Investitsiyalarni


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/31
Sana19.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1607242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
xorizhij investitsiyalarni zhalb qilishda investitsiya muhitini

1. 1. 1-jadval 
Bevosita va portfel investitsiyalar o`rtasidagi farqlar.
9
 
Belgilar 
Bevosita investitsiyalar 
Portfel investitsiyalar 
Kapital 
chiqarishdan 
asosiy maqsad 
Xorijiy firma ustidan 
nazorat o`rnatish 
Yuqori foyda olish 
Maqsadga erishish 
yo’llari 
Xorijda ishlab chiqarishni 
tashkil etish va olib boorish 
Xorijiy qimmatli qog`ozlarini 
sotib olish 
Maqsadga erishish 
usullari 
a) xorijiy firmaga to`liq 
egalik qilish 
b) aksiyalar nazorat paketini 
sotib olish (XVJ nizomiga 
binoan kompaniya aksioner 
kapitalining 25%dan kam 
bo’lmasligi kerak) 
Xorijiy firma aksioner 
kapitalining 25%dan (AQSh, 
Yaponiya, Germaniyada 
10%dan) kamini sotib olishi 
Daromad shakllari 
Tadbirkorlik faoliyati 
foydasi, dividendlar 
Dividendlar, foizlar 
Portfel investitsiyalar - shunday investitsiyalarki, bunda kapitalni daromad 
olish maqsadida korxonalarning aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli 
qog`ozlarini sotib olish uchun sarflanadi. Bunday investitsiyalar korxonalarning 
moliyaviy xo`jalik faoliyati ustidan nazorat o`rnatish huquqini bermaydi. Xorijiy 
portfel investitsiyalar barcha xalqaro operatsiyalarni amalga oshirishda firmalar 
uchun muhim ahamiyatga ega. Bu turdagi investitsiyalarga asosan moliyaviy 
muammolarni yechish uchun murojaat qilinadi.
Portfel investitsiyalar quyidagi ko`rinishda bo`lishi mumkin: 
9
Vaxabov A. V, Xajibakiyev X. SH, Muminov I. G. “Xorijiy investitsiyalar” o’quv qo’llanma, T:”Moliya”- 2010-
23 b 


15 
-zayom qimmatli qog`ozlar - bozor muomalasidagi pul hujjati bo`lib, zayom 
egasining ushbu hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan munosabatini tasdiqlaydi. 
-aksioner qimmatli qog`ozlari - bozor muomalasidagi pul hujjati bo`lib, hujjat 
egasining ushbu hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan mulkiy huquqqa egaligini 
tasdiqlaydi; 
Portfel investitsiyalar ancha yuqori likvidlikka ega bo’lib, harakatchan 
hisoblanadi. Ularni riskli zonadan boylik orttirish yengilroq bo’lgan muhitga 
ko’chirish 
qiyin 
emas. 
Portfel 
investitsiyasining 
to’g’ridan-to’g’ri 
investitsiyalardan afzallik tomoni shundaki, ular tugatilish vaqtida qimmatli 
qog`ozlar tezda naqd valyutaga almashtirib olinishi mumkin. Portfel 
investitsiyalarning amalga oshirilishining asosiy sababi – tavakkalchilik darajasini 
hisobga olgan holda xorijiy investor o`z mablag`larini xorijda maksimal foyda 
keltiruvchi qimmatli qog`ozlarga joylashtirishi mumkin.
Boshqa xorijiy investitsiyalarga bevosita va portfel investitsiyalar jumlasiga 
kirmaydigan investitsiya turlari kiradi. Masalan, savdo kreditlari, shuningdek, 
xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olinadigan kreditlar, bank qo’yilmalari va 
boshqalar. 
Chet el investitsiyalari xalqaro iqtisodiy munosabatlarda katta ahamiyatlarga ega 
bo’lib, ko’p mamlakatlar uchun muhim kapital manbasi hisoblanadi. Investitsiyalar 
orqali asosiy kapitalni yangilash hamda shu asosda, ishlab chiqarish xarajatlarini 
kamaytirish va sifatini oshirish evaziga mahsulotning raqobatbardoshligini 
ta’minlash mumkin. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyatini anglashda uning 
xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Xorijiy investitsiyalarning quyidagi 
xususiyatlarini ta’kidlash mumkin: 
— 
xorijiy investitsiyalar bir iqtisodiyotdan ikkinchisiga ko‘chayotgan kapital; 
— 
kapitalni o‘zga mamlakatga qulayroq qilib joylashtirish maqsadi; 
— 
qo‘yilgan sarmoya egasiga qaytib kelgunga qadar nisbatan uzoq muddat 
davomida yuqori foyda ko‘rish; 
— 
qo‘shimcha risklarga ega bo‘lish; 
— 
aniq maqsadlarga intilish (yuqori daromad olish, yangi bozorlarni egallash


16 
ishonch qozonish); 
— 
o‘zga mamlakat qonunchiligidan, imkoniyatlaridan foydalanish asosida 
vaqtdan unumli foydalangan holda o‘z kapitalini o'stirish; 
— 
rag‘batlantirish tizimi, kafolatlar, imtiyozlar, ishonchli va o‘zaro manfaatli 
munosabatlarning yo‘lga qo‘yilishini talab etish; 
— 
ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish)ni chetga olib chiqish yo‘li bilan mahsulotni 
arzonlashtirish, yangi bozorlarni egallash, yuqori daromad olish, boyliklarni yanada 
foydaliroq joylashtirish; 
— 
o‘z milliy huquqiy sharoitlarini va o‘z milliy investitsiya muhitini kapital qabul 
qiluvchi o‘zga mamlakat milliy huquqiy sharoitlariga, o‘zga investitsiya muhitiga 
almashtirish


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling