Investitsiyalar va moliya bozori


-Jadval O‘zbekistonda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorining huquqiy asoslari


Download 0.54 Mb.
bet30/35
Sana02.06.2024
Hajmi0.54 Mb.
#1835848
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Toshkent fond birjasi

4.16-Jadval
O‘zbekistonda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorining huquqiy asoslari

Bosqich

Davr

Qabul qilingan huquqiy hujjatlar

6-bosqich

2016 yildan x.v.

O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari:
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaror va Farmonlari:

  • “Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 18.04. 2017 y. PQ-2895-son Qaror

  • “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 24.01.2019 y. PQ-4127-son Qaror.

  • “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 14.01.2019 y. PF-5630-son Farmon.

Vazirlar Mahkamasining Qarorlari:

  • “Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida” 10.05.2017 y. 268-son qaror

  • “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 07.08.2019 y. 650-son qaror.

  • “Fond birjasida aksiyalarning birlamchi va ikilamchi ommaviy takliflarini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida” 26.04. 2019 y. 358-son qaror

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz) asosida muallif tomonidan tuzilgan
2016 yil va hozirga qadar davom etayotgan uyushgan qimmati qog‘ozlar bozorini shakllantirish va rivojlantirishga oid bo‘lgan huquqiy asoslarni ishlab chiqishning 6-bosqichida “Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2895-son, “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4127-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari va “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
PF-5630-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari qabul qilindi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining bir qator Qarorlari ham ushbu bosqichda qabul qilishini muhim o‘ringa ega bo‘ldi. Xususan, ushbu hujjatlarga “Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida” 268-son, “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 650-son, “Fond birjasida aksiyalarning birlamchi va ikilamchi ommaviy takliflarini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida”
358-son qarorlarni kiritish mumkin.
Prezident tomonidan 2022-yil 17-yanvar kuni “Kapital bozorini qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-90-son qaror imzolandi.
Qaror bilan 2022 yil 1 apreldan 2024 yil 31 dekabrgacha quyidagilar oʻrnatiladi:

  • Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslarning aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlari daromad soligʻidan ozod qilinadi;

  • Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari – yuridik shaxslarning aksiyalari boʻyicha dividendlar shaklida hisoblangan daromadlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari-yuridik shaxslar singari foyda soligʻining
    5 foiz stavkasi qoʻllaniladi;

  • Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari – jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik sub’yektlarining obligatsiyalari boʻyicha hisoblangan foizlar koʻrinishidagi daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻidan ozod qilinadi.

2022 yil 1 iyuldan boshlab quyidagi tartib oʻrnatiladi:

  • qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan savdolarida qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar tuzishda sotuvchi (emitentdan tashqari) foyda soligʻi va daromad soligʻi oʻrniga bitim summasining 0,3 foizi miqdorida yigʻim toʻlaydi;

  • aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi jamiyat aksiyalarini fond birjasining birja kotirovkalari varaqasidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda ushbu jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlarga jamiyatdan oʻz aksiyalarini qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi beriladi.

2022-yil 1-apreldan boshlab mahalliy emitentlarga anderrayterning tavsiyasiga koʻra oʻz aksiyalarini «Toshkent» RFBda dastlabki joylashtirishdan soʻng xorijiy fond bozorlarida joylashtirish yoki bir vaqtning oʻzida mahalliy va xorijiy fond birjalarida joylashtirish huquqi beriladi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2017-yilda 10-maydagi
“Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 268-son qaroriga oʻzgartirish kiritildi.



  1. Download 0.54 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling