Иоганн Себастьян Бах


Download 0.91 Mb.
bet124/149
Sana09.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1347085
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   149
Bog'liq
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)

2. Ostinatnost- Musiqa asarida biron bir melodik yoki ritmik yoki garmonik aylanmasining qaytarilib turishi. Boshqa tovush va ovozlarning mustaqil rivojlanishida birlashadi, shakllangan muhim vazifani ijro etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. A.N. Soxor .”A.P.Borodin” v kn. Russkaya muzo’kalnaya literatura. L. 1980. g.
2. A.P. Borodin v vospominaniyax sovremennikov. M. 1985 .g.
3. Yakovlev V. «Jizn muzo’ka Borodina» v kn. Izbranno’e trudo’ o muzo’ke. M. 1971. g.
4. Elena Dulova « A.P.Borodin»Moskva « Detskaya literatura» 1990 g.
5. R.Dobrovenskiy «Kompozitor ihuhiy neizvestnosti» Povest o Borodine. Moskva « Muzo’ka» 1978 g.
6. T.Popova « Borodin» Izdatelstvo «Muzo’ka» Moskva 1972 g.


MA’RUZA№7. Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov ( 1844-1908)

Rimskiy-Korsakov ijod yo’li.



  1. Rimskiy-Korsakov ijodiga xarakteristika.

  2. Rimskiy-Korsakov estetikasi.

  3. “Snegurochka” (Qor qiz) operasi.

5. Rimskiy-Korsakov simfonik ijodi “Shexerezada”.
1. Ijod yo’li. Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov kompozitor, pedagog, dirijer,jamoat arbobi. Dunyoqarashining taraqqiyoti, rus xalq madaniyati va san’ati bilan bo’lgan uzluksiz aloqasi,optimizm, adabiyotchilik,etik mazmunning chuqurliligi, realizm, vatanparvarlik, cholg’ulashtirish sohasidagi buyuk mahorat bularning barchasi rus klassik musiqasi ijodiy namoyondasi va jahon musiqa san’atining atoqli, mashhur ustasi Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov qiyofasida ko’rishimiz mumkin.
Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov 1844-yil mart oyida Novgorod guberniyasining Tixvin shaharchasida dvoryanlar (amaldorlar) oilasida dunyoga keldi. Musiqiy qobiliyat unda bolaligidan ko’rina boshladi. ; yoshligida murakkab bo’lmagan p’esalarni chalar va 9 yoshidan boshlab musiqa asarlarini yaratishni boshlagan edi.
1856-1862 yillar Peteburgdagi Dengiz kadet korpusida tahsil ola boshladi. Bu o’qish mobaynida, Kanille nomli pedagog sinfida musiqadan saboq ola boshlagan va keyinchalik Kanille uni M. Balakirev bilan tanishtirgan. M.Balakirev rahnamoligi ostida Rimskiy-Korsakov o’zining birinchi simfoniyasini yaratishni boshladi. Simfoniyani tugatmasidan “Almaz” kliperida ( tez yurar elkanli kema) dengiz sayohatiga yo’l oldi. Dengiz safarining uch yillik mobaynida u ko’p vaqtini kitob mutolaasiga sarflab, ko’plab mamlakatlarni ko’rib, katta taassurotga ega bo’ldi. U dengizni juda ham sevganidan o’z asarlarida dengiz tasvirini aks ettirishni orzu qilar edi.
1865-yilda Peteburgga qaytib kelib birinchi simfoniyasini nihoyasiga etkazadi va bu simfoniya muvaffaqiyatli ijro etilgan. Shu davrdan boshlab ko’p yillik, mashshaqatli ijodiy faoliyati boshlandi.” Sadko” simfonik kartinasi, “Antar” simfonik syuitasi, L.Meyning syujetiga asoslangan “Pskovityanka” operasi asarlari ustida ishlay boshladi.
1871-yilda Rimskiy-Korsakov Peterburg konservatoriyasiga professor darajasi lavozimida ishga taklif qilinib, keyinchalik shu muassasada umrining so’nggi davrigacha ishlaydi.
1873-yilda iste’foga chiqib flotning harbiy orkestrlari inspektori etib tayinlanadi. 1874-81 yilga qadar “Bepul musiqa maktabi”ning direktori va bosh dirijeri lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan. 1883-yildan 1884-yilga qadar Saroy xonandalik kapellasi boshqaruvchisining yordamchisi bo’lib ishlagan. 1880-yillarda simfonik orkestrga dirijerlik qilib, Belyaev to’garagini boshqara boshladi. Belyaev boy, badavlat o’rmon sanoatchisi bo’lib, iste’dodli musiqachilarga yordam berar, Rus simfonik kontsertlarini tashkillashtirar va musiqiy nashriyotlarga homiylik qilar edi. 1889-yilda Rimskiy-Korsakov Parij butunjahon ko’rgazmasida ikkita orkestrga dirijerlik qilgan. Bryusselda ijro etilgan uning “ Ispan kaprichchiosi” pe’sasi muvaffaqiyatga uchragan. 1905-yilda talabalarning xaq xuquqini himoya qilgani uchun konservatoriyadan ishdan ozod etilgan. Birdamlik uchun A.Glazunov va A. Lyadov singari konservatoriyaning ba’zi o’qituvchilari ham ishdan ketishgan edi. 1905-yil konservatoriyaning muxtor (avtonom) bo’lishi munosabati bilan va Badiiy kengash taklifi bilan Rimskiy-Korsakov konservatoriyaga qaytadi. U 200 dan ortiq musiqa arboblarini etishtirib chiqqan. Bular A.Arenskiy, M.Ippolitov-Ivanov, N.Lo’senko, N.Myaskovskiy ,S.Prokofev, I.Stravinskiy, M.Shteynberg va boshqalardir. Rimskiy- Korsakovning Pushkin syujetiga yozgan so’nggi asari, satirik-ertak “Zolotoy petushok”(Oltin xo’rozcha) operasidir. Bu opera postanovkasi qo’yilishiga ruxsat berilmagan edi. 1908-yilda kompozitor yurak xurujidan olamdan vafot etdi va unga , so’nggi asarining sahnadagi namoyishini ko’rish nasib etmadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling