Investitsiyalar va moliya bozori


Toshkent Respublika fond birjasi savdo hajmi tahlili va indekslari


Download 0.54 Mb.
bet18/35
Sana02.06.2024
Hajmi0.54 Mb.
#1835848
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
Bog'liq
Toshkent fond birjasi

4.2. Toshkent Respublika fond birjasi savdo hajmi tahlili va indekslari
Hozirgi kunda O‘zbekistonning uzoq muddatli suveren kredit reytinglarida S&P Global Ratings tashkiloti tomonidan BB-barqaror, FitchRatings tomonidan BB-barqaror va Moody’s xalqaro reyting tashkiloti tomonidan Ba3- barqaror ko‘rsatkichga ega.
“Toshkent “RFBda 2022-yilda 80 723 ta bitimlar tuzilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,9% ga oshgan. Bitimlar hajmi esa 4,8 mlrd so‘m bo‘lib o‘tgan yilga nisbatan 282,1% ga oshgan. Savdo qilingan qimmatli qog‘ozlar soni, 36,15 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib o‘tgan yilga nisbatan 154,9 % ga oshgan va savdoda qatnashganlar soni 114 tani tashkil etgan.

4.4-rasm. 2022-yilning 12 oyi uchun tuzilgan bitimlar soni va hajmi (mlrd so‘m)
Manba: “Toshkent” RFBning 2022-yil bo‘yicha birjaviy tahlil

2022 yil davomida 114 ta emitentning 36,15 mlrd dona qimmatli qog‘ozlari bilan jami 4,82 trln so‘mlik 80 723 ta bitim tuzildi.


Eng katta hajmdagi bitimlar yanvar oyida qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 3,04 trillion so‘mga yetgan. Maksimal hajm 20 yanvarga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, shu kuni tuzilgan bitimlarning umumiy summasi 1,90 trln so‘mni tashkil etgan. Eng kam hajmdagi bitimlar 26 avgust kuni tuzligan 39,53 mln so‘mlik bitimlarga to‘g‘ri keldi.
Bitimlar soni bo‘yicha eng ko‘pi dekabr oyida tuzilgan bo‘lib - 10 044 donani tashkil etgan.
28 dekabr sanasida eng ko‘p bitimlar amalga oshirilgan kun bo‘ldi – 1 184 dona, ushbu ko‘rsatkich 2022 yildagi o‘rtacha kunlik bitimlar sonidan 3,6 baravar ko‘pdir. Eng kam bitimlar soni oktabr oyiga to‘g‘ri keldi, umumiy hisobda 4 643 ta bitim tuzilgan.
2022 yilda barcha savdo maydonlarida amalga oshirilgan oʻrtacha kunlik bitimlar soni 327 tani, oʻrtacha kunlik hajm – 19,50 mlrd soʻmni, sotilgan qimmatli qogʻozlarning oʻrtacha kunlik soni – 146,38 mln donani tashkil etgan.
4.6-jadval
Bozor va savdo maydonlarning tahlili

Manba: “Toshkent” RFBning 2022-yil bo‘yicha birjaviy tahlil

“Stock Market” aksiyalar bozorining asosiy savdo maydonchasi bo‘lgan


G1 – “Main Board” bo‘limida 2022 yilda 100 ta emitentning aksiyalari bilan jami 1,17 trln so‘mlik 80 574 ta bitim tuzildi. Bitimlarning eng katta hajmi “Kapitalbank” ATB /KPBA/ oddiy aksiyalari bilan tuzilgan 786,90 mlrd so‘mlik bitimlarga to‘g‘ri keldi.
T1- «Nego Board» savdo maydonida, ya`ni, muzokaralar auksioni rejimida, hajmi chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar umumiy sonining kamida 1% ni tashkil etadigan qimmatli qog‘ozlar paketlari bilan bitimlar tuziladigan bo‘limda, ko‘rib chiqilayotgan davrda 27 ta emitentning qimmatli qog‘ozlari bilan umumiy qiymati 3,53 trln so‘mlik 78 ta bitim qayd etildi. Bitimlarning eng katta hajmi «Ohangaronsement» AJ /OHSM/ oddiy aksiyalari bilan tuzilgan bo‘lib 1,90 trln so‘m yoki umumiy birja hajmining 39,38%ni tashkil etgan.
“Kafolat sug‘urta” AJ /KFLT1/ imtiyozli aksiyalari bilan tuzilgan 77,09 mln so‘mlik savdo eng kichik hajmdagi bitim bo‘lib, umumiy birja hajmining 0,002%ni tashkil etgan.
2022 yilda iqtisodiyotning 10 ta turli xil soha aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlari bilan birja savdolari amalga oshirildi. Eng ko‘p bitimlar bank va sanoat sektorlari emitentlarining qimmatli qog‘ozlari bilan amalga oshirildi. Bank sektori emitentlarining qimmatli qog‘ozlari bilan 26 042 ta bitim tuzildi, bu birja bitimlari umumiy sonining 32,26 foizini tashkil etgan.




Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling