Inxonova a moddalarni tozalash usullari: fil’trlash, qayta kristallash, sublimatlanish, haydash usullari bilan tanishish


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana02.01.2022
Hajmi0.93 Mb.
#184557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-laboratoriya ishi

 

 


 

Moddalarni tozalash usullari  

Qayta kristallash usuli 

Laboratoriya ishlari uchun qo‘llaniladigan moddalar yetarli darajada toza bo‘lishi kerak. 

Chunki  ayrim  moddalarning  asl  xossalari  ular  qo‘shimchalardan,  ifloslardan  tozalanganda 

namoyon  bo‘ladi.  Moddaning  tozalik  darajasini  uning  tarkibi  va  xossalaridan  kelib  chiqib 

aniqlash mumkin. 

Xar  qanday  toza  modda  ayrim  fizik  xossalarga,  rang  suyuqlanish  temperaturasi,  qaynash 

temperaturasi zichlik va b. ega. Shuning uchun moddaning tozaligini uning xossalarini o‘rganib 

aniqlash  mumkin.  Moddaning  tozaligini  baholashda  eng  mos  keladigan  xossalari  ularni 

miqdoriy  baholash  mumkinligidir.  Tekshirilayotgan  modda  uchun  olingan  qiymat  jadvaldagi 

qiymatlar  bilan  solishtiriladi.  Ko‘pincha  amaliyotda  suyuqlanish  temperaturasi,  qaynash 

temperaturasi  va  zichlik  aniqlanadi.  Ko‘p  xollarda  qo‘shimchalar  suyuqlanish  temperaturasini 

pasaytiradi va u suyuqlanishning boshidan oxirigacha o‘zgarmas bo‘lmaydi. 

Aralashmalar  bo‘lganda  suyuqliklarning  qaynash  temperaturasi  ortadi  va  qaynaganda 

o‘zgarmas bo‘lib qolmaydi. Qo‘shimchalar bo‘lganda moddaning zichligi ham toza xolatidagiga 

nisbatan farq qiladi. 

Moddalarni  aralashmalardan  tozalashda  turli  usulllardan  foydalaniladi.  Bu  usullarning 

tanlanishi moddalarning xossalari va ishlatilish soxalaridan kelib chiqiladi. 

Qattiq  moddalarni  tozalash  usullaridan  ko‘p  ishlatiladiganlari  -  bu  kristall  xoldagi 

moddani  mos  xoldagi  erituvchida  eritib,  eritmadan  ayni  moddaning  kristallarini  olishdir. 

Noorganik moddalar uchun erituvchi sifatida ko‘pincha suv ishlatiladi. 




Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling