Иоганн Себастьян Бах
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Knyaz Igor”operasi mavzusi
3.”Knyaz Igor” operasi. Borodinning eng katta ahamiyatga ega musiqasi, milliy qahramonona eposga tegishli bo’lgan asari “Knyaz Igor.” operasidir. XII asr madaniyatining qadimiy rus haykali “Slovo o polku Igoreve” opera syujetini Borodinga Stasov taklif etgan. Bu voqeada erga ega bo’lgan rus xalqi va o’troq Sharq xalqi o’rtasidagi yorqin fojeali asr kurashi aks etgan. Borodin bu voqea davrining tarixiy materialini o’rganib chiqib, bir paytning o’zida “Knyaz Igor” operasiga libretto yozadi. “Knyaz Igor” operasi 4 sahna va prologdan iborat. Bu operada, tarixiy xalq musiqa dramasi, epos-doston ko’rinishlari yoritilgan. Opera 18 yil yozilsada nihoyasiga etkazilmgan edi. Borodin xotirasiga bag’ishlab A.K.Glazunov avtor xomaki nusxasi va dastlabki namunalaridan asolanib etishmayotgan epizodlarni tamomlab qo’ygach, N.A. Rimskiy-Korsakov katta qismini cholg’ulashtirdi.” Igorev qo’shini xaqida so’z” Shimoliy Novgorod knyazi Igor Svyatoslavichning qipchoqlarga yurgan qo’shini xaqidadir.
“Knyaz Igor”operasi mavzusi: Qadim rus Putivle shahri hokimi knyaz Igor o’z qo’shini bilan qipchoqlarga yurish qilishga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Xalq tantana bilan knyazni sharaflamoqda.To’satdan erni qorong’ulik qoplab, quyosh tutiladi. Buni yomonlik nishonasiga yo’ygan xalq va boyonlar (boyarlar) knyazga safarni qoldirish kerak ekanligini aytib, ko’ndirmoqchilar. Knyaz rafiqasi Yaroslavna ham unga qolishi kerak ekanligini uqtirib, yalinmoqda. Igor o’z so’zidan qaytmoqchi emas. Rafiqasini, uning akasi Vladimir Galitskiy qaramog’iga topshirib, dushman bilan jang qilish uchun qo’shin tortib ketadi. Galitskiy Igor ketganidan foydalanib, qarol, cho’ri, malaylar bilan araqxo’rlik qilib, o’zboshimchalik qila boshlaydi. Ziyofat tepasida Igor qo’shinidan qochib kelgan Skula va Eroshkalar turadi. Anchadan beri Putivle hokimligini qo’lga kiritish orzusida bo’lgan Galitskiy saroy ichida yashovchi xalqga zulm qilib, jabrlashni boshlaydi. Qo’rslik bilan bir qizni o’g’irlab olib keladi. Qizni qo’yib yuborishini iltimos qilib kelgan dugonalarini haydab yuboradi. Ularni xafa qilgan surbet, dilozordan himoya qilishni Yaroslavnadan iltimos qilishadi. Yaroslavna akasining qilmishlarini qoralagan taqdirda ham unga kuchi etmasligini tushunar edi. Boyonlar yomon xabar olib kelishadi. Igor qo’shini engilib, o’zi yaralangan va o’g’li bilan birga asrlikka olingan edi. Putivlega esa qipchoqlar qo’shin tortib kelayotgan edilar. Xavf xatar bonglari eshitilmoqda. Qipchoqlar qarorgohida oqshom. Qipchoq qizlari o’z qo’shiq-raqslari bilan qipchoq xoni Konchakov qizi ko’nglini olmoqdalar. Ammo u Igor o’g’li Vladimirni sevib qolgan. Igor og’ir o’yga tolgan. Sodiq Ovlur unga qochishni taklif qilmoqda. Igor asrlikdan qutulishni orzu qilsada, sirli ravishda qochib ketishni o’ziga ep ko’rmay ikkilanmoqda. Uning olijanobliligi va jasoratiga qoyil qolgan Konchakov xoni Igorni faxrli mehmoni deb biladi. Xon uni mehmoni sifatida ozod qilmoqchi, faqat Igor qipchoqlarga boshqa qilich ko’tarmaslikka so’z berishi kerak. Igor agar ozodlikka erishsa, qipchoqlarga yana qo’shin tortib kelishini dadil aytadi. Knyazning o’y fikrlarini tarqatish maqsadida xon qizlarga qo’shiq aytishlarini amr qiladi. Qipchoq xoni qo’shini Putivle shahridan boy o’lja bilan qaytib kelayotganini eshitgan Igor qochishga ahd qiladi.Ovlur bilan kelishgan holda soqchilar uyquga ketganida qochishni rejalashtiradilar. Bu suhbatdan xabar topgan xon qizi Vladimirdan uni tashlab ketmasligini yalinib yolvoradi. Qizga befarq bo’lmagan Vladimirni Vatan oldidagi vazifasi burchi hissi qiynaydi va qochishga ahd qiladi. Xon qizi uxlayotgan soqchilarni uyg’otib, qochayotgan Vladimirni olib qoladi. G’azablangan qipchoqlar xondan Vladimirni qatl etishlarini talab qiladi, ammo Xon Vladimirni o’zining kuyovi deb e’lon qiladi. Putivle erta tongida, shahar devori oldida Yaroslavna achchiq alam bilan yig’lamoqda. U shamolga, quyoshga va Dnepr daryosiga murojaat qilib, sevimli Igorni qaytarib berishlarini so’ramoqda. Uzoqdan otliqlar paydo bo’ladi. Ular Igor va Ovlurdir. Ularni esankirab qolgan Skula va Eroshkalar ko’radi. Mug’ombir, ziyrak Skula qo’ng’iroq bonglarini urib, birinchi bo’lib Knyaz qaytib kelayotgani xaqida xalqga xabar berish lozimligini taklif qiladi. Uning bu mug’ombirlik taklifi qo’l kelib, xursandchilik xabarini olib kelganlari uchun kechiriladilar. Xalq bilan birga ular Igorni sharaflaydilar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling