Investitsiyalarni
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
xorizhij investitsiyalarni zhalb qilishda investitsiya muhitini
69 XULOSA VA TAKLIFLAR 1. Investitsiyalar – bu hali mahsulot ko`rinishiga keltirilmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo`yilgan kapital. Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga, turar-joylarga investitsiyalar va moddiy zahiralarning o’sishiga qilinadigan xarajatlardan tashkil topadigan yalpi xarajatlarning bir qismi hisoblanadi. Investitsiyalar joriy davrda iste’mol qilinmagan va iqtisodiyotda kapital o’sishini ta’minlovchi YaIMning bir qismidir. 2. Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir. 3. Respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritish salohiyatiga ega bo’lgan xorijiy investorlarga O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalash uchun mavjud bo’lgan katta imkoniyatlar, shuningdek, investorlar uchun yaratilgan har tomonlama keng, qulay shart- sharoit va kafolatlar bo`yicha zarur, kerakli axborot va ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida 2007-yilda Xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko’maklashish agentligi “O’zinfoinvest” O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2007-yil 6-fevraldaga PQ-578-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etildi. Mazkur agentlik xorijiy ishbilarmon doiralarni respublikamizdagi mavjud investitsiya muhiti haqida atroflicha axborot bilan ta’minlab qolmasdan, ularga loyihalarni amalga oshirish borasida ham har tomonlama ko’maklashadi. 4. Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishdan manfaatdorlik har qanday davlatning o’z investitsiya siyosatini ishlab chiqishini talab etadi. Bu siyosat xorijiy investitsiyalarni jalb etishning o’ziga xos yo’nalishini, shuningdek, ularni jalb etishni rag’batlantirish tizimini aniqlab beradi va investitsiya faoliyatining huquqiy tartibini belgilaydi . Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chet el investitsiyalarini jalb qilishning kengayib borishi darajasiga qarab investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, bevosita chet el investitsiyalarini yangi loyihalarga, shuningdek, xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining katta qismini 70 investitsiya faoliyatiga jalb qilishni ham nazarda tutadi. 5. Mamalakatimiz o’z hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlanishida, ishlab chiqarishni takomillashtirishda o’z hududlar doirasida davlat dasturlani ishlab chiqadi. Bunda hududlarda sanoat, qishloq xo’jaligi, xizmat ko’rsatish sohalarida amalga oshiriladigan loyihalar belgilanadi. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda viloyatning mavjud salohiyatini, jadal rivojlantirishning asosiy omil va yo’nalishlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi holati asos qilib olinadi. 6. Hududlar investitsiya muhitini shakllantirish davlat siyosatining muhim shartlaridan biri bo’lib, u respublikadagi tuman, shahar va viloyatlarning har birini o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta ta’minlash, ular o’rtasida raqobat muhitini faollashtirish, bozor infratuzilmasini takomillashtirish kabi ustuvor masalalarni hal qilishga qaratilgandir. 7. O’zbekiston iqtisodiyotida va uning hududlarida investitsion muhitni shakllantirish va takomillashtirish strategik ahamiyatga molikdir. Boisi, mamlakat sanoatini modernizatsiyalash, inqiroz xavfining oldini olish, jahon iqtisodiyotiga integratsiyasini amalga oshirish samaradorligi aynan shunga bog’liq. Shuning uchun ham, 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiyotni isloh etish, tarkibiy o’zgartirish, tarmoqlar va hududlarni modernizatsiya qilish, ularning raqobatbardoshlik darajasini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish hamda ilg’or texnologiyalar va axborot kommunikatsiya tizimlarini barcha sohalarga yanada faol joriy etish va infratuzilmani rivojlantirish bo’yicha faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi 2016 yilda ham iqtisodiyotga yo’naltirilgan investitsiyalar hajmining yuqori sur’atlarda o’sishini ta’minladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida hudud iqtisodiyotda investitsion faollikni oshirish va uni boshqarishda quyidagi taklif va tavsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: 1. Iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish sharoitida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ko’lamini yanada kengaytirish maqsadida investitsiya 71 muhiti barqarorligini va uning jozibadorligini ta’minlash zarur. 2. Hudud iqtisodiyotida investitsion faollikni oshirishda va uni boshqarishda quyidagi tadbirlar yordam beradi: viloyatga va shaharga xorijiy investitsiyalarning oqib kelishini rag’batlantirish asosida ularni yangi loyihalarga jalb etish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga yo’naltirish sohasida qo’shma korxonalar tashkil qilish; O’zbekiston iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarning barcha shakllarini faol jalb qilishda mamlakatning hududiy va tarmoq tizimini takomillashtirish nuqtai nazardan investitsiyalashga ta’sir etuvchi omillarni muvofiqlashtirgan holda qulay investitsiya muhitini yaratish; chet el investitsiyasini jalb etuvchi hamda shu asosda tovar eksport qilishni ko’paytiruvchi korxonalar uchun imtiyozlarni yanada kengaytirish; investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish texnologiyalarini, global bilimlarni olish, soliqlarni tartibga solish rolini takomillashtirish 3. Hududda xorijiy sarmoyadorlarni qiziqtiruvchi sohalar, ob’ektlarni aniqlash va ular to’g’risidagi ma’lumotlar majmuini shakllantirish, biznes-rejalar va ularni iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish va iqtisodiy jihatdan manfaatli bo’lgan sohalarga chet el kapitalini jalb qilish zarur. Eksportda qayta ishlangan, tayyor mahsulotlar salmog’ini ko’paytirish, ayniqsa, paxta va qishloq xo’jaligi mahsulotlarni qayta ishlashni oshirish va bu sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish kerak Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling