Investitsiyalar iqtisodiyotni taraqqiyot tomon harakatini ta'minlovchi kuch ekanligi, har qanday


Download 204.77 Kb.
bet3/20
Sana18.10.2023
Hajmi204.77 Kb.
#1707432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Tavakkalchilikli investitsiyalar, yoki venchur kapitali deb, tavakkalchiligi yuqori bo’lgan kapital qo’yilmalarni ataydilar. Venchur kapitali - bu yuqori tavakkalchilik bilan bog`liq yangi faoliyat turlarida chiqariladigan yangi aksiyalarga investitsiya kiritishdir. Venchur kapitali asosan innovatsion va yangi texnologiyalar bilan bog`liq faoliyat turlarida uchraydi.
To’g`ridan-to’g`ri investitsiyalar - foyda olish va boshqaruvda ishtirok etish maqsadida, xo’jalik faoliyati yuritayotgan sub'ekt ustav kapitaliga qo’yiladigan kiritiladigan qo’yilmalardir.
Portfel investitsiyalar - portfel shakllantirish bilan bog`liq bo’lib, qimmatli qog`ozlar va boshqa aktivlar (jamg`arma va depozit sertifikatlari, sug`urta polislari, va h.) ni sotib olishdan iboratdir.
Annuitet (nemischa annuitat-yillik to’lov) - investitsiya kirituvchi shaxsga bir xil vaqt oralig`ida muayyan daromad keltiradigan investitsiyalardir. Bunga asosan sug`urta va nafaqa jamg`armalariga mablag` qo’yishni misol tariqasida keltirish mumkin.
Tijorat amaliyotida investitsiyalarning quyidagi turlarini farqlash mumkin:
  • moddiy aktivlarga kiritiladigan investitsiyalar;


  • pul aktivlariga kiritiladigan investitsiyalar;


-nomoddiy (ko’rib bo’lmaydigan) aktivlarga kiritiladigan investitsiyalar.


Moddiy aktivlar deganda ishlab chiqarish bino va inshootlar, hamda xizmat muddati bir yildan ko’p bo’lgan mashina va uskunalar tushuniladi. Pul aktivlari deganda esa, boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan pul olish huquqlari tushuniladi (depozitlar, obligatsiyalar va h.) Nomoddiy aktivlarga, korxona tomonidan orttirilgan intellektual boylik, savdo belgilari, litsenziya va nou-xaular kiradi.
Tadbirkorlik faoliyati ob'ektlariga investitsiyalar turli shakllarda oshiriladi.Shu munosabat bilan, investitsiyalarni taxlil qilish va rejalash-tirishda, ularni 1.1.-rasmda ko’rsatilgan belgilar bo’yicha turkumlashtirish muhim hisoblanadi.
  1. Mablag` kiritish ob'ektlariga qarab real va moliyaviy investitsiyalar ajratiladi.


  2. Investitsiya kiritishda ishtirok etish xarakteri bo’yicha bevosita va bilvosita investitsiyalar mavjud.


Bevosita investitsiya kiritish deganda, investitsiya ob'ektini tanlashda investorning o’zi bevosita ishtirok etishi tushuniladi.


Bilvosita investitsiya kiritishda esa, barcha operatsiyalar mas'ul shaxs (investitsiyaviy yoki boshqa moliyaviy vositachilar) yordamida amalga oshiriladi. Vositachilar yordamida investitsion va boshqa jamg`armalar hizmat qilishi mumkin.
  1. Investitsiya kiritish davri bo’yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli (ayrim adabiyotlarda qisqa, o’rta va uzoq muddatli) investitsiyalar farqlanadi.


  2. Qisqa muddatli investitsiyalar deganda muddati bir yilgacha bo’lgan kapital qo’yilmalar tushuniladi (misol uchun qisqa muddatli depozitlar, jamg`armalar va h.), uzoq muddatli investitsiyalar esa - bir yildan ortiq muddatga kiritilgan kapital qo’yilmalardir.


  3. Mulkchilik shakli bo’yicha shaxsiy, davlat, chet el va qo’shma investitsiyalar mavjud.


  4. Shaxsiy investitsiyalar - bu fuqarolar va davlat mulkiga tegishli bo’lmagan korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan kapital qo’yilmalardir.




Moliyaviy investitsiyalar

Real investitsiyalar

Bilvosita investitsiyalar

Bevosita investitsiyalar

Uzoq muddatli investitsiyalar

Qisqa muddatli investitsiyalar

Qo‘shma investitsiyalar
Chet el investitsiyalari Davlat investitsiyalari
Xususiy investitsiyalar

Mamlakat ichidagi


investitsiyalar

Mamlakat tashqarisidagi


investitsiyalar
1.1.-Rasm. Investitsiyalarning turli belgilar bo’yicha turkumlanishi.


Davlat investitsiyalari deganda byudjet va nobyudjet fondlari, hamda qarz mablag`lari hisobiga markaziy va mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, hamda o’zining shaxsiy va qarz mablag`lari hisobiga davlat korxona va tashkilotlari kiritadigan kapital qo’yilmalar tushuniladi.

Chet el investitsiyalari - chet ellik fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatlar tomonidan amalga oshirilidigan kapital qo’yilmalardir.


Qo’shma investitsiyalar - mazkur mamlakat va chet el davlatlari sub'ektlari tomonidan qo’shma ravishda amalga oshiriladigan investitsiyalardir.
  1. Hududiy belgisi bo’yicha mamlakat ichidagi va mamlakat tashqarisidagi investitsiyalar farqlanadi.


Investitsiyalar o’z ob'ekti bo’yicha ham quyidagicha turkumlanishi mumkin:


  • kapital (real aktivlarga);


  • innovatsion (texnika va yangi texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqishga yo’naltirilgan);


  • ijtimoiy (inson salohiyatini, ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirish, nomoddiy boyliklarning boshqa shakllariga kiritiladigan).


Bundan tashqari, loyiha boshlanishida korxona xarid qilishda amalga oshiriladigan boshlang`ich yoki netto-investitsiyalar mavjud. Reinvestitsiyalar bilan birgalikda ular brutto-investitsiyalarni tashkil etadi.


Reinvestitsiyalar - yangi ishlab chiqarish vositalarini yaratish yoki xarid qilishga va boshqa maqsadlarda foydalaniladigan, qayta bo’shagan investitsiyaviy resurslardir. Bunday investitsiyalar mavjud ob'ektlarni yangilash, texnologik uskunalarni zamonaviylashtirish, yangi mahsulot turlarini ishlab chiqish, yangi bozorlarni tashkil etish va boshqa maqsadlarga yo’naltirilishi mumkin.
Ishlab chiqarishga, qimmatli qog`ozlarga va boshqa turdagi investitsiyalarni amalga oshirish quyidagi hollardagina maqsadga muvofiq bo’ladi:
  • ushbu qo’yilmadan olinadigan sof foyda, mablag`larni bank depozitiga qo’yish orqali olinadigan sof foydadan yuqori bo’lsa;


  • investitsiyalar rentabelligi inflyatsiya darajasidan yuqori bo’lsa;


  • pullarning vaqt oralig`idagi qiymatini hisobga olgan holda, mazkur loyiha rentabelligi, boshqa alternativ loyihalar rentabelligidan yuqori bo’lsa;


  • loyiha amalga oshirilgandan so’ng korxona aktivlarining rentabelligi oshsa (yoki kamaymasa) va har holda qarz mablag`lari bo’yicha o’rtacha hisob stavkasidan yuqori bo’lsa;


  • ko’rib chiqilayotgan loyiha, ishlab chiqarishning ratsional tuzilmasini shakllantirish, xarajatlarni qoplash muddatlari, moliyaviy manbalarning mavjudligi nuqtai-nazaridan korxonaning bosh maqsadlariga muvofiq kelsa.


Shuni ham ta'kidlab o’tish lozimki, mazkur umumiy tamoyillar bo’lishiga qaramasdan, u yoki bu xo’jalik faoliyatini yurituvchi sub'ekt uchun investitsiyaviy siyosatning asosiy mezonlarini aniqlash juda ham sub'ektiv va muayyan bosqichdagi strategik moliyaviy maqsadlarga bog`liq bo’ladi.


Ammo sub'ektivlikning har qanday darajasida investitsiyalar bo’yicha qaror qabul qilinayotganda, moliyaviy menejer pullarning vaqt oralig`idagi qiymatini, loyiha tavakkalchiligi darajasini, loyihaning alternativ loyihalardan ustunligini va boshqa ko’plab omillarni e'tiborga olishi lozim.
Shunday qilib, investitsiyalar to’g`risida qaror qabul qilish kutilayotgan daromadlilik va tavakkalchilik nisbati tahliliga asoslanadi. Shuning uchun ham, investitsiyalar mohiyati to’g`risida gap yuritayotganda, ularning turli xil tavakkalchilik va kutilayotgan daromadga bog`liq ekanliklarini esdan chiqarmaslik lozim. Pullarning daromad olib kelish qobiliyati ularning kelib chiqish manbai va iste'mol yo’nalishlari, ya'ni pul qayerdan kirib kelishi va nimaga investitsiya sifatida qo’yilishiga bog`liq bo’ladi. Demak, kapital manbalarining ishonchliligi va mablag`larni to’g`ri investitsiya qilish o’rtasida uzluksiz aloqa kuzatiladi. Ushbu belgilari bilan investitsiyalar boshqa qo’yilmalardan farqlanadi.

Download 204.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling