Investitsiyalarni


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/31
Sana19.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1607242
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
xorizhij investitsiyalarni zhalb qilishda investitsiya muhitini







MUNDARIJA: 
 
 
Kirish……………………………………………………………………. 2 
I-BOB. 
XORIJIY 
INVESTITSIYALARNI 
JALB 
QILISHDA 
INVESTITSIYA 
MUHITINI 
SHAKLLANTIRISHNING 
 
NAZARIY 
ASOSLARI 
1.1. Xorijiy investitsiyalar: mohiyati, turlari, xususiyatlari…………... 5 
1.2. O’zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning huquqiy va 
institutsional asoslari…………………………………………………………. 15 
1.3. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda investitsiya muhitini aniqlashning 
jahon tajribasi………………………………………………………………….. 25 
II-BOB. 
XORIJIY 
INVESTITSIYALARNI 
JALB 
QILISHDA 
INVESTITSIYA 
MUHITINI 
SHAKLLANTIRISHNING 
USTUVOR 
YO’NALISHLARI 
2.1. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning 
o’rni va ahamiyati……………………………………………………………… 36 
2.2. Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va 
investitsiya muhitini shakllantirishning ustuvor yo’nalishlari ………………… 49 
2.3. Hududlar investitsion muhitini shakllantirishda davlat dasturlarining 
ahamiyati………………………………………………………………………. 56 
Xulosa va takliflar……………………………………………………….. 68 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………… 71 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
 
Mavzuning dolzarbligi.
 
Mamlakatimizda taraqqiyotning “o'zbek modeli” 
deb nom olgan strategiya asosida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi bugun 
jamiyat hayotining har bir jabhasida yaqqol namoyon bo'lmoqda. Buni istiqlolning 
25 yillik davri mobaynida respublikamizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish orqali ko'p ukladli iqtisodiyotni to'liq shakllantirish borasida 
qo'lga kiritilayotgan yutuqlarimiz ham tasdiqlaydi.
O’zbekiston Respublikasining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va 
dunyo miqyosida raqobatbardoshligining o’sishiga mamlakat, mintaqalar, 
iqtisodiyot tarmoqlari va alohida korxonalarning investitsion muhit jozibadorligini 
oshirishga yo’naltirilgan davlatning samarali investitsiya siyosatisiz erishib 
bo’lmaydi. Jahon amaliyotidan ma’lumki, har qanday davlat o’z iqtisodiyotiga chet 
el sarmoyalarini, investitsiyalarni jalb qilmasdan turib taraqqiy eta olmaydi. Ishlab 
chiqarishni rivojlantirish, asosiy fondlarni yangilash, ijtimoiy muammolarni 
bartaraf etish, zamonaviy texnika-texnologiyalar asosida ishlab chiqariladigan 
mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va mamlakatning eksport salohiyatini 
mustahkamlash investitsiyalar orqali ta’minlanadi. O’zbekistonda tarkibiy 
o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotimizga 
jalb qilish va ular uchun qulay investitsiya muhitining yaratilganligi asosiy omil 
bo’lib kelmoqda. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda iqtisodiy, siyosiy, me’yoriy-
huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui asosiy rol o’ynaydi. Bunday 
imkoniyatlarga tabiiy shart-sharoitlar, shu jumladan, foydali qazilmalar zahiralari, 
ishchi kuchi malakasi va o’rtacha ishchi kuchi darajasi, ichki bozor sig’imi hamda 
tovarlarni tashqi bozorda sotish imkoniyatlari, kredit tizimi holati, soliqqa tortish 
darajasi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi, xorijiy 
kapitalga nisbatan davlat siyosati, unga nisbatan imtiyozli shart-sharoitlarning
belgilanganligi 
kabilarni 
kiritish 
mumkin. 
Mamlakatimiz 
mustaqillikka 
erishgandan buyon qulay investitsiya muhitini yaratish davlatimiz iqtisodiy 
siyosatining markaziy masalalaridan biri bo’lib kelmoqda. Shu boisdan
mustaqillik yillarida investitsion muhitning jozibadorligini oshirish borasida qator 



chora-tadbirlar amalga oshirildi, tegishli qonun hujjatlari qabul qilindi, xorijiy 
investorlar uchun keng imtiyozlar yaratildi.
2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va 
diversifikatsiyalash bo`yicha dasturlarni amalga oshirilishi 2016 yilda yalpi ichki 
mahsulotning 7,8% darajadagi yuqori o`sish sur’atini ta’minlash imkonini berdi. 
So`nggi 10 yil ichida YaIM hajmi 2 barobardan ziyodga o`sdi. 2016 yilda «Focus 
Economics» xalqaro konsalting kompaniyasining YaIM o`sish sur’atlari bo`yicha 
dunyo mamlakatlari reytingida O`zbekiston 127 mamlakat orasida yettinchi o`rinni 
egalladi. 2016 yil yakunlari qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulot hajmlari- 6,6 
foizga, qurilish- pudrat ishlari- 12,5 foizga, chakana savdo aylanmasi- 14,4 foizga, 
xizmatlar- 12,5 foizga o’sdi. Aholi jon boshiga YaIM- 5,9 foizga oshdi. Davlat 
byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. 
Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi ta’minlandi. Inflyatsiya darajasi prognoz 
parametrlaridan oshmadi va 5,7 foizni tashkil etdi. Iqtisodiyotga 2016 yilda 16,6 
mlrd AQSh dollari miqdorida yoki 2015 yilga nisbatan 9,6 foizga ko’p investitsiyalar 
yo’naltirildi. O’zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 11,3 foizga o’sdi 
va 3,7 mlrd dollardan oshib ketdi. Umumiy qiymati 5,2 mlrd dollar bo’lgan 164 ta 
yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish yakunlandi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling