Иоганн Себастьян Бах
“Ko’rgazmadan kartinalar”
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar: Musiqada realizm
- MA’RUZA№6 Aleksandr Porfirevich Borodin (1833 -1887)
- 2. Ijodiga xarakteristika.
4. “Ko’rgazmadan kartinalar”. Musorgskiyning bu p’esalar tsiklini syuita deb nomlasak ham bo’ladi. U o’z ichiga umumiy g’oyani birlashtirib turgan mustaqil 10 ta p’esadan iborat. Har bir p’esa, Musorgskiyning do’sti, rassomchi Gartman tomonidan yaratilgan kartinalardan ta’sirlanib yozgan musiqiy kartinalaridir. Bu maishiy kartinalar inson fe’l-atvorining xarakterlari tasviri, tabiat manzaralari, rus ertaklari va cho’pchaklari obrazlari tasvirlangan chizgilarni o’z ichiga oladi. P’esalarning nomlari ham kartina ko’rinishidagi voqealardan kelib chiqib nomlangan. “ Progulka”( Sayr), “Gnom” (Kichkina odamcha),”Staro’y zamok” (Eski qasr), «Tyuilriyskiy sad» (Tyuilriy bog’i), «Bo’dlo»(Uy hayvoni), « Balet nevo’lupivshixsya ptentsov»( Tuxumdan chiqmagan qushchalar raqsi), « Dva evreeya»( Ikki yahudiy), «Limojskiy ro’nok»(Limojskiy bozorchasi), «Katakombo’»(Er ostidagi aylanma chalkash yo’llar g’orlar), «Izbushka na kurix nojkax»(Tovuq oyoqli kulbalar). Pe’salar orasini ulab turuvchi kichkina miniatyura parchalari pe’salarni bir biriga ma’no tomondan ham ulab ketgan. Barcha pe’esalar “Progulka” (Sayr) p’esasi bilan boshlanib va aynan shu pe’sa bilan tugallanadi.
Tayanch iboralar: Musiqada realizm - Harakatdagi xaqiqiy ob’ektivning aksi. Xalq hayotining turli-xil ko’rinishlari va xarakterlari tasvirlanishi. Adabiyotlar: 1. Popova T.Musorgskiy .M.1977. 2. Shpifshteyn S.Ya. Musorsgskiy .Rassomchi .Vaqt .Taqdir.M.1975. 3. A.A. Orlova “ Musorgskiy v Peterburge” Lenizdat.1974 g. 4. E.N. Abo’zova “ Kartinki s vo’stavki Musorgskogo» Moskva « Muzo’ka» 1987 g. MA’RUZA№6 Aleksandr Porfirevich Borodin (1833 -1887) 1. Borodinning hayotiy va ijodiy yo’li. 2. Borodin ijodiga xarakteristika. 3. Borodinning ”Knyaz Igor” operasi. 4. Borodin simfonik ijodi. 5. Borodin romanslari. 1.Hayotiy va ijodiy yo’li. Aleksandr Porfirevich Borodin--kompozitor ,yirik olim – ximik, jamoat arbobi va musiqiy tanqidchidir. U “Knyaz’ Igor” buyuk operasi, simfoniyalar, kamer cholg’u va fortepiano asarlari, Borodinning o’z she’rlariga yozilgan romans, qo’shiqlarining avtoridir. Borodin musiqa xaqida ko’plab maqolalar yozgan, adabiyot va musiqiy tanqid javhalarida ham o’z ishlari bilan mashhurdir. Pedagoglik sohasida ham faoliyat yuritib 42 tadan oshiq ilmiy ishlar muallifidir. Bular, Borodin yaratib ketgan ishlarning to’liq ro’yxati emas. 60-yillar rus musiqa madaniyatining daho namoyondalari o’ziga xos keng dunyo qarashlari bilan ajralib turar edilar. Borodin qudratli yirik olim va buyuk kompozitor, adabiyotni ham yaxshi tushunishidan, fikrlarining aniq va teranligi bilan ajralib turar edi. Bir so’z bilan aytganda u go’zal, kelishgan, mehribon zukko, hayotiy kuch quvvatga ega inson edi. Aleksandr Porfirevich Borodin 1833-yil 11 noyabr Peterburg shahrida tug’ilgan. Aleksandr Porfirevich Borodinning asl otasi gruzin millatiga mansub knyaz Luka Stepanovich Gedeanov bo’lib, onasi esa oddiy mayda savdogar-askar oilasidan bo’lgan Avdotya Konstantinovna Antonova edi. Borodin o’z familiyasini knyaz xizmatkori Porfiriy Ionovich Borodindan meros qilib olgan, uning onasi oddiy oiladan bo’lganligi uchun knyaz bolaga o’z familiyasini berishi mumkin emas edi. Ilk bolaligidan boshlab uning musiqaga qiziqishi va xarakterida maqsadga intiluvchanlik xislatlari paydo bo’la boshladi. O’qituvchilarining rahnamoligi ostida fortepiano va fleyta musiqa cholg’ularida va violonchel cholg’usida mustaqil chalishni o’rgana boshladi. Borodinda kompozitorlik qobiliyati erta boshlandi. Bolaligida fortepiano uchun polka, fleyta uchun kontsert, ikkita skripka va violonchel uchun trio asarlarini yaratgan. O’zining do’sti bilan Betxoven, Gaydn va Mendelson asarlarini fortepianoda 4 qo’lda ijro etishar edi. Borodinni yoshligidan ikkita hissiyot qiziqtirar edi: musiqaga bo’lgan qiziqish va ximiyaga bo’lgan qiziqish. Borodinning ijodiy etuklik davrida ximiyachi olimlar “Borodinni musiqa ilm fandan chalg’itmoqda“deb o’pkalanishsa, musiqa namoyondalari “ Ilm fan unga musiqa bilan shug’ullanishga xalaqit bermoqda “ deb ayblashar edi. 1850-yilda Borodin Peterburgdagi Tibbiy xirurgik akademiyasiga o’qishga kiradi. Bu erda u ximiyani chuqur o’zlashtira boshladi. U o’qituvchisi, do’sti va rahbari bo’lgan professor N.Zininning sevimli o’quvchilaridan biri edi. N.Zininning laboratoriyasida ko’p yillar mobaynida o’tkazgan tashviqotlari mobaynida M.Butlerov bilan do’stlashadi va tez orada Borodin olim bo’lib etishadi. Ammo Borodin musiqani unutmagan holda ansambl jamoalarida chalar va romans, kamer ansambl uchun asarlar yaratar va havaskor to’rtlik kvartet kichik jamoalarida chalar edi.Glinkaning “Ivan Susanin” operasini yoddan bilar edi. Akademiyada ishlash bilan birgalikda u musiqa garmoniyasi va polifoniyasini ham o’rganib borar edi. 1855-yilda Borodinga imtiyozli tabib diplomi topshiriladi. Keyingi yilda Borodin harbiy gospital shifoxonasining ikkinchi ordinatori bo’lib tayinlanadi. Shunday qilib uning hayotida uchinchi yo’l, tibbiyotga bo’lgan yo’l ochiladi. Bu gospitalda u keyinchalik eng yaqin do’sti bo’lib qoladigan ofitser Modest Petrovich Musorgskiy bilan tanishadi. Borodinning doktorlik dissertatsiyasiga tanlagan mavzusi tibbiyotdan ko’ra ximiyaga yaqinroq edi. 1858-yilda dissertatsiyani omadli himoya qilib, “Tibbiyot fanlari doktori” nomiga sazovor bo’ldi va shu davrdan boshlab ximiya kafedrasida assistent lavozimida ishlay boshladi. Yosh mutaxassis sifatida uni xorijga safariga, komandirovkaga jo’natishadi 1859-yilda Borodin, Evropaning ilmiy markazi hisoblanmish Germaniyaning Geydelburg shahridagi eng qadimiy universitetiga keladi. Bu erda, kelajakda mashhur bo’lgan fiziolog I.M.Sechenov, vrach S.P.Botkin, ximik Dmitriy Ivanovich Mendeleev kabi yosh mutaxassilar bilan do’stlashadi. Komandirovka nihoyasida Borodin ko’plab ilmiy ishlarni yaratdi. Geydelberg shahrida keyinchalik uning rafiqasi bo’lgan iste’dodli rus pianinochisi Ekaterina Sergeevna Protopova bilan tanishadi. Bu ayol Betxoven, Shuman, List kabi kompozitorlarning fortepiano uchun yaratgan asarlarini juda yaxshi bilar edi. Aynan shu ayol, Borodinning musiqa olamiga kirib kelishiga yordam berdi. Borodin Shuman va Shopen kabi kompozitorlar ijodining ixlosmandiga aylandi. 1862-yilda Borodin Rossiyaga qaytib keldi va ximiya tibbiy-xirurgiya kafedrasiga professor bo’lib tayinlanganidan so’ng, ximiya sohasida yangi ilmiy izlanishlar qilishga kirishib ketdi. Borodinning Balakirev bilan bo’lgan tanishuvi uning hayotida keskin o’zgarishlar bo’lishiga turtki bo’ldi. Borodinning Balakirev, Stasov va “Qudratli To’da”ning qolgan a’zolari ta’siri ostida kompozitorlik faoliyati boshlandi. Borodinda Glinka kabi musiqiy estetik dunyoqarashlari paydo bo’ldi. Uning ilk asarlarida “milliy epik” ,“mardlilik” tematikasidagi ko’rinishlar paydo bo’la boshladi. “Qudrat To’da” to’garagiga a’zo bo’lganidan boshlab rus xalq milliy maktabining mustaqil etuk kompozitorlik xususiyati paydo bo’la boshladi unda. Rafiqasi Protopovaning salomatligi og’irlashgani sababli, ular Italiyaga ketishadi. Italiyada Borodinni iliq kutib olishadi va uning tasarrufiga qulay sharoitda bo’lgan ajoyib laboratoriyani berishadi. U tezda italyan tilini o’zlashtirib olish bilan birga fizikani ham o’rgana boshlaydi . Ishdan bo’sh paytlarida 2 ta skripka 2 ta alt skripka va violonchel uchun kvintet va fortepiano 4 qo’l ijrosi uchun tarantella asarlarini yozadi. 1862-69 yillarda, Borodin o’zining “Bogato’ri” (Pahlavonlar) nomli birinchi simfoniyasini yaratadi. « Spyahaya knyajna»( Uxlayotgan knyazning uzatilmagan qizi), «Morskaya tsarevna” (Dengiz malikasi), “Pesnya temnogo lesa”( Zulmatli o’rmon qo’shig’i) romanslari, “More”(Dengiz) dramatik balladasi, “Otravoy polno’ pesni moi” (Qo’shiqlarim zaharga to’la), “Falshivaya nota” kabi lirik romanslari uning asarlaridir. 1869-yilda Balakirev rahbarligida, sahnada ijro etilgan Borodinning birinchi simfoniyasi omadli namoyish etiladi. Shu davrdan boshlab, Borodin to’garak a’zolari oldida nafaqat yirik olim va jamoat arbobi sifatida, balki yorqin, iste’dodli kompozitor sifatida ham tan olinadi. O’zining kompozitorlik qobiliyatiga ishona boshlagan Borodin “Knyaz’ Igor” operasi va 2 chi simfoniyasi ustida ishlay boshlaydi. Stasov uning 2 chi simfoniyasini “ Bogato’rskaya” deb bejiz nomlamagan. Borodin o’zining kompozitorlik faoliyatiga juda ham jiddiy yondashgan. Borodin “Knyaz Igor”operasi ustida 18 yil davomida ishlaganiga qaramasdan operani tugatishga ulgura olmagan, bunga sabab uning ilm, jamoat va pedagoglik sohalarida bandligi edi. Hayotining so’nggi 10 yilligida biz Borodinni kompozitor sifatida ko’ramiz. 1877-yilda venger kompozitori va pianinochisi Ferents List bilan tanishuvi natijasida Baden-Baden shahrida uning birinchi simfoniyasi namoyish etilgan. 1879-81 yillarda Borodin “Knyaz Igor”operasiga bir qancha sahnalarni, birinchi kamonli kvartetini, “V sredney Azii” (O’rta Osiyoda) deb nomlangan simfoniyasini, bir talay romanslarni yaratgan bo’lib, uchinchi simfoniyasi ustida ishlay boshlaydi. 1882-yilda “Rus musiqa jamiyati” Moskva kontsertida uning ikkinchi kamonli kvartetining 3 chi qismi (“Noktyurn”) omadli ijro etiladi, bu asarni rus lirik qo’shig’ining marvaridi desak adashmaymiz. Bu kvartet Peterburgda ham ijro etilgan. 1877-yilda Borodinning xorijga bo’lgan safari boshlanadi u erda kompozitorning asarlari ijro etiladi. Borodin xorijda ko’plab frantsuz, nemets, belgiya muzikantlari bilan tanishadi. Borodinning simfoniyalari va kvartetlari Evropa va Amerika kabi xorij mamlakatlarida juda mashhur bo’lgan. 1886-yilda Antverpen shahrida uning asarlari juda tantanali qabul qilingan. 1887-yil 15 fevral kuni Borodin yurak xurujidan vafot etgan. Vafot etgan kunining erta tongida kompozitor uchinchi simfoniyasining tugallanish qismini yozayotgan edi. Simfoniyani nihoyasiga etkazishga ulgura olmadi. Simfoniyani, Borodin xotirasini xotirlab Glazunov nihoyasiga etkazgan. Tugallanmagan “Knyaz Igor” operasini esa Glazunov va Rimskiy- Korsakov kabi kompozitorlar yozib va orkestrlashtirib nihoyasiga etkazib qo’yishgan.Opera premerasi 1890-yilda birinchi bor Peterburgda va 1898- yil Moskva shahrida namoyish etilgan. Bu opera- opera teatrlari asarlar dasturining sevimli operalaridan biri hisoblanadi. 2. Ijodiga xarakteristika. Borodin musiqiy me’rosiga xarakteristika berishdan oldin Borodinning shaxsini tavsiflaymiz. Borodin rus ilm-fani va rus olimlarining qiziqishlarida mustaqil yo’nalishni lozim topgan inson edi. U avvalambor rus ilm-fanini va rus musiqasi yutuqlarini xorijda targ’ib qilinishini tarafdori bo’lgan. Borodinda rus jamiyati oldidagi javobgarlik hissi kuchli bo’lgan. 1870- yillarda “Xotin qizlar tabibchilik kurslarida”, “Pedagoglik va ilmiy jamoatchilik ishlari”da ulkan ishlarni olib borgan. “Rus ximiklar jamiyati” qoshidagi “Rus tabiblari jamiyati”da tashabbuskor insonlardan biri bo’lgan. U ilm-fan va san’at sohalarida bir so’z bilan aytganda, entsiklopediya darajasida oliy, serqirrali ma’lumotga ega bo’lgan. U har bir sohadagi o’z ishlariga ma’suliyatlik va javobgarlik hissi bilan yondashgan. O’zining qarashlari va ishga va insonlarga bo’lgan munosabatlari bilan barchaga o’rnak bo’la olgan. Borodinni juda hurmat qilgan musiqiy tanqidchi Stasov Borodin xaqida barcha ma’lumotlarni to’plab, 1889-yil “A.P. Borodin : Ego jizn perepiska i muzo’kalno’e stati” nomli, kompozitorning biografiyasi tushirilgan kitobni yozgan. Hozirgi kunda bu kitob Borodinning hayoti va ijodi dokumentlashtirilgan, hujjatiy kitob hisoblanadi. Glinkaning an’analarini davom ettirgan holda, Borodin rus simfonizmining yangi mustaqil epik ko’rinishini va shu bilan birga rus epik operasini yaratdi. A.S. Pushkin, M.I.Glinka, Borodin kabi insonlar hayotni kuch va quvonchga to’la tarzda, rus xalqining qudratli ruhiga ishongan holda, hayotga ishonuvchanlik, optimistik ruhda qarashgan. Borodinning epik obrazlari rus tarixi va xalq qahramonlik eposidan olingan. Shu qatorda Borodin asarlarida ravon, mardona va shu bilan bir qatorda ehtirosli lirika yo’g’rilgan. Kulgu va askiyaga to’la obrazlari ham yo’q emas, masalan “Knyaz Igor” operasidagi Skula va Eroshka obrazlari, simfoniya va kvartetlardagi skertso, “Spes”(Kibr-havo), “Serenada cheto’rex kavalerov”( To’rt kavalerlar qo’shig’i) kabi romanslaridir. Rus obrazlari bilan bir qatorda, Sharq obrazlari ham bor. Borodin musiqiy dramaturgiyasidagi asosiy printsiplar, ichki g’oyaviy va qarama- qarshili tugallangan obrazlarni o’z ichiga oladi. Uning musiqasi xuddi bir tarix kabi, voqealarning sekin rivojlanishi, insonlar va tabiat obrazlari kabidir. Borodin musiqasi sonata shaklida rivojlangan, uch qismli kontsentratsiyalidir (Zich joylashuv). Borodin musiqasi, rus dehqon qo’shiqlari kabi sokin, ravon va tuzilishi tomonidan davriyasizdir. Borodin garmoniyada o’zini novator sifatida ko’rsatdi.Uning garmoniyasi go’zal va rang-barang, turli-xil ladlar, kvarta va sekunda akkordlari tuzilmasidan, asosan diatonika va ba’zi paytda chiroyli xromatizmlardan iborat. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling