4. Simfonik ijodi. Borodin rus klassik simfoniyalarini yaratgan kompozitorlardan biridir. Uning birinchi simfoniyasi Rimskiy-Korsakov va Chaykovskiyning simfoniyalari bilan bir paytda paydo bo’ldi. Bu opera, rus simfonizmidagi qahramonona-epik yo’nalishi boshlanishiga yo’l qo’yib berdi. Borodin simfonik g’oyalarining xususiyatlari, birinchi simfoniyasi va 1876-yilda yaratilgan “Bogato’rskaya”(Qahramonona) nomli ikkinchi simfoniyalarida yorqin ifoda aks etdi. Bu simfoniyalar jahon xalq pahlavonlik dostonlari bilan aloqador, qahramonona ruhiyatda yaratilgan. 1880-yilda yaratilgan “V sredney Azii”(O’rta osiyoda) simfonik kartinasida qarama qarshi, rus ruhida bo’lgan qo’shiqlar va sharqiy musiqiy ohanglari o’rtasidagi musiqiy ishlanmani ko’rishimiz mumkin. Musiqada mardonavor ruh aksini kuchaytirish uchun Borodin butun orkestr unisonini(bir xil balandlikda bo’lgan ovozlar o’zaro mosligini) ko’p ishlatgan.
5. Romanslari. Borodin kamer-vokal janrlarida Glinkaning an’analarini davom ettirgan va yangilagan. Borodin tomonidan Pushkin, Nekrasov, A.Tolstoy, Geyne matnlariga yozilgan 18 ta romans va qo’shiqlar yaratilgan. Borodinning she’rlariga yozilgan romanslari ham yo’q emas. Borodin o’z romanslarida Dargomijskiy va Musorgskiy kabi insoniy nutqga emas, asosan musiqa ohangiga e’tibor qaratgan. Fortepiano ijrosi,uning uchun juda muhim edi. Rus qahramonlari eposi obrazlarini romansga olib kirgan birinchi kompozitordir.
Musorgskiyning bevaqt o’limiga bag’ishlab 1881-yilda yozilgan “ Dlya beregov otchizno’ dalnoy “ romansida fojeali hissiyotning kuchi va chuqurligi, sokinlik va taqvodorlik xususiyatlari ifoda etilgan. Romans musiqasida afsus, nadomat hissiyoti ifodalangan.
Tayanch iboralar:
1. Organno’y punkt pedal –bir tovushning basda uzoq vaqt cho’zilib turishi yoki bir xil balandlikdagi tovushning basda qaytarilishi. Bu vaqt yuqorigi tovushlarda muzika asarining akkordlari almashib turadi. Ikkinchi turli Organ punkti pedal deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |