Buxgalteriya balansida investitsiyalar toifalari bo`yicha aks ettirilib, uning uzoq muddatli aktivlar qismida uzoq muddatda, joriy aktivlar qismida esa bir yilgacha muddatda daromad olish maqsadida yo`naltirilgan investitsiyalar qiymati aks ettiriladi. Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda inves-titsiyalarni sotilishi natijasida olingan daromad va bu daromadni yaratish bilan bog`liq xarajatlar, dividendlar, royalti, ijara haqi va foizlar ko`rinishidagi daromadlar hamda hisob siyosatiga ko`ra investitsiyalarni qayta baholashdan olingan foyda yoki zarar summalari tegishli moddalar bo`yicha o`z aksini topadi. Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotda investitsiyalarining kirimi va chiqimi bilan bog`liq pul oqimlarining harakati to`g`risidagi ma`lumotlar keltiriladi. Jumladan pul oqimlarining tushum qismida investitsiyalarni, asosiy vosita va boshqa aktivlarni sotish natijasida kelib tushgan pul mablag`lari, dividend, royalti, foizlar ko`rinishidagi pul mablag`lari ko`rsatilsa, chiqim qismida esa qimmatli va qarz qog`ozlarini hamda asosiy vosita va boshqa aqtivlarni sotish natijasida kelib tushgan pul mablag`lari ko`rsatiladi. Хususiy kapitalning harakati to`g`risidagi hisobotda hisob siyosatiga ko`ra investitsiyalarni qayta baholash natijalarini qo`shilgan kapital yoki taqsimlanmagan foydaga ta`siri orqali kapitalning o`zgarishi bilan bog`liq xo`jalik muomalalari o`z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |