Иоганн Себастьян Бах
Rimskiy-Korsakov estetikasi
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Opera ijodiyoti.
- Snegurochka” (Qorqiz).
- “Snegurochka”(Qorqiz) operasi mazmuni
3. Rimskiy-Korsakov estetikasi. Rimskiy-Korsakov 60-yillarda “Yangi rus musiqa maktablari” estetik printsiplari bosimi ta’siri ostida shakllangan muzikantdir. Bu printsiplar xalqchillikka intilishdan, mazmun mohiyatining yuqoriligidan, san’atning jamiyatdagi ahamiyatidan tuzilgan edi. Rimskiy-Korsakovning estetik boshlanishi har bir asar boshida go’zallikka va mukamallilikka intilishdan iborat Professionalizm va estetik mahorat rang-barangligining asosiy ahamiyati mana shu erdandir. Dunyoqarashning garmoniyasi, ichki bosiqlilik, nozik artistizm, bekamu ko’st didlik, hissiyot me’yori, musiqiy ifodaning yorqinligi Rimskiy-Korsakov musiqasi xususiyatiga xosdir. U har bir syujetning o’ziga mos dramaturgiyasini janrini topa olgan. “Dunyoda qancha mavzu bo’lsa, shuncha mustaqil opera shakllarini topish mumkin”, deb hisoblar edi Rimskiy-Korsakov. Operani musiqiy asar hisoblagan holda, uning adabiy ma’nosiga ham katta e’tibor qaratar edi.
Ertak, afsona, udum, an’ana uning tematikasini aniqlaydi. Shular orqali u xalqning dunyoqarashini: baxtli hayot xaqidagi orzusini (“Snegurochka”operasida berendeevlar qirolligi obrazlari timsolida, “Skazka o tsare Saltane”operasidagi Ledentsa shaharlari timsolida) aniqlab, ifodalay olgan. 4. Opera ijodiyoti. Rimskiy-Korsakov operalari mavzu jihatidan, badiiy qiyofa shakli va dramaturgiyasi jihatidan rang-barangdir. Ularda biz tarixiy-ertaknamo, lirik-dramatik, lirik-komedik, satira asarlarini uchratamiz. Katta hajmdagi monumental (hashamatlilik) operalari bilan birga, qisqa bir aktli operalarni ham yaratgan. Operalarining ko’pchiligi rus klassik adabiyoti va xalq ijodiyotidagi rus syujetlariga yozilgan. Uning birinchi “Pskovityanka” operasi tipik, odatiy, “to’daviy” operadir. Opera tarkibi asosan uzluksiz rivojlanayotgan sahna musiqiy tuzilmalaridan iborat.”Pskovityanka”operasi musiqasi yakka solo, ansambl, xor epizodlari, ariozo, arietta, monolog, qo’shiq kabi qismlarni o’z ichiga oladi. Bu qismlarning qisqa o’lchovlari operada sahna harakatlarining o’zgarib turishida paydo bo’ladigan, bekat masofalarining cho’zilishiga yo’l qo’ymaydi. Musiqaning harakat orqasidan izlanishlari printsipi asosida, Rimskiy-Korsakov obrazlar hissiyoti rivojlanishini, qahramonlarning harakat va fikrlari almashinib turishini ko’rsatgan. Rechitativ--operaning nafaqat alohida bo’lgan partiyalarida, balki xalq ko’rinishi musiqalarida ham ahamiyatli o’rinni egallagan. “Snegurochka” (Qorqiz). Bu operani Rimskiy-Korsakov eng mukammal deb hisoblab, unga katta mehr bergan. Bu opera uning ijodidagi eng sevimli operalardan hisoblangan. A.N. Ostrovskiyning p’esa-ertagi syujeti Rimskiy-Korsakovning o’zgacha iste’dodiga hayratlanarli tarzda mos keldi. “Qadimiy rus an’analariga va rus tiliga, qalbimdagi sekin-asta paydo bo’lgan intilish endilikda alanga bo’lib yonmoqda. Qorqiz, Lel va Bahor, Berendeev qirolligi va uning ajoyib qiroli va ularning Yarilo-Quyoshga bo’lgan sig’inishlari kabi obrazlar syujetidan ajibroq syujet yo’q edi men uchun”, deb yozgan edi Rimskiy-Korsakov. Ostrovskiy p’esasi va Rimskiy-Korsakov operasidagi xalq hayoti go’zal, yorqin va nasriydir. Xalq ozodligini va farovonligini, go’zallikka intilishini hohlagan berendeevlar qirolligining maqsadi go’zaldir. Saxiylik, go’zallik, tabiiy tabiat qonunlariga bo’lgan ishonch, berendeevlarning yuksak maqsadidir. “Snegurochka”dagi optimistik mavjudlik, insoniyatning tabiat qonuniga bo’ysunishdagi tantanasi bilan ifodalangan. Opera 1880-yil yozda, rus qishlog’ida yaratila boshlagan. “Hech qaysi operani men “Snegurochka” operasi kabi engillik bilan va tez muddatda yaratmaganman”,deb yozadi Rimskiy-Korsakov.1881-yilda opera nihoyasiga etdi. Keyingi yilda, Mariinskiy teatr sahnasida namoyish etilgan “Snegurochka” muvaffaqiyatga uchradi. Opera namoyishidan ta’sirlangan A.N. Ostrovskiy “Mening Snegurochkamga bundanda ortiqroq va ajibroq musiqani kutmagan edim”, deb quvonchini ichiga sig’dira olmagan. “Snegurochka”(Qorqiz) operasi mazmuni: Berendeev sehrli qirolligining qizil tepaligi. Oy balqib turgan tun. Qushlar atrofida o’rab olingan Qizil Bahoroy erga tushib kelmoqda.O’rmon qor ostida mudrayotgan va mamlakatda qahr sovuqchilik hukm surmoqda. 15 yil avval Ayoz bobo va Bahoroyning qizi Qor qiz tug’ilgan kunidan boshlab, g’azab o’tiga mingan Yarilo-Quyosh erga kam yorug’lik va iliqlik bermoqda; yoz fasli qisqa, qahraton qish fasli esa uzoq va sovuqdir. Ayoz bobo paydo bo’ldi. U Bahoroyga berendeevlar mamlakatini tark etishiga va’da bermoqda, lekin Qor qizni kim himoya qiladi? Chunki, Yarilo-Quyosh qiz qalbida uni o’limga olib keluvchi muhabbat alangasini yondirishga qulay fursat kutmoqda. Qor qizni ota onasi Berendeevlar xududida yashaydigan bolasi yo’q Bakula-Bobo’lya nazorati ostiga, uning uyiga jo’natishga ahd qilishadi. Snegurochka baxtli, chunki uni azaldan cho’pon Lelning ajoyib qo’shiqlariga va insonlar hayotiga bo’lgan qiziqishi uni er tomon chorlayverar edi .Leshiyga (o’rmon odamiga) qizni qo’riqlashni tayinlab, qizini erda qoldirganlaridan so’ng, Ayoz bobo va Bahoroy ortiga ketadilar. Quvnoq berendeylar to’dasi yaqinlashmoqda. Ular Maslenitsa udumini kuzatib, bahor kirib kelishini xursandchilik bilan qarshilamoqdalar. Bobo’l o’rmondan chiqib kelgan Qor qizni ko’rib xursand bo’ladi va Qorqiz esa unga qiz farzand bo’lishiga ijozat so’raydi. Qorqiz iltimosi bilan cho’pon Lel unga kuylamoqda, lekin yaqinlashib kelayotgan quvnoq do’stlarining jarangdor ovozlarini eshitib Qorqiz tuhfa etgan gulchambarni tashlab, ular tomon yugurib ketadi. Xafa bo’lgan qiz oldiga badavlat oiladan bo’lgan Kupava kelib, “Savdogar Mizgir uni sevishini va yaqinda ularning to’yi bo’lishi xaqidagi yangilikni” intiqib, so’zlab, o’rtoqlashadi. Shu payt kuyov sovg’a salomlar bilan paydo bo’ladi. Eski udumlar bo’yicha kelinni dugonalaridan sotib olishi kerak, ammo go’zal Qorqizga mahliyo bo’lib qolgan Mizgir uni ko’rishi bilan Kupavani rad etadi. Aldangan Kupava, ko’z yoshlari ila qovoqari va asalarilarga uni xafa qilgan odamni ta’zirini berishlarini yolvorib so’raydi. Mizgir bevafoligidan ajablangan xalq, berendey xalqining mehribon va adolatli shohidan yordam so’rashni Kupavaga maslahat beradilar. Shoh saroyi. Amirlar donishmand shohni sharaflamoqdalar, ammo shohning qalbi notinch, chunki Yarilo-Quyosh nimagadir berendeylardan g’azablanmoqda. Yarilo-Quyosh rahmdilligiga erishish uchun shoh ertangi kunda barcha kuyov va kelinlarni nikohlashga ahd qiladi. Kupava yugurib kelib shohga o’z musibati xaqida arz qilganidan so’ng, shoh Mizgirni abadiy quvg’inlikka amr etadi.Mizgir esa berendeylarni Qorqizga bir marotaba boqishlarini so’raydi. Qorqiz go’zalligidan hayratlangan va uning muxabbat hissiga befarq ekanligin sezgan shoh, Yarilo-Quyoshning g’azablanishi sababini tushunib etadi. Shoh farmoyish beradi:”Kimda kim Qorqizning yuragiga yo’l topa olsa, shu yigit Qorqizning kuyovi bo’ladi”.Mizgir shohdan yurtda qolish uchun va baxtini sinab ko’rish uchun bir kun muhlat so’raydi. Kechki shafaq yonmoqda.Berendeylar kirib kelayotgan bahor tashrifiga tayyorgarchilik ko’rmoqdalar. Lelning qo’shiqlariga mukofot tarzda shoh uning o’ziga yoqqan qizni kelinlikka tanlashini taklif etadi. Lel Kupavani tanlaydi. Bu esa Qorqizni ranjitadi. Paydo bo’lgan Mizgir ehtiros ila sevgi izhor qila boshlaydi, lekin uning hissiyotini tushunmagan Qorqiz unga javob bera olmaydi. Mizgir yo’lini o’rmon odami Leshiy to’sadi va Mizgirni sehrlab uning ko’ziga Qor qiz ruhini ko’rsataverib, kalaka qiladi. Keng adir bo’yiga chiqqan Lel va Kupava bir biriga sevgi izhor qilmoqdalar. Kupava Leldan uni sharmadagarchilikdan qutqarib qolgani uchun minnatdorchiligi bildiradi. Qorqiz buni ko’rib ranjiganidan onasi Bahoroydan ozgina samimiy iliqlik berishini so’raydi. Yarilo vodiysi. Kun yorishmoqda. Qizining iltimosiga ko’ra Bahoroy unga sehrli gulchambarni taqadi. Endilikda Qorqiz sevgi hissiyotini his qilmoqda va Mizgir bilan bo’lgan uchrashuvda uning muhabbatiga javob beradi. Yaqinda Quyosh chiqadi va ota onasining o’gitlarini esda tutgan holda o’limga olib keluvchi Yarilo-Quyoshning nurlaridan qochishi kerak ekanligini sevgilisi Mizgirga aytib, uni shoshiltirmoqda. Vodiyga berendey shohi tushib kelmoqda . Quyoshning ilk nurlari ostida kelin-kuyovlarga fotiha berishi kerak. Qorqiz o’zining Mizgirga bo’lgan muxabbatini oshkor etadi, ammo Qorqizning baxti uzoqqa cho’zilmaydi. Insoniy muxabbatni his qila boshlagan Qorqiz Yarilo-Quyoshining qasosiga yaqin edi. Erta tongni kesib paydo bo’lgan Quyosh nurlari Qorqizga tushadi. O’z o’limi yaqinlashayotganini sezgan Qorqiz muxabbatning shirin tuhfasi uchun onasidan minnatdor bo’ladi. Mizgir afsus nadomatlar ila o’zini ko’lga tashlaydi. Xalq hayratda. Donishmand shoh Berendey vazmindir ,chunki Qorqizning mavjudligi tabiat qonunlarining buzilishi ekanligini u tushunar edi. Qorqizning o’limidan so’ng Yarilo-Quyoshning g’azabi yo’qolib, mamlakatda baxtli hayot davron sura boshladi. Lel va uning ortidan butun xalq Quyoshga maqtov madhiyasini kuylamoqda. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling