Investitsiyalar va moliya bozori


-Jadval O‘zbekistonda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorining huquqiy asoslari


Download 0.54 Mb.
bet29/35
Sana02.06.2024
Hajmi0.54 Mb.
#1835848
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
Bog'liq
Toshkent fond birjasi

4.15-Jadval
O‘zbekistonda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorining huquqiy asoslari

Bosqich

Davr

Qabul qilingan huquqiy hujjatlar

5-bosqich

2011-2015 yy.

O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari:

Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida 25.08.2015 y.


Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida” (yangi tahriri) 03.06.2015 y.




O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaror va Farmonlari:
“Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida 24.04.2015 y. PF-4720-son Farmon

Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 16.07.2012 y. PF-4453-son Farmon


Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 21.12.2015 y. PQ-2454-son Qaror.



Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz) asosida muallif tomonidan tuzilgan
2011-2015 yillar davomida (5-bosqich) uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozoriga taalluqli bo‘lgan bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, ushbu huquqiy hujjatlar tarkibiga “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida” , “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari hamda “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-4720-son, “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
PF-4453-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2454-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlarini kiritish o‘rinlidir.
Ushbu davrda qabul qilingan uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorining huquqiy asoslaridan biri bo‘lgan 2015 yil 3 iyunda yangi tahrirda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozoriga oid bo‘lgan 20 dan ortiq asosiy tushunchalarga ta’riflar berildi. Uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorida moliyaviy vositalar, jumladan aksiya va uning hosilalari, obligatsiyalar va ularning turlari, depozit sertifikatlarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish tartibi va shartlari, emitentlar tomonidan ushbu qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirishning aniq mexanizmlarini shakllantirildi. Uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorining muassasalari bo‘lgan, fond birjasi, fond bo‘limini tashkil etgan valyuta birjasi va qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchilari qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari sifatida e’tirof etildi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling