Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati


Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi ro’li


Download 0.81 Mb.
bet3/3
Sana25.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1396193
1   2   3
Bog'liq
pointer-seo-strategy-plan-free-presentation-template

Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi ro’li.


Investitsiyalar makrodarajada quyidagilarni ta’minlaydi: –takror ishlab chiqarishni kengaytiris siyosatini amalga oshirish; –ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, milliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, uning sifati va hajminini oshirish; –ijtimoiy sohalarni (sog’liqni saqlash, ta’lim va boshqalar.) rivojlantirish;– aholi farovonligini ta’minlashda muhim bo’lgan uy-joy qurilishi, ichimlik suvi, gaz, elektr energiya bilan ta’minlash muammolarini hal etish;
–atrof-muhit va ekologiyaning ifloslanishining oldini olish;

4


–umumjamiyat ishlab chiqarishini tarkibiy jihatdan qayta qurish va barcha iqtisodiyot tarmoqlarini bir maromda rivojlantirish; –iqtisodiyotning real sektori va etakchi tarmoqlarini rivojlantirish; –hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish va ixtisoslashuvini mustahkamlash;
–investitsiyalar importi va eksporti orqali milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasini kuchaytirish;
–sanoat uchun zarur xom ashyo bazasini yaratish;
–ishsizlik muammosini yumshatish yoki ma’lum darajada hal etish;
–mamlakatning harbiy sanoat majmuini mustahkamlash;
–davlatning mudofaa imkoniyatlarini ta’minlash;
–boshqa qator muammolarni hal etish.
Investitsiyalar makrodarajada quyidagilarni ta’minlaydi:
Investitsiyalar mikrodarajada ham muhim rol o’ynaydi. Bunda investitsiyalar, eng avvalo, quyidagi maqsadlarga erishish uchun zarurdir: -korxona ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish;
-asosiy fondlarning haddan tashqari jismoniy va ma’naviy eskirishiga yo’lqo’ymaslik;
-ishlab chiqarishning texnik-texnologik darajasini oshirish;
-korxona mahsuloti raqobatbardoshligini ta’minlash va uning sifatini oshirish;
-tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
-qimmatli qog’ozlar sotib olish va boshqa korxona aktivlariga o’z mablag’ini sarflash. Investitsiyalar mikrodarajada, pirovardida, korxonalarning kelgusida me’yorda faoliyat ko’rsatishi, barqaror moliyaviy holatini va maksimum (yuqori) foyda olishini ta’minlash uchun zarurdir.
“…davlatning innovatsion yangilanish dasturini shakllantirish, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlash o’ta muhim ahamiyatga ega”.
Sh.M.Mirziyoyev
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling