Invesтitsiyalar hisobi
Dt «Pul mablag`lari» 8000 Kt
Download 147.5 Kb.
|
Biznesda tashqi investitsiyalar
Dt «Pul mablag`lari» 8000
Kt «Olinadigan foizlar» 8000 Obligatsiyalarni nominal qiymati va xarid bahosi o`rtasida yuzaga kelgan farqni hisobdan chiqarish muomalalari quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylash-tiriladi. a) Ustama summasi 6 oy mobaynida (12000 so`m : 6 oy) 2000 so`mdan oyma-oy hisob-dan chiqarib boriladi. Dt «Foiz ko`rinishidagi xarajatlar» 2000 Kt «Qisqa muddatli investitsiyalar» 2000 b) Chegirma summasi 10 oy mobaynida (16000 so`m : 10 oy) 1600 so`mdan oyma-oy hisobdan chiqarib boriladi: Dt «Qisqa muddatli investitsiyalar» 1600 Kt «Foiz ko`rinishidagi daromad» 1600 Qisqa muddatli obligatsiyalarining harakat muddati tugab, korxona tomoni-dan egasiga qaytarilgan va ular uchun puli kelib tushganda a) bank obligatsiyalari bo`yicha Dt «Pul mablag`lari» 300000 Kt «Qisqa muddatli investitsiyalar» 300000 b) «V» korxona obligatsiyalari bo`yicha Dt «Pul mablag`lari» 200000 Kt «Qisqa muddatli investitsiyalar» 200000 Investitsiyalarni qayta baholash ularning bozor bahosini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Hisob siyosatida qisqa muddatli investitsiyalarni bozor bahosida hisobga olishni ko`zda tutgan xo`jalik yurituvchi sub`ekt inves-titsiyalar qiymatidagi o`zgarishlarni daromad yoki xarajat sifatida aks etti-radi.Milliy standart talablariga ko`ra bu jarayon quyidagicha amalga oshadi. qayta baholash natijasida investitsiyalar qiymatining ortishi daromad sifatida qo`shilgan kapitalso`mmasini ko`paytirishga olib boriladi; keyingi qayta baholash natijasida investitsiyalar qiymatining kamayishi yuz bersa, bu kamayish qo`shilgan kapitalning avvalgi ko`payishini kamaytirish hisobiga yopiladi. Agar kamayish summasi kapitalning avvalgi ortishidan ko`p bo`lsa, qoplanmay qolganso`mma xarajat sifatidan tan olinadi; agar keyingi qayta baholash natijasida investitsiyalar qiymatining ortishi yuz bersa bu summa avval xarajat sifatida tan olingan summani qaytarilishi undan ortib qolgan summa esa qo`shilgan kapitalni ko`pay-tirishga olib boriladi. 4-misol. «A» kompaniyasi 2003 yilning 31 dekabr holatiga quyidagi uzoq muddatli investitsiyalar portfeliga ega:
Download 147.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling