Investitsiya va qurilish ishlari Asosiy kapitalga o’zlashtirilgan investitsiyalar


Download 0.67 Mb.
bet1/4
Sana28.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1731751
  1   2   3   4
Bog'liq
2 bob 1 rejaga ma\'lumot


Investitsiya va qurilish ishlari
Asosiy kapitalga o’zlashtirilgan investitsiyalar
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 245,0 trln. so‘m o‘zlashtirildi. Dollar ekvivalentida 23,1 mlrd. AQSH doll. o‘zlashtirilgan bo‘lib, 2020- yilga nisbatan 105,2 % ni tashkil etdi.
Jami investitsiyalar hajmida, markaz-lashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2020- yildagi ulushiga nibatan 1,6 % punktga kamayib, 18,3 % ni yoki 44,8 trln. so‘mni tashkil etdi.
Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 200,2 trln. so‘m yoki jami investitsiyalarning 81,7 % investitsiyalari o‘zlashtirilib, 2020- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,6 % punktga ko‘paydi.
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 71 257,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 29,1 % ini tashkil etdi.

Ta’kidlash joizki, 2020- yilga nisbatan o‘sish sur’ati 3,6 % ga kamayganiga qaramasdan, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning asosiy qismi korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi. Bu, albatta, xo‘jalik yurituvchi subyektlar birinchi navbatda ichki resurslaridan foydalangan holda o‘z faoliyatini kengaytirish yoki modernizatsiya qilishni afzal ko‘rishini isbotlaydi.

Keyingi yillarda Respublikada keng ko‘lamli qulay investitsiya muhitini yaratish, xorijiy investitsiyalarni, xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalastirilgan 30 149,2 mlrd. so‘m investitsiyalar, yoki 2020- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,8 % punktga kamaygan holda jami investitsiyalardagi ulushi 12,3 % ga teng investitsiyalar o‘zlashtirildi.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling