Investitsiyalar va moliya bozori


Download 0.54 Mb.
bet31/35
Sana02.06.2024
Hajmi0.54 Mb.
#1835848
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Toshkent fond birjasi

XULOSA VA TAKLIFLAR

5.1. Tadqiqot savoliga tegishli natijalarning qisqacha ifodasi
Bugungi kunda mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish maqsadida ishlab chiqarish faoliyatida raqobatbardoshlikni yanada oshirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiyalash jarayonlarini jahon standartlariga muvofiq olib borish, iqtisodiyotga investitsiyalarni, birinchi navbatda bazaviy va tarkibiy asoslarni tashkil etuvchi muhim sohalarga jalb etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bunda, iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish, fond bozorini rivojlantirish va sog‘lom raqobat muhitini yaratish faol investitsiya siyosatini olib borish, jamiyat va davlat faoliyatining barcha sohalarini jadal va barqaror rivojlantirish uchun asos hisoblanadi.
Albatta, O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini samarali tashkil etish va uni rivojlantirish borasida muayyan choralar amalga oshirilgan. Ammo, tahliliy ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, mazkur soha oldida turgan qator muammolar qimmatli qog‘ozlar bozorini mamlakat iqtisodiyotining muhim tayanchlaridan biriga aylanishida to‘siq bo‘lmoqda.
“Toshkent” fond birjasi aksiyadorlik jamiyatining o‘z masadlariga ko‘ra faoliyati turlari, jamiyatning tashkiliy tuzilmasi, savdo aylanmasi dinamikasi tahlili, uning faoliyatida personalni iqtisodiy usullar orqali boshqarishning holati tahlili, jumladan korxona xodimlarining malaka oshirish joylari holati tahlili, moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili, listing kompaniyalari soni va savdodagi ulushi tahlili, top 10 brokerlik tashkiloti tahlili, viloyatlar bo‘yicha bitimlar soni va ulushi tahlili, marketing strategiyasiga “Toshkent” Respublika fond birjasi AJning imkoniyatlarini muvofiqlashtirishi kabi masalalarini ko‘rib chiqib, tahlil qilishga muvaffaq bo‘ldik. “Toshkent” Respublika fond birjasi AJda personalni boshqarishda xodimlarga ish haqini to‘lash va boshqa mehnat munosabatlarini hal qilishda mustaqil ravishda mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish shakli va xodimlarni ishga olish va ishdan bo‘shatish hamda mehnatning boshqa shartlarini belgilaydi. “Toshkent” Respublika fond birjasi AJda iqtisodiy usullar orqali doimiy personalni boshqarishda samaradorlikni ta‘minlovchi ish haqi, mukofot berish, moddiy yordam, xizmatlarga narx belgilash, kredit, biznes-reja, foyda taqsimotida ishtirok, soliqlar, iqtisodiy rag'batlantirish kabi tadbirlarni doimiy amalga oshiradi.
“Toshkent” Respublika fond birjasi AJning strategiyasi aniq sharoitda va o‘zgarishlar ta‘sirida oydinlashtirilib, orientirlarga aylanadi. Tegishli davr mobaynida, qisqa muddatda, tegishli sharoitdan kelib chiqqan holda qabul qilinadigan qarorlarda, tavakkalchilik siyosatida (uni xavf-xatar darajasiga ko‘ra) uslublar yig‘indisi–taktikasi tarzida marketing strategiyani amalga oshiradi, ya‘ni bozorni tanlash, maqsadni tanlash, mablag‘ va muddatlarni tanlash, samaradorlikni nazorat qilish, muqobil strategiyani tanlashdan iborat.
O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarini belgilab olishda ahamiyatli tomoni shundan iboratki, mazkur jarayon o‘ziga xos ko‘p bosqichli hisoblanadi. Ya’ni, mamlakatda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish ma’lum muddatni talab etadi. Bu muddatli oraliqni esa ikki yirik qismga, ya’ni o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda qimmatli qog‘ozlar bozorining iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish yo‘nalishlari sifatida belgilab olish maqsadga muvofiqdir.
“Toshkent” RFB rivojlanishidagi muammolarni tahlil etishda bir qator usullarni ko‘rib chiqamiz. Jumladan, dissertatsiya ishida SWOT matritsali tahlil tadqiqotlarimizdagi asosiy usullardan biri hisoblanadi.
Bu usulning qulayligi shundaki, u kundalik xayotimizning barcha jabhalarida, xususan, innovatsion loyihalarni joriy qilishda qo‘llaniladi. SWOT-tahlilni yaxshi o‘tkazish natijasida, keyingi rivojlanishni oldindan bashorat qilish mumkin bo‘ladi. Joriy kilinayotgan loyihaning natijalarini oldindan taxmin qilish mumkin bo‘ladi. SWOT qisqartma so‘z bo‘lib, uning yoyilmasi quyidagicha bo‘ladi :

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling