Investitsiyalarni
I-BOB. XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHDA INVESTITSIYA
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
xorizhij investitsiyalarni zhalb qilishda investitsiya muhitini
6 I-BOB. XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHDA INVESTITSIYA MUHITINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI 1. 1 Xorijiy investitsiyalar: mohiyati, shakllari va xususiyatlari Iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va rivojlantirish yangi investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish va ularni moliyalashtirishning optimal variantlarini qidirib topish talablarini keltirib chiqaradi. Amaliyotda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining hajmi, miqdori va moliyalashtirish manbalariga qarab iqtisodiyotda yuz berayotgan o’zgarishlar haqida xulosalar chiqarish mumkin. Investitsiya loyihasi tushunchasining tobora keng qo’llanilishi, avvalambor, ushbu atamaning iqtisodiy mohiyatini anglab olish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bozor iqtisodiyotining asosiy iqtisodiy tushunchalaridan biri investitsiyalar tushunchasi bugungi hayotimizga keng va tez kirib kelishining o`zi uning mohiyati va ahamiyatini, zarurligini ko`rsatadi. Investitsiya (lot. investio-o’rash)-iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida o’z mamlakatida yoki xorijda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalari uzoq muddatli kapital kiritish (qo’yish)dir. 1 Investitsiyalar deyilganda barcha turdagi milliy va intellektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati obyektlariga yo’naltirilib, daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. O`zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to`g`risida”gi qonunida ko`rsatilishicha, “investitsiya bu - iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag`lari, banklarga qo`yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog`ozlar (aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar, asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir”. 2 Investitsiyalar – bu hali mahsulot ko`rinishiga keltirilmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo`yilgan kapital. Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga, turar-joylarga investitsiyalar va moddiy zahiralarning o’sishiga qilinadigan xarajatlardan tashkil topadigan yalpi xarajatlarning bir qismi 1 O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi-T: “O’ME” davlat ilmiy nashriyoti. 2002. 4-tom – 145-b. 2 O'zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’g’risidagi Qonuni, 30. 04.1998 y. 7 hisoblanadi. Investitsiyalar joriy davrda iste’mol qilinmagan va iqtisodiyotda kapital o’sishini ta’minlovchi YaIMning bir qismidir. Investitsiyalarni xorijga chiqarish, ularning mamlakatlar o’rtasidagi faol harakati zamonaviy jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ajralib turuvchi xususiyatlariga aylandi. Investitsiyalar zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qurollanish, ilmiy- texnik ishlab chiqarish va aqliy imkoniyatlarini tiklashning asosiy vositadir. Aynan xorijiy investitsiyalar orqali milliy iqtisodiyot jonlanib, ishlab chiqarish zamonaviy, raqobatdosh tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib boradi. Bu esa o`z navbatida yangi ish o`rinlarining tashkil etilishi va mamlakatdagi mavjud iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning hal bo`lishiga olib keladi. Prof. D. G‘ozibekovning xorijiy investitsiyalar to‘g‘risidagi nazariy qarashlarida quyidagi fikrlar bayon etilgan: «Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot subyekti kapitalini o‘zga iqtisodiyotga muayyan muddatga bog‘lash bo‘lib, ichki investitsiyalardan risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining o'zgarishi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va mintaqalar bo‘ylab kapital ko ’ chishi yuz beradi». 3 Ushbu fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, xorijiy investitsiyalar bir mamlakat iqtisodiyotidan mutlaqo boshqa davlat iqtisodiyotiga ko‘chuvchi kapital bo‘lib, u risklar doirasi kengligi bilan ichki investitsiyalardan farqlanadi. Shuningdek, chet el investitsiyalari mamlakatlar uchun tashqi moliyalashtirishning zaruriy va muhim manbai bo'lgani uchun, o‘zi bilan birga, juda ko‘p payqaladigan va sezilmaydigan aktivlar, turli-tuman texnologik, axborot, moliya oqimlarini, menejment malakalarini, jahon bozorlaridagi ish tajribalarini va boshqalarni olib kiradi. Ularga mamlakatlararo harakatlanish, ya’ni ko‘chib yurish, faoliyat yuritishning huquqiy shart-sharoitlarini almashtirish, qo‘shimcha risklar bilan to‘qnashish va aniq maqsadlar xos hisoblanadi. Iqtisod fanlari doktori N. Qo‘ziyevaning ilmiy ishlarida xorijiy investitsiyalarning mohiyati to‘g‘risida: «Kelgusida foyda olish maqsadida kapitalni eksport qiluvchi xorijiy davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslarning kapitalni qabul 3 G'ozibekov D. G' Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T:“Moliya”, 2003.-45-b 8 qiluvchi mamlakatlarga turli ko'rinishdagi boyliklar (ko'char, ko‘chmas mol-mulk, intellektual boyliklar va boshq.) va ulardan olingan daromadlar (foyda, foizlar, dividendlar, litsenziya va komission mukofotlar, royalti, texnik ta’minot va boshqa mukofotlar)ni qo'yilishiga xorijiy investitsiyalar deyiladi», 4 degan ta’rif keltirilgan. Chet el investitsiyalari deyilganda chet mamlakatlarning milliy iqtisodiyotga moddiy, moliyaviy va nomoddiy ko`rinishidagi muddatli qo`yilmalarning barcha shakllari tushuniladi. Bu quyidagilardan iborat bo`lishi mumkin: qo`shma korxonalarni tashkil qilishda o`z ulushi bilan qatnashish, xorijiy sarmoyadorlarga to`la tegishli bo`lgan korxonalarni barpo etish, xorijiy shaxslar tomonidan qimmatli qog`ozlarni, shuningdek, zayom va kreditlar olish. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling