Bozorining shakllanishi va rivojlanishi


O’zbekistonda mehnat, mehnatiy munosabatlar, ularning sub’ektlari va huquqiy asoslari


Download 434.08 Kb.
bet6/9
Sana01.04.2023
Hajmi434.08 Kb.
#1315487
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
G ayratov Asadbek kurs ishi.doc

O’zbekistonda mehnat, mehnatiy munosabatlar, ularning sub’ektlari va huquqiy asoslari


Davlat mehnat huquq inspeksiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi
Mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga oid munosabatlar sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish.
Mehnat, aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bir xilda qo‘llanishini ta’minlash hamda mehnatga oid munosabatlarni, mehnat va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish choratadbirlarini ishlab chiqish.
Qonun hujjatlarida taqiqlangan majburiy mehnatni hamda mehnatga oid munosabatlar sohasidagi kamsitishlarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik. Mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanishi bo‘yicha axborot-tushuntirish va huquqiy tarbiya ishlarini amalga oshirish
Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiqquyidagi funksiyalarni amalga oshiradi.
Mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida.
Tashkilotlar tomonidan mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Mehnat to‘g‘risidagi kelishuvlar va lokal hujjatlarning, ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlar masalalari bo‘yicha buyruqlarining mehnatga doir qonun hujjatlariga muvofiqligini tahlil qiladi.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga oid munosabatlar sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish sohasida. Mehnatga oid munosabatlar sub’ektlarining, shu jumladan kasanachilik sharoitlarida mehnat faoliyatini amalga oshiradigan xodimlarning hamda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer ho‘jaliklarida qoramol boqishayotgan shaxslarning mehnat huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi.
Aniqlangan mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishini, ularning kelib chiqish sabablari va imkon yaratgan shart-sharoitlarni bartaraf etish uchun huquqiy ta’sir choralarini ko‘radi.
Kasaba uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlariga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida ularga berilgan huquqlarni amalga oshirishda yordam beradi, shuningdek ish beruvchilarning ularga rioya etishlarini nazorat qiladi.
Mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi yuzasidan tashkilotlar va fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi.
Mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bir xilda qo‘llanishini ta’minlash va mehnatga oid munosabatlarni, mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish sohasida:
O‘tkazilgan mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish holatini o‘rganish va tekshirish yakunlari bo‘yicha tegishli axborot tayyorlaydi hamda belgilangan tartibda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziriga taqdim etadi.
Mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
Huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammoli jihatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash maqsadida mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarini hamda mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish holati bo‘yicha tekshiruvlar materiallarini tahlil qiladi va umumlashtiradi.
Mehnatga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish masalalari bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganadi va tahlil qiladi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashning maqsadga muvofiqligi yuzasidan takliflar tayyorlaydi. Qonunda taqiqlangan majburiy mehnat va mehnatga oid munosabatlar sohasidagi kamsitishlarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik sohasida: ayrim toifadagi xodimlar (ayollar, voyaga yetmaganlar, oliy va o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari, nogironlar, Harbiy Kuchlar saflaridan bo‘shatilganlar va boshqalar) uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnat huquqlari va kafolatlariga rioya etilishini nazorat qiladi.
Majburiy mehnatdan foydalanish va kamsitishning aniqlangan har bir holati bo‘yicha huquqiy ta’sir choralarini ko‘radi va qonun hujjatlarining buzilishi holatlari to‘g‘risida tegishli davlat hokimiyati organlarini xabardor qiladi. Mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanishi bo‘yicha axborot-tushuntirish va huquqiy tarbiya ishlarini amalga oshirish sohasida:
tashkilotlar mutaxassislari va aholi uchun seminarlar, treninglar va davra suhbatlari o‘tkazadi.
Ommaviy-axborot vositalarida va aholi o‘rtasida mehnat huquqi munosabatlari hamda mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanishi masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarini amalga oshiradi. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.7
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini e’tiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali amal qilishini, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sog‘lig‘i himoya qilinishini ta’minlaydi, mehnat unumdorligining o‘sishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga ko‘maklashadi.
Mehnatga oid munosabatlarni qonunlar orqali va shartnomalar asosida tartibga solishning o‘zaro bog‘liqligi
Xodimlar uchun mehnat huquqlarining va kafolatlarining eng past darajasi qonunlar bilan belgilab qo‘yiladi.
Qonunlardagiga nisbatan qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan shartnoma yo‘sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin.
Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning shartlari, agar qonunda boshqa holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bir taraflama o‘zgartirilishi mumkin emas. Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinmagan masalalar mehnat to‘g‘risidagi shartnoma taraflarining kelishuvi asosida, o‘zaro kelishilmagan taqdirda esa, — mehnat nizolarini ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda hal qilinadi.
Barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.
Mehnat sohasida mehnatning muayyan turiga xos bo‘lgan talablar yoki davlatning yuqoriroq ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar (ayollar, voyaga yetmaganlar, nogironlar va boshqalar) to‘g‘risidagi alohida g‘amxo‘rligi bilan bog‘liq farqlashlar kamsitish deb hisoblanmaydi.
Mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni to‘lash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish
Mehnatda band bolgan aholi statistikasi



Download 434.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling