Investitsiyalar va moliya bozori
Vazirlar Mahkamasining Qarorlari
Download 0.54 Mb.
|
Toshkent fond birjasi
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz) asosida muallif tomonidan tuzilgan O‘zbekistonda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish maqsadida 4-bosqichni qamrab olgan 2006-2010 yillarda “Tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillari turlari qisqartirilganligi hamda soddalashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari ishlab chiqildi va qabul qilindi. Shuningdek, ushbu bosqchida “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-475-son, “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” PQ-1438-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari va “Iqtisodiyotning strategik tarmoqlari korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-3897-son, “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-4053-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari qabul qilindi. Bundan tashqari, ushbu davrda “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 215-son hamda “Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanish tartibi to‘g‘risida” 151-son Vazirlar Mahkamasining Qarorlari qabul qilindi. Ahamiyatlisi mazkur davrda qabul qilingan 2006 yil 27 sentyabrda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-475-son Qarorida “2006-2007 yillarda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish dasturi” tasdqilangan. Tasdiqlangan dasturga ko‘ra, uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorida korporativ boshqaruv munosabatlariga oid bo‘lgan quyidagi qoidalar belgilab berilgan: – korporativ obligatsiyalar chiqarilishi o‘z shaxsiy kapitali miqdori doirasida, keyingi uch yil ichida rentabellik, to‘lov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik va likvidlik jihatidan ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan mustaqil reyting bahosini olgan faqat ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklarining ishtirokida amalga oshiriladi; – aksiyadorlik jamiyatining har yilgi biznes rejasi kelgusi moliya yilining 1 dekabridan kechiktirmay kuzatuv kengashi majlisida ma’qullanadi; – aksiyadorlik jamiyatlarining kuzatuv kengashlari qonunda belgilangan korporativ boshqaruv normalariga rioya etish bo‘yicha aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida har yili hisobot beradi; – aktivlarining balans qiymati 1 mlrd. so‘mdan ko‘proq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida kuzatuv kengashlari tomonidan tayinlanadigan va ularga hisobdor bo‘lgan ichki audit xizmatlari tashkil etiladi; – ustav kapitalida davlat aksiyalari (ulushlari) paketi 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalarda auditor tashkilotini tanlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha tanlov asosida amalga oshiriladi; – o‘tgan yillarning taksimlanmagan foydasini ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirishda aksiyadorlar qo‘shimcha aksiyalarning qiymati yoki aksiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish orqali olgan daromadlari soliqqa tortish ob’ekti hisoblanmaydi (daily.uz 2010). Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 20 iyulda qabul qilingan “Iqtisodiyotning strategik tarmoqlari korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida davlat uchun istiqbolli, ya’ni strategik ahamiyatga ega bo‘lgan AJlarini boshqarishda maxsus huquqni aks nazarda tutuvchi “oltin aksiya” amaliyotga joriy etildi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling