Bozorining shakllanishi va rivojlanishi


Download 434.08 Kb.
bet1/9
Sana01.04.2023
Hajmi434.08 Kb.
#1315487
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
G ayratov Asadbek kurs ishi.doc


O’zbekiston Respublikasi
Guliston Davlat Universiteti
Ijtimoiy Iqtisodiy Fakulteti
Biznesni boshqarish

KURS ISHI
MAVZU: O ZBEKISTONDA ISHCHI KUCHIʻ
BOZORINING SHAKLLANISHI VA
RIVOJLANISHI
BAJARDI: ________________________________
QABUL QILDI:____________________________
Guliston 2023

Mundarija:



Kirish 3
O’zbekiston bandlik muammosi va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash. 6
O’zbekistonda ishchi kuchi bozorining shakllanishi va rivojlanishi 10
O’zbekistonda mehnat, mehnatiy munosabatlar, ularning sub’ektlari va huquqiy asoslari 19
O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi bo‘yicha davlat siyosatining amalga oshirilishi. 25
Xulоsа 29
Foydalanilgan adabiyotlar: 30


Kirish


Iqtisodiyotni modernizasiya qilish davrida davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati faqat odamlarning manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat bo’lmasdan, balki mehnatga yaroqli yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlashni ham o’z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o’sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va o’ziga xos yoshlar tarkibiga ega bo’lgan bizning respublikada ish bilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi.
Aholi va uning eng faol qismi bo’lgan mehnat resurslari makroiqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Makroiqtisodiyot aholi va mehnat resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishlarini tadqiq etish orqali uni samarali boshqarish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni maqsad qilib oladi. Chunki, mehnat resurslari va uning faol qismi bo’lgan ish kuchi ishlab chiqaruvchi kuchlarning eng asosiy qismidir. Shu bilan birga mehnat resurslari bozor iqtisodiyoti munosabatining tarkibiy elementlaridir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamizda mehnat bozori, mehnatni boshqarish institutlarini va iqtisodiy huquqiy mexanizmlarini yaratish talab etiladi. Bozor iqtisodiyoti erkin ishlab chiqaruvchilarning, iste’molchilarning gorizantal munosabatlariga asoslanar ekan, ishsizlik, qashshoqlik ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligi kabi salbiy xodisalarning bo’lishi mumkinligini nazarda tutish zarur. Umuman makroiqtisodiyotni mutassil o’sish sur’atlarini ta’minlash uchun respublika aholisining o’sish sur’atlarini tartibga solish lozim. Aholining o’sishi esa ish kuchining manbaidir.

Download 434.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling