Invesтitsiyalar hisobi


Download 147.5 Kb.
bet12/14
Sana17.06.2023
Hajmi147.5 Kb.
#1551920
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Biznesda tashqi investitsiyalar

1-qadam. Bu yerda asosiy gap biznes-rejada. Investorlar birinchi navbatda shunga e'tibor qaratishadi. U har tomonlama o‘ylab tuzilgan bo‘lishi, imkon qadar ko‘proq ma'lumotni o‘zida jamlashi kerak. Bular:

Bundan tashqari, mayda detallarga ham katta e'tibor berish kerak. Bu yerda hamma narsa ahamiyatli, hatto rejaning qanday sifatdagi qog‘ozga tushirilgani ham.
2-qadam. Investorga ma'qul keluvchi hamkorlik shaklini to‘g‘ri tanlash juda muhim. Bu shakl biznes-rejada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Investor kiritilgan mablag‘dan qanday qilib daromad olishiga doir jami uch asosiy usul mavjud:

  1. Kiritilgan summadan foizlarni chiqarish;

  2. Kompaniya daromadi foizi;

  3. Biznesdagi ulush.

Siz uchun ikkinchi variant qulayroq. Biroq investorlar bunga har doim ham ko‘naverishmaydi. Bu masala odatda loyiha namoyish qilinganidan keyin muhokama qilinadi. Taklif etilgan hamkorlik usuli investorga ma'qul kelmasa va u boshqa usulda qat'iy tursa, uning shartlariga ko‘ngan yaxshi. Biznesda qat'iylikni namoyish qilish kerak, biroq bu masalada emas.
3-qadam. Muzokaralar. Ularning muvaffaqiyatiga ko‘p narsa bog‘liq. Ularga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish juda muhim. O‘z g‘oyangizning sifatli taqdimotini tayyorlang. Investorlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha ehtimoliy savollarga tayyor turing. Loyihaning hatto eng mayda detali ham shubha tug‘dirmasin.
Agar siz professionalga biznes-reja buyurtma qilgan bo‘lsangiz, muzokaralarga uni maslahatchi sifatida olgan yaxshi. U sizga eng nozik savollarga ham javob topishga yordam beradi va bo‘lg‘usi biznesning barcha jihatlarini izohlay oladi.
Shuningdek, o‘zingizni qanday tutishingiz ham juda muhim, albatta. Bunda so‘zlayotgan ohangingiz, nutqingiz tezligi va tashqi ko‘rinishingiz ham rol o‘ynaydi. Mayda detallar haqida hech qachon unutmang, investitsiyalarni jalb qilishda ular juda muhim.
Agar muzokaralar muvaffaqiyatli tugallansa, sizga shartnomani imzolash taklif etiladi. Tabiiyki, uni diqqat bilan o‘qish kerak. Unda kiritilayotgan mablag‘ summasi, hamkorlik muddati, tomonlar huquq va majburiyatlari yozilganini yaxshilab tekshiring.

Download 147.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling