Иоганн Себастьян Бах
“Ioann Damaskin” kantatasi
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
5. “Ioann Damaskin” kantatasi. Taneevning ilhomlantiruvchi lirik asarlaridan biridir. Kantata A.K.Tolstoyning (Ioann Damaskin Vizantiya shoiri kult madhiyalari kompozitori VIII asarda yashab o’tgan) poemasi tekstiga yozilgan bo’lib, 1884-yilda tugallangan. Bu liriko-dramatik asar shafqatsiz, qaxrli, emotsional rang tusini olgan. Adabiy mavzuning chuqurliligi va ahamiyatliligi, shu davrning erishilgan ulkan polifonik mahorati bilan uyg’unlashgan.
Bax kantatalari uslubiga yaqin, qadim rus ohanglari va “kontrapunkt uslubi” ishlatilgan rus kantatasini yaratish, Taneev g’oyasi edi. Falsafiy-lirik xarakterdagi kantata Taneevdan oldingi kompozitorlar ijodida bo’lmagan. Poema parchalarini tanlash natijasi Taneevning maqsadga erishishi bo’ldi. A.K. Tolstoy she’rlarini, kanonik matnning poetik qayta ishlanmasi qilib ishlagan. Aynan mana shu erdan kompozitor badiiy intilishining eng asosiy maqsadi qadim-rus qo’shiqlarining loyiqligi isboti tasdiqlandi. Kantataga olingan poema (qissa) namunalari insoniylik, hayotni tasdiqlovchi ruh va g’oyalar bilan to’la edi. Rus professional musiqasi olamida birinchi bor qadim-rus ohangi, butun yirik asar asosiga aylanadi. “ So svyato’mi upokoy “ (Jannatiylar bilan osudalik) xirgoyasi A.K. Tolstoy qissasi matnining ma’nosiga mos tushib kuylanganligi, Taneevni barcha munosabatlarda qanoatlantirdi. Asosiysi bu xirgoya musiqa mavzusi kabi chiroyli va ifodalidir. Taneev muharririyatida bu xirgoyalar asl nusxasi saqlanmoqda. Matn asosiy mavzusini ko’povozlikda bayon qilgan holda, Taneev bu birovozli xirgoyani garmoniyalash murakkab muammolarini echar edi. Xromatikaga umuman yaqinlashmagan. “Ioann Damaskin” 3 qismlidir I qismi tashvishli asosan dramatik ohangda, II qismi lirik, III qismi irodali ,kuchli, tantanali finaldir. Kirish va tugallanish qismi, “ So svyato’mi upokoy “( Jannatiylar bilan osudalik) qayg’urish mavzusi 4 ovozlikda tuzilgan. Kirish qismini orkestr ijro etadi. Kantata tugallanishida xor epizodi ijrosida lirik a capella yangraydi. Bu lirik a capella, dastlabki afsusli qayg’urish hissiga qaytib, qimmatli insonning vafot etganligini xotirlaydi. “Ioann Damaskin”ning yaratilishi rus musiqasida kantataning falsafiy-lirik uslubi paydo bo’lishiga asos bo’ldi. Taneev tomonidan talaygina asarlar yaratilishiga qaramasdan, u “Ioann Damaskin”ni 1 raqamga qo’ydi. Bu xaqiqiy “rus rekviemi”dir. Birinchi kantatasining mazmuni jihatidan boyligi, hayot va o’limning abadiy mavzusiga murojaati , insoniylik risolasi, chuqur simfonizmi uchun Taneevning birinchi kantatasi “Ioann Damaskin” eng yaxshi, sara, rus musiqasi ro’yxatiga kiritilgan. Opera janri vohasida ham, Taneev o’z so’zini aytdi. Uning “Oresteya” trilogiya--- operasi rus musiqa madaniyatida antik syujetning buyuk, qat’iy musiqiy obrazlarini o’z ichiga olganligi bilan ajralib turuvchi mukammal asardir. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling