Иоганн Себастьян Бах
-1870 yillardagi asosiy ijodiy yo’nalishlar.”Qudratli to’da”
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
2. 1860-1870 yillardagi asosiy ijodiy yo’nalishlar.”Qudratli to’da” 1862-yil Peterburgda birinchi rus konservatoriyasi ochildi. Unda ajoyib pianinochi, sozanda Anton Grigorevich Rubinshteyn rahbarlik qila boshladi. 1866-yilda Moskva konservatoriyasi ochildi unda esa Anton Grigor’evich Rubinshteynning ukasi muzikant, sozanda, dirijer, pianinochi va pedagog Nikolay Grigorevich Rubinshteyn rahbarlik qila boshladi. 1862-yilda Balakirev tashabbusi bilan “Bepul musiqa maktabi” ochildi. Balakirev to’garagi jamoasining musiqiy kechalariga bir qator kompozitorlar kabi Chaykovskiy ham kelib turar edi. “Qudratli To’da”deb nom olgan, ijodiy hamkorlik maqsadida tuzilgan to’garakka Miliy Alekseevich Balakirev, Tsezar Kyui, Modest Petrovich Musorgskiy, Aleksandr Porfir’evich Borodin, Nikolay Andreevich Rimskiy- Korsakov kabi beshta kompozitorlar a’zo edilar. Ularni nafaqat musiqa mashg’ulotlari va do’stlik rishtalari, balki musiqa san’atiga bo’lgan umuqarashlar, umumiy maqsadlar va vazifalar xam birlashtirib turar edi. “Qudratli To’da” a’zolariga ilhom berib turuvchi V.V.Stasov juda ham ajoyib shaxs bo’lib, u musiqiy tanqidchi, san’atshunos olim, tarixchi olim sifatida ko’plab kompozitor va rassomchilarning do’sti va maslahatchisi ham edi. U oliy darajada qobiliyatga ega bo’lib, yaratilayotgan asarlarning mohiyatini, kelajakda tutadigan o’rnini oldindan ko’ra bila olardi. “Qudratli To’da” ning rivojlanishi va oyoqqa turishi bir qancha bosqichlarni boshidan kechirdi. 1-etap Balakirev rahbarligi ostida do’stlikning shakllanishi bo’lsa, 2-etap san’at sohasida qo’yilgan yangi vazifalar va talablarni umumhol tarzda ko’rib chiqib tahlil qilish va ko’zlangan maqsadga erishish edi. “Qudratli to’da” shu davrning odatiy, ijodiy uyushmalari “Rassomchilar” va “Yozuvchilar” uyushmasi to’garaklari bilan ham hamkorlik qilar edi. “Qudratli To’da”ning ijodiy vositalarida Belinskiy, Gertsen, Cherno’shevskiy, Dobrolyubov kabi insonlarning estetik ta’siri juda katta. Ayniqsa kompozitor Musorgskiyning Cherno’shevskiy bilan dunyoqarashlari juda yaqin edi. “Qudratli To’da” kompozitorlarini faqatgina bir maqsad, Glinka tomonidan boshlab berilgan ishni davom ettirish ,rus musiqasini yaratish, rus xalqining san’at bilan uzilmas rishtalarini mustahkamlash kabi maqsad birlashtirib turar edi. Ular e’tibor bilan rus musiqasini tekshirib, o’rganishar edi . Shu bilan birga qa’tiyatlik bilan notiqlar sifatida rus operasi, simfonik va kamer musiqasini yangi musiqiy tilda va yorqin ifoda vositalari bilan boyitish xaqida ham notiqlik qilib, targ’ib qilar edilar. Rus professional musiqasining rivojlanishida xalq ijodiyotining ahamiyati ulkan muhim rol o’ynashini ular qalbdan tushunar edilar. Balakirev, Rimskiy- Korsakov, Chaykovskiy bir talay xalq qo’shiqlari to’plamlari mualliflaridir.
Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling