Invesтitsiyalar hisobi
Investitsiyalarni baholash
Download 147.5 Kb.
|
Biznesda tashqi investitsiyalar
2.2.Investitsiyalarni baholash
Investitsiyalarni baholash 12-sonli «Moliyaviy qo`yilmalar hisobi» deb nomlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti asosida amalga oshiriladi. Bunga ko`ra qisqa muddatli investitsiyalar sotib olingan paytda buxgalteriya hiso-bida xarid bahosida aks ettiriladi.Investitsiyalarning xarid bahosi esa, inves-titsiyaning o`z qiymati, brokerlarga to`langan to`lovlar, boj to`lovlari, bank xiz-mati uchun to`langan mablag` va boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Agar inves-titsiyalar to`liq yoki qisman aktsiyalar yoki boshqa qimmatli qog`ozlar emissiyasini amalga oshirish orqali sotib olinsa, unda sotib olingan investitsiyalarning qiymati ularning nominal qiymati emas, balki bozor bahosiga teng bo`ladi. Agar investitsiyalarni sotib olish to`liq yoki qisman boshqa aktivlarga almashtirish orqali amalga oshirilsa, investitsiyaning arid qiymati almashtirish uchun tavsiya etilgan aktivning joriy qiymati bo`yicha belgilanadi. Ammo bu holatda investitsiyalarning bozor qiymati aniqroq bo`lsa, ushbu bahoni qo`llash ma`qul bo`ladi. Agar investitsiyalar sotib olingunga qadar hisoblangan foizlar yoki dividendlar qiymati bilan sotib olinsa, bunday investitsiyalar sotuvchiga to`langan foizlar yoki dividendlar summasi chiqarib tashlangan xarid qiymatida aks ettiriladi. Hisobot tuzish sanasida investitsiyalar Buxgalteriya hisobining milliy standartlari talablariga ko`ra korxona balansida bozor qiymatida yoki sotib olish va bozor qiymatidan kami bo`yicha ko`rsatilishi lozim. Agar qisqa muddatli investitsiyalar korxonaning hisob siyosatiga ko`ra sotib olish va bozor qiymatidan kami bo`yicha hisobga olinadigan bo`lsa, uning balans qiymati alohida olingan investitsiyalar bo`yicha; investitsiyalarning toifalari bo`yicha; investitsiyalar portfeli asosida aniqlanishi mumkin. Uzoq muddatli investitsiyalar esa hisobot sanasiga buxgalteriya balansida sotib olish qiymati, qayta baholashni hisobga olgan qiymat yoki sotib olish va bozor bahosidan kami bo`yicha aks ettiriladi. Uzoq muddatli investitsiyalarning balans bahosini aniqlash investitsiyalar portfeli asosida amalga oshiriladi. Yangi hisobvaraqlar rejasiga ko`ra joriy investitsiyalarning holati va harakatini hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ko`zda tutilgan: qimmatli qog`ozlar; qisqa muddatga berilgan qarzlar; boshqa joriy investitsiyalar; Uzoq muddatli investitsiyalarning holati va harakatini hisobga olish uchun esa : qimmatli qog`ozlar; avlod korxonalarga investitsiyalar; qaram korxonalarga investitsiyalar; xorijiy kapitali mavjud korxonalarga investitsiyalar; boshqa uzoq muddatli investitsiyalar kabi hisobvaraqlar ko`zda tutilgan. Investitsiyalarni sotib olish muomalalari yuqorida keltirilgan hisob-varaqlarning debeti va xarajat hisobvaraqlarining krediti bo`yicha aks etti-riladi. 1-misol. Vaqtinchalik bo`sh mablag`idan 1 yilgacha muddat ichida unumli foy-dalanishni ko`zda tutgan «A» kompaniyasi tez rivojlanib borayotgan boshqa bir kompaniyaning nominal qiymati 1000 so`m bo`lgan 500 ta aktsiyasining har birini 1100 so`mdan, «Sek`yur invest» brokerlik tashkiloti orqali sotib oldi. Bu xizmat uchun brokerlik tashkilotiga shartnoma summasining 5% miqdorida, bank xizmati uchun esa 1 % miqdorida xaq to`ladi. Shunga ko`ra qisqa muddatli investitsiyaning xarid qiymati 583000 so`mni tashkil qildi. Download 147.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling