Иоганн Себастьян Бах
va 1890-yillarda rus musiqasi
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. XIX asr oxiri va XX asr boshlari
4. 1880 va 1890-yillarda rus musiqasi. XIX asrning ikkinchi yarim yilligida rus kompozitorlari umumiy ijobiy maqsadga intilish bilan birga har birlari o’ziga xos ijodiy yo’lidan ketgan. Rus musiqasining yangi rivojlanish davri 1870-1880 yillarda xorijga ham kirib keladi. Kompozitorlarning katta avlodiga mansub Chaykovskiyning ijodi alohida salmoqli o’rin egallaydi. Rimskiy-Korsakov ijodi ham etuklilikga erishadi. 1887-yilga qadar Borodin ham sermahsul ijod qilishdan charchamaydi. “Knyaz Igor”operasi ustida ishlash bilan birga, 1880-yilda “V sredney Azii “(O’rta osiyoda) nomli simfonik kartinasini yaratadi. Balakirev esa o’zining “ Tamara”nomli simfonik poemasini yaratadi.
Bu yillarda A.K.Glazunov, A.K.Lyadov, I.S.Taneev, A.S. Arenskiy, Vas.S. Kalinnikov, M.M. Ippolitov-Ivanov kabi yosh kompozitorlar avlodi etishib chiqa boshlaydi. Ularning ijodiy yo’nalishi keyingi 10 yillikka to’g’ri keladi. Glazunov, Taneev, Lyadov kabi yosh kompozitorlar rus musiqa san’atiga o’zining ulkan hissalarini qo’shganlar. 1890-yillarga kelib yanada yoshroq A.N. Skryabin va S.V. Raxmaninov kabi kompozitorlar avlodi etishib chiqadi. Bu davr kompozitorlar ijodida qanday mavzu o’rin tutgan? Birinchisi-- fojeali mavzuning kuchayishi ayniqsa Chaykovskiy ijodida o’z aksini topgan. Ikkinchisi-- inson ilk estetikasining engilmasligi va ishonchi mavzusidir. Bu mavzuda Rimskiy- Korsakov tomonidan yaratilgan “ Shexerezada”, “Ispan kaprichchiosi” simfonik-syuitalari va “Spyahaya krasavitsa “(Uyqudagi nozanin) baleti, Chaykovskiyning “Iolanta” operalarini namuna qilib ko’rsatishimiz mumkin. Faqatgina Chaykovskiy opera janrida to’xtovsiz ijod qilgan. Bular “Orleanskaya deva” (1879), “Mazepa”( 1883), “Cherevichki”(Charm poyabzal)( 1887) ,“Charodeyka”(Afsungar)(1887), “Pikovaya dama”(Qarg’a dama) (1890) operalaridir. Chaykovskiyning “Moskva”kantatasi va Taneevning “Ioann Damaskin” kantatalaridan so’ng kompozitorlarda kantata janriga qiziqish uyg’ondi. 5. XIX asr oxiri va XX asr boshlari 1880-1890 yillarda rus musiqa madaniyatida keyingi o’sishlar sodir bo’ldi. Turli shaharlarda o’zining “Rus musiqa jamiyati” uyushma-tashkilotlari paydo bo’la boshladi. Moskva va Peteburgda pianinochi va dirijer P.A.Shostakovich tomonidan tuzilgan filarmoniya uyushmalari tashkil etildi. Filarmoniya tashkiloti qoshida musiqali drama bilim yurti ochildi. San’at va madaniyat shaydosi Mamontov metsenati (homiylik qiluvchi davlatmand odam) o’zining shaxsiy opera teatrini ochadi. Mamontov asosan sahna yuzini ko’ra olmayotgan rus operalarini sahnaga olib chiqish masalalarini hal qilar edi. Bu erda ajoyib mashhur xonanda N.I.Zabela Vrubel va ajoyib xonanda F.Shalyapin kabi mashhur xonandalar faoliyat yuritar edilar. S.V. Raxmaninov kabi ajoyib mahoratli sozanda, kompozitor ham o’z dirijerlik faoliyatini shu teatrda boshlagan.Bu teatrda I.E.Repin, K.A. Korovin, M.A. Vrubel, V.A. Serov, V.M. Vasnetsov kabi yirik rassomchilar ham dekoratsiya(sahna manzarasini hosil qiluvchi bezak va anjomlar) ustida faoliyat yuritganlar. 1880-1890 yillari xorijda Chaykovskiyning “Spyahaya krasavitsa “(Uyqudagi nozanin) (1889) va “Helkunchik “(Qisirlatuvchi) (1891) baletlari yaratildi va balet simfonizatsiyasi islohotini yanada mustahkamladi. Opera janri cho’qqisini Chaykovskiyning “Pikovaya dama” psixologik-fojeali operasi egalladi. Bu operada jamiyat va shaxs o’rtasidagi qarama -qarshililik va ziddiyatlilik aks ettirilgan. XIX asrning yarmi va XX asrning boshlari N.A.Rimskiy Korsakov, A.K.Glazunov, I.S.Taneev, A.K.Lyadov kabi kompozitorlar ijodi davri bo’ldi .Bu davrda A.N.Skryabin va S.V.Raxmaninov kompozitorlaring ijodiy mahorati etiladi .N.K.Metner kabi yosh kompozitor nomi paydo bo’la boshlaydi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling