5.Investitsiyalar bo’yicha maьlumotlarni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish - Buxgalteriya hisobining amaldagi standartlari talablariga ko’ra xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarida investitsiyalar bilan bog’liq barcha ma’lumotlarni berib borishlari lozim. Bu hisobotlar investorlarga korxona-larning investitsiya portfelini shakllanishining asosiy tamoyillari, ularning daromadliligi va ular bilan bog’liq tavakkalchiliklar to’g’risida ma’lumotlar berishi lozim. Buxgalteriya balansida investitsiyalar toifalari bo’yicha aks ettirilib, uning uzoq muddatli aktivlar qismida uzoq muddatda, joriy aktivlar qismida esa bir yilgacha muddatda daromad olish maqsadida yo’naltirilgan investitsiyalar qiymati aks ettiriladi. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda inves-titsiyalarni sotilishi natijasida olingan daromad va bu daromadni yaratish bilan bog’liq xarajatlar, dividendlar, royalti, ijara haqi va foizlar ko’rinishidagi daromadlar hamda hisob siyosatiga ko’ra investitsiyalarni qayta baholashdan olingan foyda yoki zarar summalari tegishli moddalar bo’yicha o’z aksini topadi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda investitsiyalarining kirimi va chiqimi bilan bog’liq pul oqimlarining harakati to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan pul oqimlarining tushum qismida investitsiyalarni, asosiy vosita va boshqa aktivlarni sotish natijasida kelib tushgan pul mablag’lari, dividend, royalti, foizlar ko’rinishidagi pul mablag’lari ko’rsatilsa, chiqim qismida esa qimmatli va qarz qog’ozlarini hamda asosiy vosita va boshqa aqtivlarni sotish natijasida kelib tushgan pul mablag’lari ko’rsatiladi. Хususiy kapitalning harakati to’g’risidagi hisobotda hisob siyosatiga ko’ra investitsiyalarni qayta baholash natijalarini qo’shilgan kapital yoki taqsimlanmagan foydaga ta’siri orqali kapitalning o’zgarishi bilan bog’liq xo’jalik muomalalari o’z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |