Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet10/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

6. Musiqiy nazariy meros. Musiqiy risolalar xaqida. O’rta Osiyoda musiqiy-nazariy ilm rivojiga to’xtab o’tish alohida ahamiyatga ega. Ayni IX-XI asrlarda musiqa faniga asos solinib, O’rta Osiyoning o’rta asrda yashagan olimlarining deyarli barchasi bu masala bilan shug’ullanar edilar. IX asrdayoq musiqa haqida risolalar paydo bo’lib, ularda musiqaning nazariy asoslari tadqiq etiladi, musiqa asboblari ilmiy tasvirlanadi, taniqli ijrochilar nomi, ularning repertuari keng tarqalgan musiqa janrlarining nomlari keltiriladi.
O’rta Osiyo olimlari falsafa, matematika, tibbiyotga oid juda ko’p asarlarning butun-butun bo’limlarini musiqaga bag’ishlaydilar. Musiqani tadqiq etishda ularga Pifagor va uning matematika uslubi ma’lum darajada ta’sir ko’rsatdi. Musiqa asosini she’r tuzilishi asosi bilan bog’lash tushunilgan. Masalan : Forobiy, musiqa bilan poeziya (she’riyat, nazm)chuqur bog’langan, musiqa she’rdagi vaznlar nisbati bilan mustahkam aloqada,usul esa she’riyat bilan musiqani birlashtiruvchi boshlanmadir deb bilgan.
Musiqa bilan she’riy vazn o’rtasidagi mustahkam aloqa o’zbek va tojik musiqali poetik san’atining yanada rivojlanishi uchun xarakterlidir. Forobiy faoliyatining ahamiyati xaqida gapirib, shuni ta’kidlash kerakki, u Sharq fanini antik (qadimiy) fan, qadimiy Gretsiya fani bilan bog’ladi. Forobiy Aristotelning sharhlovchisi sifatida ham mashhur, buning uchun u “ikkinchi muallim” degan faxriy nom oldi. Ayniqsa, Forobiy akustika (fizikaning tovush haqidagi bo’limi) masalasiga katta e’tibor berdi, buning uchun gammalar intervalini hisoblash maqsadida ud tovushqatoridan foydalangan. O’rta asrlarda Yaqin va O’rta Sharqda musiqa psixologiyasi Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Marog’iy, Kavkabiy kabi buyuk mutaffakkirlar ijodida o’z rivojini topdi. Masalan, Forobiy (873-950) «Musiqa haqida katta kitob»ida musiqaning inson psixologiyasi va ruhiy olamidagi ulkan ahamiyati haqida yozgan. Musiqa kishilarni xursand qilishi, quvontirishi, tinchlantirishi, o’ylantirib qo’yishi, xotirjamlik baxsh etishi, sergaklantirishi va bir vaqtning o’zida uxlatib qo’yishi ham mumkin.
Ibn Sino (980-1037) musiqaning ruh bilan birgalikda tanaga ham shifobaxsh ta’sir ko’rsatishi haqida aytib o’tgan. U musiqani ham fiziologik, ham psixologik nuqtai nazardan o’rgangan. Abdurahmon Jomiy (1414-1492) «Risolai musiqa»sida, shuningdek, interval oraliqlarining his etilishi, ularning melodik va garmonik tuzilishlari, konsonans (yoqimli) va dissonans (yoqimsiz) bo’lishlari haqida fikr yuritgan.
Ibn Sino. Musiqa nazariyasi masalari bilan Sharqning ulkan olimi Ibn Sino ham shug’ullandi. Uning asarlaridagi ayrim bo’limlarida musiqa, uning fizik xossasi, musiqiy parda va ritmik asosi haqida ma’lumotlar bor. Ibn Sino “Kitob ush-shifo” va “Kitob un-najot” da musiqa fanining akustika, “Donishmand”da matematika tomonlarini rivojlantiradi. Forobiy, Ibn Sino va boshqa O’rta Osiyo olimlarining o’rta asrdagi ilm va madaniyatining yuqori darajasini aks ettirgan asarlari ana shu davr musiqa madaniyatini o’rganishimizda muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Yashagan davriga ko’ra, buyuk olim Ibn Sino Forobiyga juda yaqin. Uning “Davolash kitobi” deb nomlangan yirik qomusining “Musiqa haqida risola “bobida o’sha davrning musiqachiligiga oid ilmiy-falsafiy bilimlari bayon etilgan. Bu risolada cholg’ular ta’rifiga anchagina o’rin ajratilgan. Ibn Sino o’z davri musiqalarini ikki guruhga bo’ladi: mizrobli, noxunli (barbad, tanbur, rubob) va butun rezonator qopqog’i bo’ylab tortilgan ochiq torli cholg’ulari (shohruh, chiltor, lira), chang( arfa).
Nazariy asarlar musiqa san’atining monodiya (rivojlangan bir ovozli) tabiatiga asoslangan edi. Birinchi bo’lim (ilmi ta’rif) ovozlarning o’zaro munosabatlari tovushqatorlarini o’rganishiga, ikkinchisi (ilmi iqo) esa ritm (usul) haqidagi ta’limotdan iborat edi. XV asarning ikkinchi yarmida o’tmishdoshlari—Forobiy, Ibn Sino, Abdulqodir Marog’iylarning musiqa nazariyasiga oid asosiy qonunlarini davom ettirgan va rivojlantirgan tojik shoiri Jomiy (1441-1492)ning “Musiqa haqida risola”si ana shunday asarlardan hisoblanadi.
Jomiy. Jomiy ham o’tmishdoshlari kabi ovozlarning interval holdagi o’zaro munosabatlarini beradi, ularni torning qismlari nisbatidan chiqargan holda asosiy jinstovushqator (tetraxord va pentaxord)larni tashkil qilish, hamda ulardan jam (parda) lar tashkil etish usulini ko’rsatadi.
Og’zaki an’anadagi professional musiqa mahsuli o’n ikki maqomlardan kelib chiqib, Jomiy asosiy tovushqatorlarni (o’n etti pog’onali gamma hosil qiluvchi) o’n etti bo’lakka bo’ladi (interval nisbatlari tsentlarda belgilangan).
Keyinchalik tovushqator asosini o’zbek musiqasiga xos bo’lgan miksolidiy ladiga muvofiq etti pog’onali gamma tashkil qilishi aniqlanadi. Shuningdek, risolada ritm haqidagi ta’limot ham keng rivojlantirilgan. V. Belyaevning Jomiy risolasiga yozgan izohlarida “she’riy ritmik vokal va cholg’u asarlarining ayrim bo’laklari poetik davralar uzunligi bilan mos keladigan ohang chiziqlarining yuzaga kelishi uchun asos sanaladi” deyiladi. Shuningdek, Jomiy asosiy ritmik formula (ya’ni usul) lar tuzilishini tadqiq etadi. Risolaning xotimasida ladlarning tinglovchilarga ta’siri haqida ham so’z yuritiladiki, bu pardalarning ahloqiy ta’siri haqidagi qadimgi yunonlar nazariyasini rivojlantirish hisoblanadi.
O’rta Osiyo boshqa musiqachilari asarlaridagi kabi, Jomiyning asarida ham kosmologik g’oyalar bayon qilinadiki, ana shunga muvofiq musiqa tabiat garmoniyasi (monandlik uyg’unlik) va jamiyatning axloqiy asoslarini ifodalaydi. Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin al Urmaviy asarlaridagi qoidalarni ko’proq takrorlagan holda, Jomiy ularda hukmron bo’lgan matematik uslublardan farqli ravishda, musiqachining “sog’lom hissiyotiga” murojaat qilib, u nazariyadan amaliyot tomon “ko’prik tashlaydi”. Bu jihatdan Jomiyning qarashlari o’tmishning Aristoksen kabi mutafakkirdarining qarashlari bilan to’g’ri keladi.
O’rta Osiyo olimlarining musiqa nazariyasiga oid asarlari xalqning musiqiy hayotiga bag’ishlangan sahifalardan joy olmagan. Lekin, shak-shubha yo’qki, saroy va shahar doirasida ommaviylashgan, boy, rivojlangan musiqa san’ati ajoyib kuylar ijodkori, ijrochilari bo’lgan o’rta asr bastakorlarining professionallashishi, xalq musiqa madaniyati zaminida o’sdi va rivojlandi, ijod etishning qat’iy qoidalari esa xalq musiqa amaliyotining ko’pincha ijodiy qayta ishlanishi natijasi bo’ldi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling