9. Chaykovskiy ijodining ahamiyati. Chaykovskiy asarlari jahon klassikasiga kiradi. Uning operalari turli tillarda ijro etilmoqda. Har 4 yilda bir marotaba Chaykovskiy nomli konkurs o’tkazilib, unda butun jahonning muzikantlari qatnashadilar.Chaykovskiy me’rosining XX asrda aks etishi va shu me’rosda kirib kelayotgan avlod muzikantlarining rivojlanishi va tarbiyalanishi nafaqat uning ijodiga, balki jamoat ishlaridagi faol mehnatlariga ham bog’liqdir.
Chaykovskiy, deyarli musiqa san’atining barcha vohalariga yangilik kiritdi. Chaykovskiy simfonizmining printsiplari keyingi kompozitorlar ijodida ham aks etib rivojlangan. Chaykovskiy ijodi ahamiyatining ta’siri, musiqiy asarlarning g’oyaviy obraz mavzusida, kompozitorlar ijodiy uslubida, musiqiy dramaturgiya va ifodali vositalar xususiyatida aks etdi. XX asr ijrochilik madaniyatidagi musiqiy teatrlarning rivojiga, dirijerlik va ijrochiligiga Chaykovskiy ijodi o’zgacha ahamiyat kasb etdi.
Tayanch iboralar:
1. Simfonizm. Musiqa san’atidagi, hayot aksining dialektik, falsafiy boyitilgan badiiy printsipidir. Simfonizm tushunchasi bir paytning o’zida musiqiy asar ichki tarkibining o’zgacha xususiyatini, dramaturgiyasini, shakllanishini o’z ichiga oladi. Simfonizm uslub kabi mavjudlik va o’sish jarayonlarini, intonatsion-tematik aloqa va farqi orqali ziddiyatli kurashning boshlanishini, musiqiy rivojlovning dinamizmini ochib beradi. Simfonizm musiqiy dramaturgiya tushunchasi bilan aloqador. U qarama qarshililik, uning o’sib borishi, ziddiyatlik darajasiga ko’tarilishi, kulminatsiya, eng baland cho’qqisi va hal etilishi kabi drama qonun me’yorlarini aks ettiradi.
2. Leytmotiv. Opera, balet, operetta, dasturli muzika p’esalarida xarakterli bir mavzu bo’lib, asar qahramonlari yo ma’lum bir qismida takrorlanishi mumkin.
3. Romans. Bir ovoz uchun vokal asar. Romans turli mavzu xarakter va tuzilishda bo’lishi mumkin: ko’proq lirik yoki lirik-dramatik bo’lib cholg’u asboblari jo’rligida ijro etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |