Investitsiyalar


Fanning ishlab chiqarish bilan bog‘liqligi va uni rivojlantirishdagi tutgan o‘rni


Download 35.61 Kb.
bet2/5
Sana12.03.2023
Hajmi35.61 Kb.
#1261975
1   2   3   4   5
Bog'liq
Investitsion tahlil

Fanning ishlab chiqarish bilan bog‘liqligi va uni rivojlantirishdagi tutgan o‘rni.

Mazkur fan bo‘lajak iqtisodchi-mutaxassislarda investitsiyalarni iqtisodiy baholashni tashkil etish, uni sifatli va puxta amalga oshirish, investitsiya loyihalari samaradorligini turli baholash usullari yordamida aniqlash, investitsiyalar samaradorligini baholashda zamonaviy baholash usullaridan keng va o‘rinli foydalana olish, investitsiyalarni iqtisodiy baholash bo‘yicha xorij tajribalaridan samarali foydalanish hamda bu borada fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi bog‘liqlik, yutuq va yangiliklarni chuqur o‘rgangan holda amaliyotda uni qo‘llash imkoniyatlarini oshirish bilan bog‘liq zaruriy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi.


Investitsion tahlil” fanining ishlab chiqarish bilan bog‘liqligi shunda namoyon bo‘ladiki, agardaki talaba fanni chuqur o‘zlashtirsa, ya’ni investitsiya loyihasining mazmun mohiyatini, loyihaning turini, va uni amalga oshirish natijasida keladigan iqtisodiy foydani oldindan ko‘ra bilsa, kerak bo‘lganda ishlab chiqarish jarayonida muhim qarorlarni qabul qila olishi (masalan, investitsiyalarni boshqarish, risklarni baholash, risklarni boshqarish yuzasidan) ishlab chiqarishda ijobiy natijani beradi. Alohida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va umuman mamlakatning iqtisodiy faoliyati sezilarli darajada amalga oshirilayotgan investitsiyalarning hajmi va shakllari bilan tavsiflanadi.
Shunday ekan, avvalam bor investitsiyaning mazmun mohiyatiga to‘xtalib o‘tishni joiz topdi. “Investitsiya” atamasi lotincha “INVEST” so‘zidan olingan bo‘lib, “sarmoya qo‘yish” degan ma’noni anglatadi. Keng ma’noda investitsiyalar bundan keyin o‘stirish, qiymatini saqlab qolish yoki ehtimolli yo‘qotishlarni minimallashtirish maqsadida kapitalni safarbar qilishdan iborat. Bunda kapitalni qo‘shimcha o‘sishi yetarli miqdorda bo‘lib, investorning joriy davrda iste’mol uchun mavjud bo‘lgan mablag‘laridan foydalanishdan voz kechishini o‘rnini qoplashi, uni tavakkalchiligini rag‘batlantirishi, kelgusi davrda inflyatsiya tufayli yo‘qotishlarni qoplashi kerak. Ushbu ikki jarayon – kapitalni qo‘yish va foyda olish – vaqtdagi turli ketma-ketlikda ro‘y berishi mumkin. Ushbu jarayonlar izchillik bilan kechishida inestitsiyalar to‘liq miqdorda qo‘yilgan zahotiyoq foyda olinishi investitsiyalash jarayoni to‘liq tugashidan ham avval bo‘lishi mumkin. Ushbu jarayonlar oraliq bilan kechganida esa investitsiyalarni tugatish va foyda olish davrlari o‘rtasida ma’lum vaqt o‘tadi.
Kapitalni investitsiyalash nafaqat pul, balki boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin – ko‘char va ko‘chmas mulk, turli xildagi moliyaviy instrumentlar, nomoddiy aktivlar va h.k. Va nihoyat, bir qator ta’riflarda
investitsiyalar mablag‘larni uzoq muddatli qo‘yilishidan iborat ekanligi ta’kidlanadi. Shubhasiz, investitsiyalarning alohida shakllari uzoq muddatli xarakterga egadir, biroq investitsiyalar qisqa muddatli ham bo‘lishi mumkin (masalan, aksiyalar, jamg‘arma sertifikatlarga qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar).
Investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlanishi va samarali amal qilishida muhim rol o‘ynaydi.
Umumqabul qilingan amaliyotda investitsiyalarning quyidagi turlari ajratiladi: real va moliyaviy (portfelli).
Real investitsiyalar asosiy kapitalga, nomoddiy aktivlarga hamda joriy aktivlarni qo‘shimcha o‘sishiga qo‘yilmalardir.
Moliyaviy investitsiyalar – davlat, korxonalar, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan chiqariladigan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga qo‘yiladigan mablag‘lar, ya’ni bu moliyaviy aktivlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan va olingan daromad yoki aktivlarni sotishdan olingan mablag‘lar iste’mol yoki qayta investitsiyalash uchun foydalaniladigan, boshqaruvning yagona ob’ekti hisoblangan, qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘yilmalardir.
Investitsiyaviy qo‘yilmalarning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, real investitsiyalar quyidagi maqsadlar uchun yo‘naltiriladi:
•ishlab chiqarishni kengaytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilash uchun;
yangi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar hamda mahsulot turlariga;
• ishlab chiqarishni qayta qurish va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun;
• atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun.
Investitsiyalash ob’ektlari bo‘lib qurilayotgan, qayta qurilayotgan va kengaytirilayotgan binolar, inshootlar hisoblanadi.
Real investitsiyalar o‘z kapitali, maqsadli qarzlar, munitsipal kreditlar va bank kreditlari hisobiga real aktivlarni sotib olish bilan bog‘langan loyihalarga qo‘yilmalardan iboratdir.
Texnologik tuzilmasining hisobi bilan ular quyidagilarga bo‘linadi:
qurilish va montaj ishlari; asbob-uskunalar, instrument va jihozlarni sotib olish; boshqa kapital ishlarni bajarish va xarajatlarni amalga oshirish.
Real investitsiyalarning aksariyat qismi investitsiya loyihalari orqali amalga oshiriladi. “Investitsiya loyihasi” tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Bular quyidagilardir:

Download 35.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling