Иоганн Себастьян Бах


Kamer-cholg’u va vokal asarlari


Download 0.91 Mb.
bet132/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

7. Kamer-cholg’u va vokal asarlari. Kamer-vokal va instrumental musiqasining barcha janrlarida---asarlardagi dramatizm, milliy, musiqiy til, rus xalq qo’shiqlari va maishiy romanslari bilan aloqa, raqs musiqa janrlarining qo’llanishi, ona tabiatga muhabbat hissi, insonning ichki va tashqi dunyosining ko’rsatilishi kabi xususiyatlarni ko’ramiz.
Kamer-cholg’u ijodi vohasida Chaykovskiy tomonidan 3 ta kvartet yaratilgan. N.G.Rubinshteyn vafotiga yaratilgan trio kamer asari atoqlidir.
Chaykovskiy tomonidan talaygina fortepiano uchun asarlar yozilgan. Bular 3 ta kontsert, fantaziya, sonata va 100 dan ortiq fortepiano asarlaridir.
Chaykovskiy o’zining fortepiano asarlarida lirik kayfiyatni, tabiatga musiqiy tasvirni, turmushiy-maishiy xalq sahnalarini ifodalagan. Uning “Detskiy albom” (Bolalar albomi), “Vremena goda” (Yil fasllari) p’esalari tsikli, “Nata-vals”, “Sentimentalno’y vals”, ”Romans” mashhurdir.
“Vremena goda” (Yil fasllari) tsikli tarkibiga yil ichidagi oylar miqdoriga ko’ra, 12 ta p’esa kiradi. Bu Chaykovskiyning lirik reja asosidagi rus tabiatining timsollari va ko’rinishlaridir. Kompozitor “Vremena goda”(Yil fasllari) p’esalarida nafaqat tabiat ko’rinishlarini, balki tabiatning insonda paydo qiladigan tuyg’u va hislarini ham ifodalagan.
Har bir p’esasida she’riy epigraf berilgan. P’esalariga epigraf tanlagan holda, Chaykovskiy Pushkin, Tolstoy , Vyazemskiy, Fet, Maykov kabi rus shoirlari ijodiga murojaat qiladi. P’esalarning nomlari juda qiziqdir. Qish—bayramona, quvnoq dam olish bilan tasvirlangan (“U kamelka”(O’choq oldida), “Maslenitsa”(Qishni kuzatish bayrami), yoz-- esa dehqon mehnati bilan aloqador,( “Jatva”(O’rim), “Pesn kosarya”(O’roqchi qo’shig’i).
“Vremena goda”(Yil fasllari) tsikli yagona mavzu asosidadir, umumiy kayfiyati g’amgin va elegik. Deyarli barcha p’esalarda “barchasi o’tmishga ketishi” xaqidagi g’amginlik yotadi.
P’esalarda, Chaykovskiy fortepiano uslubining rang-barang xususiyatlari uchraydi, ammo asosiy vazifani rus romanslari va rus xalq qo’shiqlari ohangi eshitilib turadigan, keng melodiya o’ynaydi. Jahon fortepiano adabiyotida, tabiat va insonlar hayotini va yil oylarining aylanishini mohirona tarzda ko’rsata olgan “Vremena goda”(Yil fasllari) tsikli kabi asar boshqa yo’qdir.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling