4.4-jadval
Birja kotirovkalari ro‘yxatiga kiritilgan korxonalar (Listing)
Manba: “Toshkent” RFB veb sahifasi (uzse.uz)
Yarim yil davomida 5 ta emitentning qimmatli qog‘ozlari birja kotirovkalari ro‘yxatidan chiqarildi.
4.5-jadval
Birja kotirovkalari ro‘yxatidan chiqarilgan korxonalar (Delisting)
Manba: “Toshkent” RFB veb sahifasi (uzse.uz)
2023-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha “Toshkent” RFBga a’zo bo‘lgan litsenziyalangan va akkreditatsiyalangan investisiya vositachilari (brokerlari) soni 49 tani tashkil etgan. Ular orasidan quyidagi brokerlar bitimlar soni va savdo hajmi bo‘yicha top 10 talikka kirishdi.
4.2-rasm. “Toshkent” RFBdagi top 10 Brokerlar
Manba: “Toshkent” RFBning 2023-yil I yarim yilligi bo‘yicha birjaviy tahlili
Qimmatli qog‘ozlarni sotib olishda vositachilik qilgan brokerlik tashkilotlari orasida bitimlar soni bo‘yicha eng ko‘p bitimlar “Alkes Research” MChJ orqali amalga oshirilib, 62 200 tani tashkil etgan. Savdolarning eng katta hajmi “Alp omad invest” MChJ ishtirokidagi 743,58 mlrd so‘mlik qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bo‘yicha qayd etildi. Bitimlar hajmi bo‘yicha top 10 talikdagi keyingi o‘rinlarni tegishli ravishda 585,50 mlrd va 282,54 mlrd so‘m bitimlar bilan “Kapital-Depozit” MChJ va “Mulk Sarmoya brokerlik uyi” MCHJ egalladi.
4.3-rasm. Sotuvlar bo‘yicha bitimlar soni va hajmi mlrd so‘m
Manba: “Toshkent” RFBning 2023-yil I yarim yilligi bo‘yicha birjaviy tahlili
Eng ko‘p bitimlar “Alkes Research” MChJ brokeri orqali aksiya va obligatsiyalarni sotish bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, 42 866 donani tashkil etgan. Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha top o‘ntalikdan keyingi o‘rinlarni mos ravishda 27 952 va 25 789 ta bitim bilan “Kapital-Depozit” MChJ va “Freedom Finance” MChJ egalladi. Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha bitimlar hajmi bo‘yicha eng yirik bitim “Alp Omad Invest” MChJ orqali amalga oshirildi va 738,50 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |