholashda xususiy qarorlar, odatda, jo’n usullar bilan qabul qilinadi. Xususiy qarorlarni qabul qilishda investitsiya resurslari qiymatini baholashning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:

Statistik usullar.

  • Bu usullarda vaqt omili hisobga olinmaydi yoki to’liq darajada hisobga olinmaydi. Bularning uchta usullari mavjud:
  • xarajatlarni taqqoslash;
  • foydani taqqoslash;
  • rentabellikni taqqoslash (investitsiyalar bilan bog’liq risklarni aks ettiradigan xarajatlarning qoplanish usuli).

Sof diskontlangan daromad

  • butun hisobot davri uchun joriy samaralar yig’indisining boshlang’ich qadamga keltirilgan miqdori yoki integral natijalarning integral xarajatlardan oshib ketishi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
  • Bu erda: Nt – hisob-kitoblarning
  • t-qadamida erishiluvchi natijalar;
  • Xt – xuddi shu qadamda amalga oshiriluvchi xarajatlar;
  • T – hisob-kitoblarning vaqt muddati;
  • E - diskont me`yori.

Agar investitsion loyihaning SDD miqdori ijobiy bo`lsa, u holda loyiha samarali, ya`ni investitsiya mablag’lari darajasining qabul qilingan diskont me`yorini ta`minlovchi hisoblanadi.

  • Agar investitsion loyihaning SDD miqdori ijobiy bo`lsa, u holda loyiha samarali, ya`ni investitsiya mablag’lari darajasining qabul qilingan diskont me`yorini ta`minlovchi hisoblanadi.
  • Xarajatlar va ularning natijalari miqdorini keltirish ularni diskontlash koeffisienti (dt) ga ko`paytirish asosida amalga oshirilib, bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
  • Bu erda: t - natijalarni olish (xarajatlarni amalga oshirish) davridan taqqoslash davrigacha bo`lgan muddat bo`lib, yillarda o`lchanadi.
  • Diskont me`yori (E) - boshqa investorlar o`z mablag’larini xuddi shu turdagi loyihalarni amalga oshirish uchun kiritishga rozi bo`luvchi, kapitalning daromadlilik koeffisienti (daromad miqdorining kapital qo`yilmalarga nisbati).

Xarajatlarning qoplanishi dinamik usuli statistik usuldan sof pul oqimlarini diskoshlashni nazarda tutishi bilan farq qiladi. Muammo shundaki, qaysi davrda to’plangan diskontlangan pul oqimlari dastlab to’lovlarga teng yoki undan ortiq bo’lishida. Qoplanishning bu davri so’ngra turli tarmoqlar, mintaqalar va boshqalardagi har hil investitsiya risklarini aks ettiradigan qoplanish me`yori bilan qiyoslanadi.

  • Xarajatlarning qoplanishi dinamik usuli statistik usuldan sof pul oqimlarini diskoshlashni nazarda tutishi bilan farq qiladi. Muammo shundaki, qaysi davrda to’plangan diskontlangan pul oqimlari dastlab to’lovlarga teng yoki undan ortiq bo’lishida. Qoplanishning bu davri so’ngra turli tarmoqlar, mintaqalar va boshqalardagi har hil investitsiya risklarini aks ettiradigan qoplanish me`yori bilan qiyoslanadi.

Download 5.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling