Investitsiyalar
Download 35.61 Kb.
|
Investitsion tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari. Fanning tarkibiy tuzilishi va boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqalari.
- “Investitsion tahlil”
- Investitsion tahlil”
“Investitsiyalar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari REJA: Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari. Fanning tarkibiy tuzilishi va boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqalari. Fanning ishlab chiqarish bilan bog‘liqligi va uni rivojlantirishdagi tutgan o‘rni. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning zaruriyati va ahamiyati. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari. Fanning tarkibiy tuzilishi va boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqalari. Investitsiyalar iqtisodiyotning o‘sishini, ishlab chiqarishning rivojlanishini ta’minlovchi muhim omildir. Shuning uchun ham bozor munosabatlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston hukumati investitsiya jarayonini takomillashtirishga doimiy e’tibor berib kelmoqda. Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatga bardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida mamlakatdagi barcha mavjud sarmoyalar safarbar qilina boshlandi, shuningdek, horijiy investitsiyalarni keng jalb etish, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el sarmoyasi ishtirokini kengaytirish yo‘lga qo‘yildi. Shu maqsadda respublika hukumati tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga horijiy investitsiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib kelishi uchun qulay investitsiya muhitini yaratishga qaratilgan investitsiya siyosati o‘tkazilmoqda. Biror bir hududga investitsiya kiritishdan avval, ushbu hududning investitsiya muhitini o‘rganish, unga baho berish, investitsiya loyihasini o‘rganish, investitsiya loyihasi samaradorligini tahlil qilish va baholash, loyihaga ta’sir etuvchi risklarni miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilish, shuningdek, risk ehtimollarini oldini olish, loyiha samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish lozim. Ana shu maqsadda, respublikamizdagi tijorat banklarining loyihaviy moliyalashtirish faoliyati davr talabiga mos holda rivojlanib, nafaqat bank hodimlari, balki investitsiya faoliyatining barcha ishtirokchilari investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy tahlil qilish usullari, moliyalashtirish manbalari, investitsiya risklarini tahlil qilish, baholash va boshqarish usullari hamda loyiha samaradorligini oshirish bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishlari lozim. “Investitsion tahlil” fanining dolzarbligi mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish va samaradorligini oshirish bilan bog‘liq moliyaviy muammolarni bartaraf etishdagi vazifalar ijrosini ta’minlash va yuqorida tilga olingan jiddiy muammolar yechimlarini topish zaruriyatidan kelib chiqadi. Iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarishning bozor vositalari orasida investitsiyalar eng muhim o‘rinni egallaydi. “Investitsion tahlil” ning asosiy vazifasi davlatning moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan talabini qondirish bilan birgalikda, davlat va erkin bozor munosobatlariga asoslangan iqtisodiyotning sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar uyg‘unligiga erishishdan iboratdir. Bu borada davlatning qanday moliya siyosati yuritayotganligi va moliya sohasidagi chora tadbirlari qanchalik samarali ekanligi ko‘p jixatdan iqtisodiy islohotlarning harakteri va dinamikasini belgilaydi. Oqilona tashkil etilgan, yaxshi balanslashgan moliya tizimi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning hamda shu asosda barqaror iqtisodiy rivojlanishiga erishishning asosiy omillaridan biridir. Shu sababli “Investitsion tahlil” maxsus kursida investitsiya loyihalari bo‘yicha iqtisodiy tahlil yo‘nalishlari, investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning an’anaviy va diskontlash usullari bo‘yicha dolzarb masalalar aks ettirilgan. Ushbu o‘quv kursda investitsiyalarni baholashda iqtisodiy tahlilning asosiy yo‘nalishlari, investitsiya loyihalarida xarajatlar tahlili, xo‘jalik faoliyati tahlili bo‘yicha hisobot turlari va ularning tahlili, investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning an’anaviy va diskontlashga asoslangan usullari, muqobil loyihalar tahlili, qarz oluvchi faoliyatini moliyaviy tahlil qilish kabi mavzularni qamrab olgan. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan “Investitsion tahlil” fanining predmeti bo‘lib investitsiya loyihalari, ularning mazmuni va tasniflanishi, investitsiya loyihalari iqtisodiy samaradorligini baholash uslubiyoti, investitsiya loyihalarini tahlil qilish va samaradorligini baholash usullari va samaradorligini oshirish yo‘llari hisoblanadi. “Investitsion tahlil” fanining asosiy maqsadi talabalarda investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini baholash xususiyatlari, investitsiya loyihalarini tanlab olish, investitsiya loyihalarida xarajatlar tahlili, loyihalarning tijorat tahlili, muqobil investitsiya loyihalari tahlil qilish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi – uni o‘rganuvchilarga: investitsiyalarni iqtisodiy baholashning nazariy, uslubiy va amaliy asoslari; investitsiya loyihalarini baholashda iqtisodiy tahlilning asosiy yo‘nalishlari; investitsiya loyihalarida xarajatlar tahlili; xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holati tahlili; investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari tahlili va uni baholash; investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning an’anaviy usullari; investitsiyalarni pul oqimlarini diskontlash asosida baholash; investitsiya loyihalarining samaradorligini diskontlash usullari asosida baholash; investitsiya loyihalarini tijorat tahlili; inflyatsiya jarayonlarining investitsiya loyihalarini baholashga ta’siri; muqobil va raqobatbardosh investitsiya loyihalari tahlili bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o‘rgatishdan iborat. Demak, fanni o‘qitishning maqsadi talabaning investitsiyalarni iqtisodiy baholash yuzasidan nazariy-amaliy bilimlarini oshirish, ular bo‘yicha asosiy ko‘nikmalar hosil qilishdan, vazifasi esa, investitsiyalarni iqtisodiy baholashning nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini o‘rgatish va talaba bilimini yanada chuqurlashtirishdan iborat bo‘ladi. “Investitsion tahlil” – ixtisoslik fani hisoblanadi va u “Iqtisodiy tahlil”, “Investitsiya”, “Moliyaviy menejment”, “Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari”, “Pul, kredit va banklar”, “Investitsiya loyihalari ekspertizasi”, “Investitsiya loyihalarini boshqarish”, “Investitsiya siyosati”, “Qurilish iqtisodiyoti”, “Loyihaviy moliyalashtirish” fanlari bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu fanlardan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish ta’lab etiladi. “Investitsion tahlil” fanini o‘zlashtirishda ta’limning innovatsion usullaridan foydalanishi, yangi pedagogik, axborot va internet texnologiyalarini tadbiq qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Fanni o‘zlashtirishda o‘quv-uslubiy ta’minot (darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, modul topshiriqlari)dan foydalaniladi. Xususan, aqliy hujum, klaster, amaliy ish va didaktik o‘yinlar, portfolio, keys-stadilar. Download 35.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling