Tayanch iboralar:
Lira- Yunonistonda chertib chalinadigan torli musiqa asbobi.
Friz- Bino devor gilam chetlaridagi keng naqo’li yo’l.
Chiltor- Do’mbiraga o’xshash ko’p torli musiqa asbobi.
Lyutnya- qadimgi udga o’xshash musiqa asbobi.
Terrakotiv- Kuydirilgan qizg’ish jigarrang gil.
Arxaik- San’at taraqqiyotining qadimiy ilk bosqichi.
Arfa - Chertib chalinadigan katta musiqa asbobi.
Mizrob- Musiqa asboblarining chertib chalinishi.
Mavzu 2 . ILK O’RTA ASR SAN’ATI ( IV-IX)
Reja:
O’rta Osiyoda feodal tuzum. O’rta Osiyoga turklarning kirib kelishi va sharqiy Eron xalqlarining aralashuvi.
Sozanda xonanda ijodkor Barbad.
Mahalliy aholi turk musiqa elementlarini meros qilib olishi.
Arablar hukmronligi davri (VIII-IX asrlar).
Arablar hukmronligi davrida musiqaning tang ahvoli.
Keyinchalik arablar O’rta Osiyo kuylaridan foydalanganligi.
Adabiyotlar:
1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi” 1981.y.
2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T. ”O’qituvchi” 1995 y.
3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970.
4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y.
5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y.
O’rta Osiyoda feodal tuzum. O’rta Osiyoga turklarning kirib kelishi va Eron xalqlarining aralashib yashashi.
Eramizning IV asridan boshlab O’rta Osiyoda quldorchilik asta-sekin feodal tuzum bilan almashdi. O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarida o’zgarish yuz berdi: quldorlik tuzumi o’rnini asta-sekin feodal tuzumi egallay boshladi. IV asrning 60-yillarida O’rta Osiyoga turklarning kirib kelishi natijasida turkiy va sharqiy Eron xalqlarining aralashuvi tobora kuchayib- natijada o’zbek va boshqa O’rta osiyo xalqlari shakllandi. Shu davrdan boshlab, O’rta Osiyo hududi Turkiston (turklar yashaydigan joy) nomini oldi.O’rta Osiyoda yashagan turklar o’z davlatining so’nggi qismini –hoqonlik deb atay boshlaydilar. Ana shu vaqtdan boshlab turklar bilan mahalliy sharqiy Eron xalqlarining qo’shilib yashash jarayoni boshlanadi. IV-VII asrlargacha bo’lgan davr madaniyat va san’at turlarining, jumladan musiqaning yuqori darajada rivojlanganligi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |