Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet128/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

Tayanch iboralar:


1. Leytmotiv leytgarmoniya leyttembr leyttonalnost leytritm—opera, balet, operetta, programmali muzika p’esalarida xarakterli bir mavzu bo’lib, asar qahramonlari ma’lum bir qismida takrorlanishi mumkin. Alohida bo’lgan akkord va uning takrorlanishi, melodik aylanma, alohida bo’lgan tembr, tonallik, muayyan ritm bir necha marta takrorlanib tayinli personajga xarakteristika beradi.
2. Ornamentika—tovushlar, qisqa o’lchovga ega bo’lgan tovushlar asosiy melodik suratini bezaydi.
Foydalaniladigan adabiyotlar:

  1. Rimskiy Korsakov N.”Letopis moey muzo’kalnoy jizni» M. 1980

  2. Solovtsov A. Jizn i tvorchestvo Rimskogo Korsakova .M. 1964.

  3. I.F. Kunin. Nikolay Andreevich Rimskiy Korsakov.M.1979.

4. Ts.Ratskaya «N.A. Rimskiy-Korsakov» Izdanie vtoroe pererabotannoe Moskva “ Muzo’ka” 1977 g.
5. « Skazka v tvorchestve N.A. Rimskogo-Korsakov» Moskva « Muzo’ka» 1987 g.
MA’RUZA№8. Petr Ilich Chaykovskiy ( 1840-1893)

1. P.I. Chaykovskiyning estetik pintsiplari.


2. P.I. Chaykovskiy hayotiy va ijodiy yo’li .
3. P.I. Chaykovskiy ijodiga xarakteristika.
4. P.I. Chaykovskiy simfonik ijodi.
5. P.I. Chaykovskiy opera ijodiyoti.
6. P.I. Chaykovskiy baletlari .
7. P.I. Chaykovskiy kamer-cholg’u asarlari.
8. P.I. Chaykovskiy romanslari.
9. P.I.Chaykovskiy ijodining ahamiyati.
1.Petr Ilich Chaykovskiyning estetik printsiplari. Petr Ilich Chaykovskiy nomi, Glinka va Dargomijskiy an’analarini davom ettirgan holda, klassik kompozitorlari orasida ajralib turadi. Uning o’lmas, bebaho asarlari A.S. Pushkin va L.Tolstoy kabi insonlarning asarlari bilan bir qatorda turadi. Chaykovskiy estetik printsiplarining asoslari XIX asrning 60-70 yillarida shakllangan. Bu davr, badiiy g’oyalarning yuksalishi, rus adabiyoti, rassomchiligi va musiqasining “gullab yashnash” davriga to’g’ri keladi. Dunyokarashining o’tkir fojeasi Chaykovskiyga xos xususiyat bo’lsada, Chaykovskiy hayotga go’zallik va ishonuvchanlik ko’zlari bilan qaragan. “Go’zallik -- bu hayotning o’zidir”, kabi Cherno’shevskiyning printsipi, Chaykovskiyning ham printsipiga aylandi. Chaykovskiy hayotni va insoniyatni sevar edi. Uning musiqasida ruhiy hissiyotning xaqiqiy ochilishi bor.
Chaykovskiy mumtoz, milliy kompozitordir. U o’z asarlarida rus jamiyati hayotini va uning turmushiy tarzini, rus tabiatini tasvirlaydi. Chaykovskiy musiqasining intonatsion ohangdorligi rus xalq qo’shiqlariga hamohangdir. Uning musiqasi rus xalq qo’shiqlariga yaqindir. Petr Ilich Chaykovskiy bolaligi Votkinskda, so’ngra Volopaevskda o’tgan. Kompozitor kundalik daftariga yozgan satrlarida “Mening asarlarimda neki rus elementlari yangrayotgan bo’lsa, bularning barchasi mening rus tabiatida, rus dalasida, Rossiya zaminida rus bo’lib tug’ilganimdandir” deb yozib qoldirgan ekan.
Chaykovskiy kompozitor, dirijer va publitsist.

2. Hayotiy va ijodiy yo’li. Chaykovskiy 1840-yil 25 aprel Votkinsk shahridagi metallurgiya zavodining direktori, tog’ injeneri Ilya Petrovich oilasida dunyoga kelgan. Otasi yaxshigina fleyta asbobida chalishni bilar edi. Oilada 4 ta farzandning ikkinchisi bo’lgan Chaykovskiy bolaligida noziktabiatli kasalmand, hissiyotli bola bo’lgan. 1854-yilda, onasi Aleksandra Assier vafotidan so’ng, Chaykovskiy chuqur g’am-alamga botadi. Shundan bo’lsa kerakki, ba’zan kompozitor ish jarayonida o’z hissiyotlarini va qahr- g’azabini jilovlay olmasdi. Alyabevning “Solovey” (Bulbul) qo’shig’i Petr onasining sevimli qo’shig’i edi va keyinchalik Chaykovskiy bu qo’shiqni albatta ko’z yoshlari bilan onasini xotirlab tinglar edi.


Mana shu yillari, fortepianoda birinchi saboq olish mashg’ulotlari boshlandi. Uning birinchi fortepiano o’qituvchisi Mariya Markovna Palchikovadir. Frantsuz millatiga mansub, Fanni Dyurbax-Chaykovskiyning tarbiyachisi va birinchi o’qituvchisi va enagasidir. Fanni Dyurbax bolalar ichida Petrga alohida mehr qo’yib, uni P’er deb erkalatar edi. Petr Chaykovskiy adabiyotga ham befarq emas edi.Bolaligida turli mavzularda hikoyalar va she’rlar yozgan.Keyinchalik kompozitor vafotidan so’ng, uning akasi Modest Chaykovskiy ukasi xotirasiga ma’lumotlar to’plash uchun Shveytsariyadagi Monbelyar shahriga Fanni Dyurbaxni qidirib keladi. Kichkina Chaykovskiyning yozgan she’r va hikoyalarini saqlab qo’ygan Fanni Dyurbax ularni Modest Chaykovskiyga qaytarib beradi.
Chaykovskiy 10 yoshga to’lganida, uni Peterburgdagi xuquqshunoslik bilim yurtiga o’qishga berishdi.Bu bilim yurtida hohlovchi talabalar uchun musiqadan mashg’ulotlar o’tkazilar edi. Aynan shu erda Chaykovskiy simfonik kontsertlariga borar va rus g’arb kompozitorlari ijodidagi asarlarni o’rganar edi. Ayniqsa M.I.Glinkaning”Ivan Susanin” va Motsartning” Don Juan” operalari Chaykovskiyda katta taassurot qoldirdi. Motsart uning eng sevimli kompozitori va kumiri edi.
1859 -yil Chaykovskiy xuquqshunoslik bilim yurtini tamomlagach, yustitsiya vazirligida xizmat qila boshladi, ammo Chaykovskiyni musiqa olami ko’proq jalb etar edi.U o’z xaqida opasi Aleksandraga xat yozar ekan:”Men musiqa nazariyasini chuqur o’rgandim, qa’tiy qaror qildimki, ertami- kechmi men xizmatimni musiqaga almashtiraman”.
1862-yilda Chaykovskiy Peterburgdagi konservatoriyaga o’qishga kirib, yosh kompozitorning tarbiyasida katta ahamiyatga ega bo’lgan A.Rubinshteyn va N.Zaremba nomli mashhur pedagoglar sinfida tahsil ola boshlaydi.
1868-yilda xor va orkestr uchun yaratgan kantatasi bilan Peterburg konservatoriyasini muvaffaqiyatli tamomlab, Moskvada endigina ochilgan konservatoriya direktori N.Rubinshteynning taklifiga ko’ra, Moskva konservatoriyasiga ishga keladi. U erda kompozitsiya, garmoniya, musiqa nazariyasi, cholg’ulashtirish fanlaridan dars bera boshlaydi. Pedagoglik tajribasidan kelib chiqqan holda, 1872-yilda nashriyotda bosilgan “Rukovodstvo k prakticheskomu izucheniyu garmonii” ilmiy kitobini yozadi.
Moskvada Chaykovskiy musiqiy hayotning diqqat markazida bo’ladi. U bir qator mashhur muzikantlar, artistlar, shoirlar bilan tanishadi. Dramaturg Ostrovskiy, shoir Pleheev, muzikant N.Rubinshteyn, musiqiy tanqidchi Kashkin, va atoqli L.Tolstoy bilan bo’lgan tanishuvi Chaykovskiyning realistik printsiplarining tasdiqlanishida ijobiy rol o’ynagan.
Pedagoglik faoliyatidan tashqari, Chaykovskiy musiqiy tanqidchi sifatida ham faoliyat yuritgan. U Glinka ijodining ahamiyati xaqida va milliy musiqani rivojlanib o’z yo’lidan ketishi xaqida, ijodini endigina boshlayotgan Rimskiy-Korsakovning kelajagi borligini va norvegiya kompozitori Grig ijodining xalq ijodiyoti bilan bo’lgan aloqasining ijobiy tomonlari xaqida yozgan.
Bu davrda kompozitor, o’zining asarlari ustida jadal ishlay boshladi.Bu davr juda unumdor bo’lib, :3 ta simfoniya, birinchi fortepiano uchun kontsert, “Voevoda”(Askarboshi), “Oprichnik”(Ivan Grozniy tuzgan maxsus qo’shini boyari),”Undina”, “Kuznets Vakula”(Temirchi Vakula) kabi 4 ta opera, 3 ta kvartet, “Lebedinoe ozero”(Oqqush ko’li) baleti, “Vremena goda”(Yil fasllari) fortepiano tsikli kabi asarlari yaratilgan. Bu davrning asarlari quvnoq va optimistik ruhdadir. Aynan shu davrlarda Chaykovskiyning “Romeo va Juletta”, “Burya” (Bo’ron), “Francheska da Rimmini” dramatik asarlari ham yaratilgan.
Uning asarlarini targ’ib qilgan, pianinochi va dirijer N.G. Rubinshteyn, uning asarlarini bosmaga tushirgan, nashriyotchi Yurgenson, musiqiy tanqidchi Larosh kabi insonlar Chaykovskiyni qo’llab quvvatlab turishgan.
Antonina Milyukova--Chaykovskiyning rafiqasi.Chaykovskiyning Milyukovaga uylanishi uning hayotida muhim ahamiyatga ega.Ular o’zaro murosaga kelisha olmasliklari va oiladagi noxush, keskin holat kompozitorni asabiy-negativ ahvolga solib qo’ydi va shuningdek kompozitor tushkunlikka tushgan holda o’z joniga qasd qilish fikridan qaytib, rafiqasini tark etadi.Hayoti davomida ular boshqa uchrashishmadi, shunga qaramasdan, Chaykovskiy ancha yillar mobaynida Antonina Milyukovani moddiy tomondan ta’minlab turgan.
Omadsiz uylanishidan musibat chekkan Chaykovskiy 1877-yilda asabiy kasallikka chalinib, xorijga ketadi. Bunga Nadejda fon Mekk kabi do’stlari unga yordam beradi.
Chaykovskiyni mashaqqatli mehnat va yanada tinimsiz mehnat davolaydi uni.Bu davrning “Evgeniy Onegin “operasi va 4 chi simfoniyasi asarlari shu davrning mashhur asarlar sirasiga kiradi.1878-1788 yillarda Chaykovskiy ijodida yangi davr boshlanadi. Lirika o’rnini fojeali kontseptsiyalar egallaydi.
Asarlari ustida ishlash jarayoni bilan bir paytda, Chaykovskiy dirijer sifatida Berlin, Jeneva, Parij, Amerika, London kabi shaharlarida namoyishga chiqib, 1893-yilda Kembrij universiteti tomonidan “Musiqa fanlari doktori” darajasiga sazovor bo’ladi.
Kompozitor keyingi 10 yillik davomida tinimsiz mehnat qiladi. Bu yillarda Chaykovskiy tomonidan “Mazepa”,“Charodeyka”(Afsungar),“Pikovaya dama”(Qarg’a dama), lirik yorqin “Iolanta”, “Spyahaya krasavitsa”(Uyqudagi go’zal),” Helkunchik “(Qarsillatuvchi), kamonli orkestr uchun kvartet, “Italyan kaprichchiosi”, 5 chi simfoniya, fojeali 6 chi simfoniya sermahsul asarlari yaratiladi.
1885-1893yillar asarlarining so’nggi davrida yorqinlik va qayg’ulik orasidagi farq keskin sezila boshlaydi. 1885-yildagi “Manfred” simfoniyasi orqali, uning ijodiy simfoniyasi mazmunini dramatik mavzu egallaydi.Hayotining so’nggi 8 yilligi mobaynida o’zining simfonik asarlarida falsafiy aspektni rivojlantiradi.
Kompozitor hayotining so’nggi yillarini Klin ostonasidagi Maydanov tumanida o’tkazdi. Bu erga N.D.Kashkin, kompozitor S.I.Taneev kabi do’stlari va shogirdlari tashrif buyurishib musiqa xaqida qizg’in muzokaralar, bahslar o’tkazilar edi. Moskva va Peterburgdan holi bo’lgan bu qishloqda, Chaykovskiyda kuniga 14 soatlab ishlash xususiyati paydo bo’ldi. “Ilhom parisi dangasa va yalqovlar uyiga emas, aksincha kutib, uni chaqirayotganlar huzuriga tashrif buyuradi!”, deb yozgan ekan kompozitor o’z kundalik qaydnomasida.
1893-yil 16 oktyabrda Chaykovskiy o’zining so’nggi 6 chi simfoniyasini namoyishi ijrosiga dirijerlik qiladi va shu oyning 26 oktyabrida bu hayotdan mangulikka safimizni tark etadi. Hozirgi paytda, Klin qishlog’ida Chaykovskiyning uy-muzeyi bor. Bu kompozitor yashagan uyda uning kitoblari, qo’lyozmalari, manzilgohlar, xona tuzilmasi ehtiyotkorlik bilan saqlanmoqda. Bularning barchasi bizga XIX asrning iste’dodli, buyuk kompozitori xaqida ko’p narsalarni so’zlab berishi mumkin.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling