Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet7/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

Tayanch iboralar:

1.” Kitobi Dada Ko’rqut” ( “Ko’rqut bobomning kitobi”)—turkiy xalqlarning XII- XV asrlarda yaratilgan qahramonlik qo’shiqlari majmuasi. Ko’rqut –torli, kamonli musiqa asbobi, qo’biz jo’rligida qo’shiqlar ijro etgan afsonaviy dono qo’shiqchi.


2. Maqomlar—professional ijrochi (sozanda va xonanda)lar tomonidan asrlar davomida yaratilib, og’zaki tarzda avloddan-avlodga o’tib kelayotgan majmuali yirik vokal-cholg’u asarlar.
3. Darvesh—Odamlarga qo’shilmaydigan yolg’iz yashaydigan odamovi qalandar.
Mavzu 3 . SOMONIYLAR DAVRIDA MUSIQIY HAYOT (IX-X ASRLAR)
Reja:

  1. IX asrda Somoniylar sulolasi hukmronligi.

  2. Shu davrning mashhur allomalari.

  3. Saroy shoirlari va musiqachilari ijodi.

  4. Bu davr arfa ud nay kabi musiqiy asboblari xaqida.

  5. Sharq olimlari risolalarida musiqaning tutgan o’rni.

  6. Musiqiy nazariy meros. Musiqiy risolalar.

Adabiyotlar:
1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi” 1981.y.
2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T. ”O’qituvchi” 1995 y.
3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970.
4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y.
5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y.


1.IX asrda Somoniylar sulolasi hukmronligi.O’rta Osiyo xalqlarining bosqinchilar zulmiga qarshi faol kurashi tufayli IX asrda hokimiyat Somoniylar sulolasi qo’liga o’tdi. O’rta Osiyo rivojlangan feodalizm (dehqonlar mehnatidan foydalanadigan ijtimoiy tuzum) pallasiga kirdi. Feodal xonliklar mustahkamlandi, shaharlar o’sdi, savdo jonlandi. Somoniylar davrida O’rta Osiyo deyarli yuz yil mobaynida chet el bosqinchilarining hujumiga duch kelmadi, bu esa mamlakat xo’jaligi va madaniyatining rivojlanishiga imkon berdi.
2. Shu davrning mashhur allomalari. Bu davrda ajoyib olimlar, shoirlar, muzikantlar:mashhur matematik va astronom Ahmad Farg’oniy, yirik olim, algebra risolasining avtori Muhammad ibn Muso Xorazmiy, o’rta asr Sharqining taniqli faylasufi, musiqa sohasidagi ishlari zamondoshlari hamda undan keyingi muzikantlar avlodi uchun asos bo’lgan Forobiy, o’rta asrdagi barcha fanlarga katta hissa qo’shgan O’rta Osiyoning X-XI asrlardagi buyuk olimlari Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Abu Ali ibn Sino ( 980-1037)yashab ijod qilgan.
Somoniylar davlati shaharlari orasida Buxoro katta shuhrat qozondi. Buxoro iqtisod va madaniyat markaziga aylandi, adabiyot va musiqa rivojlandi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling